Turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o‘tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko‘pgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tug‘diradi


Turizm soxasida xavfsizlik va bu borada olib borilayotgan ishlar



Yüklə 110,71 Kb.
səhifə5/7
tarix25.12.2023
ölçüsü110,71 Kb.
#161192
1   2   3   4   5   6   7
hisobot nomer 9599

Turizm soxasida xavfsizlik va bu borada olib borilayotgan ishlar
Bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan murakkab va tahlikali sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta‘minlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash qanchalik muhim vazifa ekanini barchamiz yaxshi anglaymiz. Shu bois, keyingi yillarda Turist politsiya tizimini isloh qilishga ustuvor e‘tibor qaratilmoqda3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022 — 2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida»gi PF-60-son Farmoni ijrosini ta‘minlash, shuningdek, turist politsiya organlarini turistlarning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o’zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta‘minlash, ziyotatgohlar, aholi ko’ngil ochar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida4: turist politsiya organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo’naltirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qaroriga muvofiq turist politsiya organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi5.
Bunda turist politsiya organlari xodimlarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuksak ma‘naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o’z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali ahol va turistlarning chinakam roziligiga erishish; turist politsiya organlari xodimlarida xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas‘uliyat bilan yondashish, jamiyatda umume‘tirof etilgan odobaxloq normalariga so’zsiz amal qilish tuyg’usini shakllantirish bo’yicha ustuvor vazifa qilib belgilandi. Har qanday ish faoliyatida muayyan bir aholi qatlami, ya‘ni turli kasb sohasi vakillari hamda fuqarolar bilan o‘zaro muloqot jarayoniga kirishiladi. Ular o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarning qay darajada samarali bo‘lishi bevosita shaxslarning bir-birini tushuna olishi hamda o‘zaro samimiy tarzda muloqot o‘tkazishiga bog‘liq bo‘ladi.
Jumladan, turist politsiya organlari xodimlari ham turistlar, jamiyatimiz a‘zolari bilan sutkaning har qanday vaqtida, har qanday joyda ular bilan birgalikda uzluksiz ravishda xizmat olib boruvchi vakolatli davlat organi vakillari hisoblanadilar. Turistlarning kundalik munosabatlarida, sayohat faoliyatlarida, xorijiy va mahalliy turistlar munosabatlarda yuzaga keladigan har qanday muammo yoki biron-bir tushunarsiz holatlarga aniqlik kiritish va ularga qonuniy yechim topish maqsadida IIO xodimlari bilan muloqotga kirishadilar. Turist politsiya organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning kasbiy faoliyati hamda ushbu faoliyatda yuzaga keladigan jarayonlar esa o‘ziga xosligi, serqirraligi, keng doiraga egaligi bilan qolgan faoliyat turlaridan ajralib turadi.
Huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, surishtiruv-tergov jarayonlarida hamda turistlarning xavsizligi, tinchligi va osoyishtaligini ta‘minlash borasidagi vazifalarni amalga oshirish, jamiyatning turli xil toifadagi, turli xil harakterdagi fuqarolar bilan o‘zaro muloqotga kirishish zaruratini keltirib chiqaradi hamda xodimlardan yuksak kasbiy mahorat va muomala madaniyati kabi muhim sifatlarni mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Kasb – inson ish faoliyatining ma‘lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunar hisoblanadi. Turist politsiya xodimining kasbiy mahorati bevosita soha faoliyati haqida yetarli darajada bilimlarning mavjud bo‘lishi, yuzaga keladigan murakkab va ekstremal vaziyatlardan tezkorlik bilan chiqib keta olishi hamda operativ qaror qabul qilishi, shuningdek zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli, samarali tarzda amalga oshira olishligi kabi muhim sifatlarni o‘z ichiga oladi. Kasbga umumiy yoki maxsus ma‘lumotlar hamda amaliy tajriba yo’li bilan erishiladi. Xodimlarning kasbiy mahoratlarini rivojlantiruvchi eng asosiy va zaruriy sifat bu – ularning o‘z mutaxassisligi doirasida yetarli darajadagi sohaviy bilimlarga hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hisoblanadi. Kasbiy bilimlarning puxta egallash natijasida xodim o‘z faoliyati mohiyatini, uning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi tushunish, to‘plangan bilimlarni amaliy jarayonlarda qo‘llay olish, ularni takrorlash va qayta ishlash orqali boshqa nazariy asoslar bilan o‘zaro bog‘lagan holda yangi ko‘nikmalarni hosil qilish kabi qobiliyatlarini rivojlanishiga asos yaratadi. Ushbu bilimlarni egallashda har bir xodim diqqat, kreativlik, takrorlash, refleksiya kabi pedagogik mahoratning muhim kategoriyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirishi lozim. Chunki xodim o‘z egallagan bilimlarini kasbiy hayotiga bog‘lagan holda ko‘p qirrali innovatsion metodlar yordamida izchil idrok etib, rivojlantirib hamda ularni kasbiy tajribalari bilan o‘zaro samarali aloqasini yo‘lga qo‘ysagina u o‘zining amaliy natijasini ko‘rsata oladi.
Hozirgi kundagi jinoyatchilikning yangicha, zamonaviy ko‘rinishlarining paydo bo‘lishi, ularning mohiyati hamda sodir etilish usullarini tubdan o'zgarishi Turist politsiya organlari xodimlarini tayyorlashda axloqiy va psixologik kategoriyalarning rolini oshirish dolzarbligini kasb etmoqda. Turist politsiya organlari xodimlarida kasbiy fazilatlarning shakllanishiga ta'lim va tarbiya jarayonida, shuningdek, ularning butun xizmat faoliyati davomida amalga oshiriladigan kasbiy va psixologik tayyorgarlik jarayonida erishiladi. Avvalo, Turist politsiya organlari xodimlarining kasbiy va psixologik tayyorgarligi uchun individual ruhiy xususiyatlarning o‘rni va roli juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘z xizmat vazifalarini bajarishda Turist politsiya organlari xodimlari haddan tashqari jismoniy va hissiy stresslarga qarshi turishlari va ularni yengishlari kerak.Bunday vaziyatlarda xodimlarning hayoti va sog'lig'i ko'p jihatdan ularning irodasiga bog'liq. Shular barobarida, xodimlar o‘z faoliyati davomida turli xil murakkab holatlar hamda kutilmagan vaqtlarda yuzaga keladigan ekstremal vaziyatlarga duch keladilar. Bu kabi vaziyatlarda xodimlarga ish faoliyatida xavfli hamda zarar yetkazuvchi omillarning mavjudligi, vaqtning hamda zarur dam olishning yetishmasligi, inson psixikasiga ta‘sir qiluvchi holatlarga tez-tez ro‘baro bo‘lish kabi psixogen omillar o‘zining salbiy ta‘sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ushbu holatlarda xodimlarning tezkor va xizmat vazifalarini hal qilishga yuqori darajadagi psixologik tayyorgarligini shakllantirish va oshirish, ular bilan psixologik mashg‘ulotlarning barcha shakllarini samarali qo‘llash, salbiy holatlarni psixologik jihatdan tuzatish orqali xodimlarning, o‘ziga yuklatilgan ish vazifalarini iloji boricha samarali bajarish hamda minimal vaqt ichida aqliy qobiliyatlarini samarali namoyon qilishlariga erishilgan bo‘ladi.
Turist politsiya organlari xodimlari faoliyatida kasbiy mahorat bilan birgalikda muomala madaniyati ya‘ni xodimlarning muloqot jarayonlaridagi xatti-harakatlari, xulq-atvorlari ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Muloqot – odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Xodimlar doimo, uzluksiz ravishda aholining ma‘lum bir qatlami bilan, ya‘ni tadbirkor, shifokor, o‘qituvchi, sayyoh, o‘quvchi-talaba, yo‘l harakati ishtirokchisi yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi kabi huquqiy maqomdagi shaxslar bilan o‘zaro munosabatga kirishadi. Ushbu toifadagi shaxslarning har birini o‘ziga xos harakteri, temperamenti, his-tuyg‘ulari mavjud va bu ayni vaqtda xodimning ham muloqot jarayonida namoyon bo‘ladigan holatdir. Muloqot jarayonlarida xodimlarning muomala madaniyatida notiqlik, xushmuomalalik, mantiqiy fikrlash, idrok qilish va tasavvur qila olish kabi sifatlari ahamiyatga ega. Muloqot psixologik jihatdan bir-birlari bilan bog’liq bo‘lgan odamlar o‘rtasida u yoki bu vositalar orqali maqsadga muvofiq, bevosita yoki bilvosita aloqani o‘rnatish va saqlab turish jarayonidir. Muloqot kasbiy muomala tushunchasi bilan o‘zaro uzviy bog’liqdir6. Kasbiy muomala har bir xodimning faoliyatida muhim o’rin egallaydi. Shuning uchun ham muomalaning har bir turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim muomala qonuniyatlariga suyangan holda shaxslar bilan munosabatga kirishadi. Muloqot jarayonida xodimning barcha kasbiy sifatlari, ya‘ni xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, hayol ishtirok etadi. Bu jarayonlar xodimning mantiqiy fikrlashiga, voqeani o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashiga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash, obyekt va sharoitni mukammal tarzda idrok etishiga yordam beradi6.
Muomala madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan muloqotning turist politsiya organlari xodimlari faoliyatida quyidagi turlari mavjud:
1) bevosita;
2) bilvosita;
3) rolli;
4) mazmunli;
5) rasmiy;
6) norasmiy.
Bevosita muloqot ―yuzma-yuz suxbat bo‘lib, uning har bir ishtirokchisi idrok qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi. Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar aloqa vositalari va mexanizmlari ishtirok etadi. Masalan: telegraf, telefon orqali yoki boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali xodimlarga muayyan ma‘lumotlar berish yoki xodimlar tomonidan bunday ma‘lumotlarni olish jarayoni bunga yaqqol misoldir. Muloqotning ba‘zi turlari ijtimoiy rollar orqali amalga oshirilib, rolli muloqot deyiladi. Bunday holatda odamlar muayyan ijtimoiy rollarni bajaruvchi kishilar tarzida muloqotga kirishadilar. Masalan yo‘l patrul xizmati xodimi hamda haydovchi o‘rtasidagi muloqot rollidir. Individning boshqa shaxsga o‘z holati, kayfiyati, xohishini mimika, harakat, imo-ishora orqali bildirishi mazmunli muloqot deb ataladi. Rasmiy muloqot yuridik kuchga ega bo‘lib, davlat va jamiyat manfaatini ko‘zlagan hamda qayd etiladigan muloqot turidir. Masalan, tergov jarayonidagi so‘roq qilish, yuzlashtirish, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish. Shaxslararo o‘zaro muloqot jarayonida o‘zini qiziqtirgan u yoki bu ma‘lumotga ega bo‘lish norasmiy muloqot hisoblanadi. Xodimlar muloqot jarayonlariga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Shaxslar bilan muomalaga kirishishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda shaxsning huquqiy maqomini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Har bir holatlardan kelib chiqib, shaxslarga o’ziga xos so’zlar qo‘llaniladi. Bunda so‘zning ta‘sir kuchi hisobga olinadi. Hozirgi kunlarda ayrim Turist politsiya organlari xodimlari bilan aholi o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarda kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda va buning natijasida arzimagan holatlar yuzasidan ham OAV larida butun soha faoliyatiga ko‘r-ko‘rona baho berilib, keskin tanqidlar namoyon bo‘loqda.
Insonning hayoti xavfsizligini ta’minlash hamma vaqtda ham avvalo insonning o‘z hayotini muhofaza qilish, sog‘lig‘ini saqlash, yashash istagi hissiyotlaridan kelib chiqadi.
O‘z hayoti xavfsizligining ertasini o‘ylamaydigan, hozirgi zamonamizdan juda ko‘p yillar ilgari xavfli sharoitlarda tavakkaliga sayohatga chiqgan jasur kishilar (Kuk, Skott, Magellan, Maklay, Livingston, Dikson, Nikitin, Bering, Dejnyov, 4 www.uzbektourism.uz Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumotlar bazasi
Prjevalskiy, Polo, Batuta, Lazerev, Kruznshtern, Kolumb, Vamberi va boshqalar) buyuk geografik tadqiqotchi sayyohlar bo‘lishgan. Lekin, vaqt o‘tishi bilan insonning yashashga bo‘lgan hissiyotlari ham o‘zgardi.. Bunday hissiyotlar zamirida albatta qo‘rqish hissi hukumronroq, ikkilanish hissi kuchliroq bo‘lganligi hisoblanadi.
Bir mamlakatdan o‘zga mamlakatlarga sayohat qilmoqchi bo‘lgan turist albatta, bu mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat bilan qiziqadi, axborotlarni to‘playdi va ko‘ngli tinchligi, xavotir yo‘qligidan aniq bir qarorga keladi. Turizmning xalqaro miqyosida rivojlanib borayotganligining sabablaridan biri xalqaro nizolarning pasayishi, qurollanishning susayganligi natijasida jahon xalqlarining biri-biriga qiziqishi, ko‘rishishga, muloqot qilishga, xalqlarning tarixiy, ma’naviy madaniyatiga, xalqlar yashayotgan davlatlar tabiatiga qiziqishi,intilishi hisoblanadi
Turizmdagi xalqaro huquq-me’yorlarini qabul qilgan mamlakatlarda turistlar ana shu huquq-me’yorlarga ishonib, suyanib erkin harakat qilishadi. Shu bilan birga, turizm rivojlanishida turistlik oqimlarning muayyan davlatda yoki davlatlarda ko‘payishi turizmdagi xalqaro tashkilotlarning faoliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Har bir davlatda, shuningdek xalqaro miqiyosda turizmni tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri – turistlarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligining ta’minlanishi hisoblanadi. Turistlarning hayoti xavfsizligi va buyumlarining saqlanish kafolati xalqaro miqiyosda va davlatlar hududlarida harakatlanish xavfsizligidagi juda ko‘p majmuali tadbirlarning qonun himoyasida ta’minlanishni talab qiladi. Turizmning xalqaro xavfsizligidagi xalqaro tajribalarni Butunujahon turistlik tashkiloti (BTT) tadqiq qiladi va tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni turizm to‘g‘risidagi qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlr qabul qilgan davlatlarga ko‘rsatma – yo‘llanma sifatida taqdim qilib kelmoqda. Sayohatlarning xavfsizligini ta’minlash xaqidagi Hartiya 1985 yil BTT dagi Bosh Assambleyaning VI – sessiyasida qabul qilingan. Hartiya tarkibi 9 ta modda va turist kodeksi, turist kodeksi ham yana 9 ta moddadan iborat. Hartiyaning IV moddasida turistlarning sog‘ligi va hayoti xavfsizligini ta’minlashda, ularning buyumlarining saqlanishi, har bir davlat hududlarida erkin harakat qilishida quyidagi talablar bajarilishi dunyodagi barcha davlatlarga tavsiya qilingan:
• davlatlarning ma’sulligi;
• turistlarga imkoniyatlarning yaratilishi – o‘z davlatida va chet ellik turistlar uchun sayohatlar davrida BMT, BTT, Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro dengiz tashkiloti, Xalqaro bojxona hamkorligi Kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlarining turizm to‘g‘risidagi, xalqaro turizm to‘g‘risidagi “Holatlar”, “Dasturlar”, “Huquqiy-me’yorlar” bilan tanishi, o‘rganish, foydalanish sharoit-larini yaratishlari;
• turistlarning bilimi va madaniyati o‘sishiga hamkorlik qilishi va yetib kelgan davlatlarning mahalliy aholisi bilan bo‘lgan muloqatlarda, aloqalarda o‘zaro tushunish, o‘zaro do‘stona muhitlarining yaratilishi;
• turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash va buyumlarining saqlanish chora-tadbirlarini xalqaro qonunlarga mos holda ishlab chiqishi;
• gigiyena va sog‘liqni saqlash xizmatlariga murojaat qilish, yordam olishning barcha shartsharoitlarini yaratishi, yuqumli kasalliklar va baxtsiz hodisalardan saqlanish haqida ogohlantirish;
• turizmda buzg‘unchilik maqsadlaridagi qilingan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish;
• turistlar va mahalliy aholini giyohvandlik moddalaridan noqonuniy foydalanish manbalaridan himoya qilish tizimlarini ishlab chiqishi kabi xalqaro turizm huquqiyme’yorlari ishlab chiqilgan. BTT ning davlatlar o‘rtasida obro‘sini ko‘targan va konferensiyalar ishlab chiqilgan tavsiyalar, ko‘rsatmalar, yo‘llanmalarning aniqligi, joriy etishga qulayligi va tushunarli ekanligi bo‘yicha BTT ning “Jahon turizmi bo‘yicha Manila deklaratsiyasi” ni qabul qilgan Turizm bo‘yicha butunjahon konferensiyasi qarorlari muhim ahamiyatga ega. Konferensiya 1980 yil 27 sentyabrdan 20 oktyabrgacha Filippin davlatining poytaxti Manila shahrida bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaga 107 davlatning delegatsiyalari va 91 delegatsiya kuzatuvchi sifatida qatnashdi.
• Manila konferensiyasidagi eng muhim qaror va tavsiyalar xalqaro miqiyosida va davlatlarda turistlarning hayoti xavfsizligini, sog‘lig‘ini ta’minlash va ularning buyumlarini saqlash, davlatlarda turistlarning erkin harakatlariga barcha shart- sharoitlarni yaratish natijasida xalqlar, elatlar va millatlarning do‘stona aloqalariga asoslar yaratiladi, millatlar o‘rtasidagi urf-odatlarni o‘rganish, qiziqish natijasida bir-biriga yaqinlik qiluvchi davlatlararo madaniyat markazlari kelib chiqadi.
Konferensiyaning tinchlik shiori – “Dunyoda tinchlikni, hamkorlik, hamjihatlikni saqlash, xalqlarning madaniy merosini rivojlan-tirishda turizmning hissasi” mavzusi qabul qilindi. Manila konferensiyasida 27-sentyabr “Butunjahon turizm kuni” deb belgilandi. Xalqaro turizmda va davlatlar turizmida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha aniq va jiddiy tavsiyalarni ishlab chiqqan xalqaro konferensiyalarning eng obro‘lisi, tan olingani BTT ning Turizm bo‘yicha “Gaaga deklaratsiyasi” qabul qilinishi bo‘ldi. Butunjahon turizm tashkilotining (BTT) dunyo davlatlarining Parlamentlariaro turizm bo‘yicha xalqaro konferensiyasi Niderlandiyaning Gaaga shahrida 1989 yilning 30 martidan 14-apreligacha bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida Parlamentlararo ittifoq (MGTS) vakillari ham qatnashdi. Bu xalqaro tashkilotni Niderlandiya davlatning parlamenti taklif qilgan edi. Konferensiya birinchi navbat-da BMT ning jahon davlatlarida turizmni rivojlantirishda BTT ning mehnatlari va muhim mavqe’ga ekanligini e’tirof etdi. Ikkinchidan, jahon turizmining rivojlanayotganligida xalqaro tashkilotlar: xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), BMT ning fan va madaniyat,ma’orif tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi (MKAO), atrof-muhit bo‘yicha BMT dasturi (YUNEP), xalqaro jinoiy qidiruv politsiyasi (INTERPOL) va xalqaro iqtisodiyot hamkorlik va rivojlantirish tashkilotlari BTT bilan mustahkam aloqada bo‘ldilar, yordam berdilar. Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi 10 ta tamoyilni qabul qildi va dunyo mamalakatlariga tarqatdi. Deklaratsiya jahonda turizmning rivojlanishida turizm xavfsizligi xalqaro miqiyosda va milliy davlatlar miqiyosida ta’minlanishi shartligini ta’kidladi. Bunga erishish uchun quyidagilani amalga oshirishni tavsiya qiladi:
- turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va turizmda joriy qilish;
- jamoatchilikka aniq axborotlarni yetkazish va tarqatish; turistlarning xavfsizligini o‘rganuvchi va ta’minlovchi, ayniqsa ekstremal vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashni tadqiq qiluvchi institutsional markazlar tashkil qilish;
- turistlarning xavfsizligini ta’minlashda xalqaro, qit’alararo hamkorlikni tashkil qilish va harakatlantirish.
Gaaga deklaratsiyasining turistlarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizliginita’minlash bo‘yicha tavsiyalari:
• turistlarni hurmat qilish, qadr-qimmatini, huquqini va xavfsizligini himoya qilish turizm rivojlanishining ajralmas qismidir. Shuning uchun ham:


Yüklə 110,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə