Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam


«Odam va yashash muhiti» muammosiga qarashlarning shaklla-nishi



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə22/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110
Монография-2 кисм lotin

«Odam va yashash muhiti» muammosiga qarashlarning shaklla-nishi odam va tabiatning o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi azaliy va umumiy muammolar sirasiga kirishi bilan shartlanadi.
Odam ekologiyasi ilmiy fan sifatida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. U tarixan ko‘plab tadqiqotchilarning g‘oyalarini o‘ziga singdirgan. Bu-gungi olimlar odamlarda ekologik tafakkurni rivojlantirish zaru-rati haqida bong urmoqda. Biroq tarixga nazar tashlasak, uzoq ajdod-larimiz o‘z-o‘zidan tabiiy «ekolog» bo‘lganligini payqash mumkin. Pa-leolit yoki qadimgi tosh davri odamlari yashash uchun g‘or yoki turar-joy qurish uchun joy tanlar ekan, ekologik mazmundagi ko‘plab vazifa-larni hal qilgan. CHunki turar joy hayot kechirish uchun qulay, hayvon-lar va dushmanlardan himoyalangan, ichish uchun suvga, yoqish uchun o‘tin-ga, ovlash-yig‘ish uchun baliq, hayvon va o‘simliklarga boy er-suvga yaqin bo‘lishi kerak.
Sel, toshqin va boshqa tabiiy ofatlardan himoyalangan yashash joyi-
ni tanlash shart bo‘lgan. YAxshi ov qilish uchun hayvon va qushlarning xulq-atvori, hatti-harakatini bilish, ob-havo o‘zgarishini oldindan sezish shart bo‘lgan. Qabilaga tahdid soluvchi xavf-xatarlarni oldin-dan payqash, zaharli va zaharsiz o‘simliklarni bir-biridan farqlash, qaysi mahsulotlar kasallanishga sabab bo‘lishini tushunish ham mu-him ahamiyat kasb etgan. Kishilik jamiyati rivojlangan sari tabu va boshqa diniy ta’qiqlar sifatida mustahkamlangan bu ko‘nikma va ma-lakalarning aksariyati keyinchalik qonun ko‘rinishida yozma ravishda qayd etilgan.
Qadimgi ajdodlar va olimlar odamning atrofdagi olamda tutgan o‘rni va ahamiyatini tushunishga, aholiga tabiiy va xo‘jalik-maishiy sharoitlar qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishga harakat qilganlar. Mazkur monografiyaning odam (jamiyat) va atrof-muhit (tabiat) o‘rta-sidagi munosabatlar evolyusiyasiga bag‘ishlangan paragrafida bu ma-sala bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berilgan, o‘tmishdagi izlanuvchi-olimlarning ilmiy konsepsiyalari zamonaviy odam ekologiyasining ilk asoslari sifatida talqin etilgan.
Ta’kidlash joizki, zamonaviy odam ekologiyasi shakllanishi va ri-
vojlanishining dastlabki bosqichi amerikalik sotsiologlar R. Park va E. Berjes tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bog‘liq bo‘l-gan. Ular 1921 yilda CHikago shahri aholisini sotsiologik tadqiq qi-lishda birinchi marta «odam ekologiyasi» terminidan foydalangan-lar. Bunda urbanizatsiya, ijtimoiy tuzilmalar, siyosiy harakatlar, ir-qiy munosabatlar, ijtimoiy o‘zgarishlar, din, oila kabi ijtimoiy hodisalar o‘rganilgan. Ijtimoiy muammolar yirik shaharlarda tuza-tishlar kiritilishi kerak bo‘lgan o‘ziga xos me’yordan chetga chiqishlar sifatida talqin etilgan. Buning natijasida jinoyatchilik, daydilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi hodisalarni o‘rganishga alohida qi-ziqishlar paydo bo‘lgan. CHikagolik sotsiologlar ijtimoiy-ekologik qarashlarining boshlang‘ich nuqtasi – jamiyatni nafaqat ijtimoiy-madaniy, balki biotik darajali organizm sifatida tushunishdan (ta-savvur etishdan) iborat bo‘lgan. Biotik daraja ijtimoiy jarayonlar-ning asosi bo‘lib, oxir-oqibatda, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini belgilab beradi. CHikago shahrini o‘rganishning asosiy vazifasi ij-timoiy «nazorat qilish» va «hamjihatlik» o‘rnatishga yo‘naltiril-gan [118].
Amerikalik olim R. Makkenzi (1927) fikricha, odam ekologiyasi odamning muayyan makon va zamondagi munosabatlarini o‘rganadi. Bu munosabatlarga muayyan bir hududdagi muhitning tanlash, taqsimlash
va muvofiqlashish kuchi ta’sir ko‘rsatadi [143].
Ekologik yondashuv fransuz geograflarining ishlarida birmuncha to‘liq ishlab chiqilgan. Xususan, Vidal de la Blash tomonidan «Odam geografiyasi tamoyillari» (1922), Jan Bryun tomonidan «Odam geo-grafiyasi» (1926) nomli asarlar nashr qilinadi. Jan Bryun «ijti-moiy geografiya» terminini fanga kirgan. Keyinchalik Fransiyada bu muammoni o‘rganishni M. Sorre davom ettirgan va 1943-1952 yillarda uch jildli «Odam geografiyasi asoslari» asarini yozgan. Ushbu asar bi-rinchi jildining ikkinchi nomi «Odam ekologiyasi ocherklari» deb yuritilgan. M. Sorre odam geografiyasining birinchi vazifasi odamni atrofdagi tabiiy muhitning muayyan sharoitlariga tobe bo‘lgan va un-dan ta’sirlanuvchi tirik organizm sifatida o‘rganishdan iborat bo‘li-shi lozim, deb hisoblagan [118].
Odam ekologiyasi XX asrning ikkinchi yarmidan jadal rivojlana
boshlagan. Bunga ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan Erda odamlar soni-
ning tobora ko‘payishi va odam xo‘jalik faoliyatining tabiatga, odam yashayotgan muhitga, odamning o‘ziga, uning mehnati, maishiy hayoti, dam olishi va salomatlik holatiga jadal ta’sir ko‘rsatishi insoniyat uchun falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi anglab etilganligi turtki bo‘lgan.
Sobiq Ittifoq davrida ekologik vazifalarni anglash va hal etish-ga ilmiy yondashuvning shakllanishida V. Vernadskiyning noosfera (biosfera va odam koevolyusiyasi, ularning uzviy birligi siviliza-siya rivojini ta’minlashi) haqidagi qarashi (1945), D. Bryukovning odam ekologik fiziologiyasi (tabiiy omillar odam organizmi funk-siyalarini rivojlantirish va takomillashtirishning doimiy sharti) bo‘yicha ishlari (1958), V. Kotelnikov va YU. Saushkinning geodemolo-giya (aholi va geografik muhitni insoniyat manfaatlari yo‘lida muvo-fiqlashtirish) g‘oyasi (1965), V. Kaznacheev va M. Subbotinning  (1971) antropobiotsenologik tadqiqotlari (yangi, o‘zgargan muhit sharoitla-rining odam sog‘ligiga ta’sirini baholash), A. Avsinning geografik patologiya (1972) va V. Kaznacheevning odam nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha asarlari (1983) muhim o‘rin tutgan [118].
XX asr oxirida O‘zbekistonda ijtimoiy-ekologik muammolarning g‘oyat keskinlashuvi, xususan, Orol dengizi qurishi va Janubiy Orol-bo‘yida vujudga kelgan ekologik vaziyat tufayli odam ekologiyasining biologik, geografik, tibbiy, falsafiy va boshqa ijtimoiy-iqti-sodiy jihatlarini ilmiy asosda chuqur o‘rganishga (YU. SHodimetov, O. Otaniyozova, N. Komilova, I. Turdimambetov, M. Hamroqulova va sh.k.) kirishildi. Biroq odam ekologiyasida turli ko‘lamli antropo-ekotizimlarni milliy darajada yaxlit o‘rganishga imkon beruvchi umumnazariy konsepsiya yoki umumilmiy metodologiya to‘liq ishlab chiqilmagan.



Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə