Taqsimlash moliyaning asosiy funktsiyasi



Yüklə 0,52 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#135151
MOLIYA

Taqsimlash - moliyaning asosiy funktsiyasi

HBA-72 Abduvoxidova Iymona

Reja:

Moliyaning funksiyalari

Takror ishlab chiqarish va moliya

Jamg’arish fondi va iste’mol fondi


Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:
1.Taqsimlash;
2.Nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratni amalga oshirilishini anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlash funksiyasidir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo’lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda moliyaning asosiy
funksiyasi tagsimlash funksiyasidir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo'lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko'p qirrali jarayondir. Moliya YalMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va gayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni
taqsimlashda, "asosiy yoki birlamchi daromadlar" deb nomolgan daromad va jamg'armalarni tashkil etish sodir bo'lganda namoyon bo'ladi. Ularning yig'indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga
bo'linadi:
moddiy ishlab chigarish sohasida band bo'lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va hokozolarning daromadlari;
moddiy ishlab chigarish sohasidagi korxonalarning
daromadlari.
Takror ishlab chiqarish jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
•ishlab chiqarish;
•almashuv;
•taqsimlash;
•iste’mol.
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bo’lib, ulardan hatto bittasi ishtirok etmasa, takror ishlab chiqarish jarayoni uzilib qoladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kate-goriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bo’lishi mumkin.
Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o’ziga tegishli bo’lgan daromadni quyidagi ikki qismga bo’ladi:
•iste’mol fondi;
•jamg’arish fondi.
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug’urta to’lovlari kabi iqtisodiy vositalardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan o’zining hissasini (o’ziga tegishli bo’lgan qismni) ajratib oladi.
Jamg’arish fondi ikki qismdan iborat bo’lib, uning bir qismi takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa zaxira(rezerv) fondlarini shakllantirishga mo’ljallangandir. Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat investitsiyalarini kiritish, davlat rezervlarini shakllantirish va sug’urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bo’ladi. Bunda tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin.
Jamg’arish fondi va iste’mol fondi o’rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan sub’yektlari (davlat bilan ham birgalikda) o’rtasida ham juda alohidadir. Iste’molning darajasiga texnologiya holati, kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlarning obro’si va boshqa shu kabi ko’plab omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi
Jamg’arish fondi va iste’mol fondi o’rtasidagi nisbatlarning o’zgarishiga qarab qator xulosalar qilish mumkin. Masalan, iste’mol fondining etarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish sektorida jamg’arishning hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg’armalar o’sadi). Agar MDda iste’molning nisbiy hissasi kamroq bo’lsa, korpo-rativ jamg’armalar o’sadi. Chunki yaratilgan MD yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir.
Butun takror ishlab chiqarish jarayonining negizida o’ziga xos tovar bo’lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi o’zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bo’lgan qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlari bo’lgan mehnat qurollari va mehnat predmetlariga esa xos emas.
O‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat:
•ijtimoiy iste’mol fondlari;
•shaxsiy iste’mol fondlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi nisbat hamda ularning hajmi davlatning rivojlanish sur’atini belgilab beruvchi muhim ko’rsatkichlar qatoriga kiradi. Agar davlat soliqlar ko’rinishida birlamchi daromadlarning katta qismini o’z ixtiyoriga olib qo’ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin.

-E’tiboringiz uchun Rahmat-


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə