Ish haqi — ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir



Yüklə 78,5 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü78,5 Kb.
#150505
  1   2   3
Ish haqi


Ish haqi — ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas bogʻliqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqi — mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi. Ish kuchi qiymati va narxi bevosita I.h.da ifodalanadi. I.h. darajasi mehnat bozorilz kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. I.h. mehnatning pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida maʼlum miqsordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun toʻlaydilar. Yollanma xodim uchun I.h. asosiy daromadi manbai hisoblanadi.
Bozor iktisodiyoti sharoitlarida mehnatning miqdori va sifatiga qarab mehnatga qaq toʻlashning , asosan, vaqtbay va ishbay tizimlari qoʻllaniladi. Vaqtbay I.h. shaklida xodim oladigan I.h. miqaori ishlagan vaqt b-n boglik boʻladi, yaʼni I.h. miqdori mehnat unumdorligi va intensivlik darajasiga bogʻliq emas. Ishbay I.h. xodimning maʼlum vaqt mobaynida tayyorlangan mahsuloti mikdori b-n oʻlchanadi. Ishbay I.h.ning koʻrinishlaridan biri akkord I.h. bunda jamoa yoki ayrim xodimga ish hajmi oldindan belgilab beriladi, umumiy haq summasi kelishib olinadi. Ish butunlay yakunlanganidan keyin I.h. oxirigacha toʻlanadi. I.h.ning bunday shaklidan koʻpincha qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari Oʻzbekistonda I.h.dan tashqari mehnatda erishgan yutuklari uchun mukofotlash ham mavjud. Bular vaqt-bay mukofot, ishbay mukofot tizimlari hamda korxonada olingan foyda hisobidan ajratiladigan moddiy ragʻ-batlantirish fondidan mukofotlash tizimidir.
I.q. miqdori yollanma xodimlarning turmush darajasini ifodalovchi koʻrsatkichdir. Nominal va real I.q. koʻrsatkichlari mavjud. Nominal I.h. yollanma xodimning oʻz mexnati evaziga olgan pul daromadalari. Real I.h. xodimning olgan I.h.ga qancha va qan-day isteʼmol buyumlari sotib olishi va madaniy-maishiy xizmatlardan foydalanish mumkinligini koʻrsatadi.
Odatda, mehnat bozorida ish kuchiga muvozanatli narx shakllanadi. Bu narx I.h. yoki I.h. stavkasi deb ataladi. Mehnat birligining bozor narxi I.h. miqori (stavkasi) boʻlib, lavozim okladi tarzida yoki shartnomaga muvofiq belgilab qoʻyiladi, lekin mamlakatda qonun b-n belgilangan eng kam I.h- darajasidan oz boʻlishi mumkin emas. Shuningdek, I.h- miqsori muay-yan vaqt birligi (soat, kun, hafta, oy) ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega boʻlgan mehnatga toʻlanadigan haq darajasini belgilaydi.
I.H- yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish krbiliyatiga boʻlgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarish shakli. Shu b-n birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haq ishlab chiqarish harajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan i.ch. omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni harid qiladi.
I.h.ning asosiy vazifasi I.ch.ning bevosita qatnashchisi boʻlgan xodim qamda uning oila aʼzolarining hayot va mehnat faoliyati sharoitlarini taʼminlashidan iborat. Qiymatning mehnat nazariyasi ish kuchini alohida, oʻziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli, bu nazariya I.h.ni tovar boʻlgan ish kuchi qiymatining oʻzgargan shakli, yaʼni uning puldagi ifodasi deb hisoblaydi va uni ish kuchini takror i.ch. uchun zarur boʻlgan tirikchilik vo-sitalari qiymati tarzida taʼriflaydi. I.q.ga ish kuchi qiymatining puldagi ifodasi sifatida qarash aniq mehnat bozorida I.h. darajasiga talab va taklif omillarining taʼsirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida real I.h.ning oʻrtacha darajasi yashash uchun zarur tirikchilik vositalari minimu-miga qaraganda ancha yuqori darajada turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida I.h. xajmiga bir qator bozor omillari (tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif oʻzgarishlari, mehnatga boʻlgan talab narxining oʻzgaruvchanligi, isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxi oʻzgarishi va b.) va bozordan tashqari omillar taʼsir koʻrsatadi, buning natijasida mehnatga xaq toʻlashning muayyan darajasi vujudga keladi.
Rivojlangan mamlakatlarda I.h.ni tashkil etish (I.h. miqdori, mehnat miqdori va sifati b-n unga toʻlanadigan haq mikdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlash, mehnatni meʼyorlash, tarif tizimi va b.) va tartibga solishda davlat muhim rol oʻynaydi. Ularda tarixan I.h.ni tashkil etish va tartibga solishning markazlashgan davlat tizimi va markazlashmagan tizimi qaror topgan. I.h.ni tartibga solishning markazlashmagan tizimi xususiy mulk egalari yoki jamoa mulkdorlar hamda kasaba uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, kooperativlar va b. tomonidan amalga oshiriladi.
I.h.ni tartibga solishning davlat tizimi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar va tashkilotlar uchun umumiy va majburiydir.
I.h.ni davlat tomonidan tartibga solish va tashkil etishning muhim unsuri tarif tizimi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakat boʻyicha hukumat belgilagan, asosan ishchi va xizmatchilar I.h.ni tashkil qilishda foydalanishi uchun tav-siya etiladigan yagona tarif tizimi (setkasi) amal qiladi, korxona (tashkilotlar)lar yagona tarif setkasi asosida oʻz tarif setkasini ishlab chiqish va razryadlar sonini belgilash huquqiga ega.
Oʻzbekistonda dastlab 1993 y. 1 yanv.
dan 28 I.h. razryadlariga boʻlingan va 0—28 razryadlar oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 14,28 boʻlgan yagona tarif stavkalari joriy qilindi. 1996 y. 1 sent.da esa I.h. razryadlari 22 ta va 0—22 I.h. razryadlari oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 5,998 boʻlgan yangi yagona tarif setkasi qabul qilindi. Yagona tarif stavkasi xodimlarning barcha kasb-malaka guruhlari boʻyicha tarif stavkalari va maoshlari nisbatini belgilashda mehnat ta-fovutlariga baho berishga yagona yondo-shuvni taʼminlaydi.
I.h.ni tartibga solishning davlat tizimi 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: 1) davlat tomonidan ish haqi minimumi (eng kam ish haqi mikdori) belgilanadi. Inflyasiya jarayo-nida eng kam ish haqini indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi; 2) korxonalarda ishlovchi xodimlarning barcha toiflari uchun oʻrtacha I.h.ning ortib borishi maʼlum darajada cheklanadi. Davlat bu usuldan tanglik holatlarida inflyasiya surʼatlarini pasaytirishda foydalanadi; 3) I.h.ning oʻrtacha ortib borishiga karab ortib boruvchi soliq stavkalari belgilanadi. Bu eng yuqori I.h. darajasining oʻsishiga taʼsir koʻrsatish va uni iqtisodiy usullar b-n cheklash imko-nini beradi (q. Daromad soligʻi).
Yollanma xodimlar I.h.ni davlat yoʻli b-n tartibga solish aholining eng kam taʼminlangan qatlamlari — yoshlar, malakasiz xodimlar, mehnat qobiliyati cheklanganlar va b.ni ijtimoiy himoya qilishda, inflyasiya, real I.h.ning pasayishini cheklashda muhim ahamiyatga ega.
Zamira Musayeva, Qodirjon Yusupov.[1]
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat meʼyori bilan isteʼmol meʼyori oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlashdan iboratdir. Ish haqining mazmunini toʻlaroq tushunish uchun nominal ish haqi va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi.

Yüklə 78,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə