Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə30/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Funksional tizim – jarayon va mexanizmlar birikmasi bo‘lib, te-gishli sharoitga bog‘liq holda shakllanadi va bu sharoitga moslashish samarasiga albatta olib keladi. Funksional tizim ta’sir qiluvchi omillarga mos ravishda har safar qaytadan yangilanadi, ya’ni orga-nizm eng qisqa vaqt ichida tanani favqulodda vaziyatdan eng maqbul va oqilona tarzda chiqara olishga qodir bo‘lgan «tez yordam xizmati»ni vujudga keltiradi. Adaptatsiya hodisasi – biologik hodisalarning alohida toifasi bo‘lib, tadrijiy-tarixiy taraqqiyot natijasidir. Adaptatsiya mexanizmlarining taqchilligi biologik tizim imkoniyati pasayganligidan darak beradi [13; 118; 152].
Adaptatsiya mexanizmlarida «stress reaksiyasi» deb ataluvchi umu-miy moslashish alomatlari majmui muhim o‘rin tutadi. Stress – or-ganizmning turli xil noqulay omillarga (ochlik, o‘ta sovuq yoki issiq, yuqori yoki past bosim, zaharli moddalar, jismoniy va ruhiy jarohat-lar, virusli kasalliklar, mushaklarning ortiqcha zo‘riqishi va shu ka-bilarga) javob (himoya) reaksiyasi sifatida o‘ta tanglik, zo‘riqish yoki kuchli ta’sirotlar natijasida sodir bo‘ladigan o‘ta hayajonlanish, asabiylik holatini ifodalaydi.
Stressga alohida e’tibor G. Sale tomonidan chop etilgan ishlar-dan (1936) keyin paydo bo‘lgan. Uning fikricha, stress – organizm-ning unga nisbatan qo‘yilgan har qanday talabga noodatiy, ya’ni o‘ziga xos bo‘lmagan fiziologik javobidir. Stress odam organizmining moslashish reaksiyasi sifatida atrof-mu-hitning kundalik hayotga o‘zgacha, odatdagidan boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatishi ostida yuzaga keladi. Stress reaksiyasi uch bosqichda davom etadi: xavotir(lik) bos-qichi organizmdagi barcha kuchlarni safarbar qilsa, barqarorlik bos-qichi uzoq muddatli adaptatsiya mexanizmlarining ishga solinishi, su-sayish bosqichi esa bu mexanizmlarning buzilishi bilan kechadi. SHu sababli stress reaksiyasining oqibati turlicha bo‘lishi mumkin: yoki dastlabki holatga qaytiladi, yoki muayyan kasallikning rivojlanishi boshlanishi mumkin. Odam organizmining adaptatsiyasida immun tizi-mi ham muhim o‘rin tutadi [152].

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə