Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix19.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111457
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu



2-MAVZU: ONTOGENEZNING ILK BOSQICHLARIDA INSONNING 
PSIXIK RIVOJLANISHIGA XOS XUSUSIYATLAR 
Reja: 
1.Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar 
2.Gо‘daklik davrida jismoniy va psixik taraqqiyotning kechishi 
3.Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish. 
4.Ilk Yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti. 
 
Mavzu о‘quv maqsadi :
Ta’limiy
: bо‘lajak pedagoglarda tug‘ilish davr inqirozi, prenatal, chaqaloqlik, 
gо‘daklik va ilk bolalik davri psixofiziologik, jismoniy Shuningdek, aqliy 
rivojlanishiga xos xususiyatlar haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish. 
Tarbiyaviy
: bо‘lajak pedagoglar ongiga insonning shaxs sifatida
shakllanishida prenatal va chaqaloqlik davri psixofiziologik rivojlanishining 
ahamiyatini singdirish. 
Rivojlantiruvchi
: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy о‘quv maqsadlari asosida 
talabalar dunyoqarashini kengaytirish, prenatal va chaqaloqlik davridagi bolalarni 
psixologik rivojlanishini aniqlash kо‘nikma-malakalarini shakllantirish. 

Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar
Bolaning ona qornida paydo bо‘lgandan tug‘ilgunga qadar bо‘ladigan
о‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir
davr ona qornida bо‘lajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama 
bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish о‘rtacha 38 hafta davom etadi
va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga
bо‘linadi.
Zigota bosqichi (1-2 haftalik) 
Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan
birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining
tugallanishi uchun ikki xafta kerak bо‘ladi, shundan sо‘ng garmonal
о‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz kо‘rishning vaqtinchalik tо‘xtashiga olib
keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning
aylana о‘lchamlari 1 mmdan kamroq bо‘ladi, uning hujayralari bо‘linishni
boshlaydi.
Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda
murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar tо‘plami kо‘rinishida
bо‘ladi. Boshka hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi
va oziqlantiruvchi asosli tо‘qimalarni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va
hujayrlarning ajralib hosil bо‘lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari
bо‘lib hisoblanadi. Zigota 36 xafta davomida murtakdan bola
tug‘ilishigacha bо‘lgan yо‘lni bosib о‘tishga tayyor holga keladi. 
Embrion bosqichi (3-8 hafta) 


Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil
bо‘lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakqizinchi haftaning
oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar
rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashki
qavatda - ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi
rivojlanadi. О‘rta qavatda - mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon 
tomirlari tizimi hosil bо‘ladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat
hazm qilish tizimi va о‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan 
sakqiz haftalik embrion solishtirilganda uning kо‘rinishida sezilarli
о‘zgarishlarni kо‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2
millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga bо‘linishi boshlanib, 
organizm kо‘prok salamandrani eslatadi. О‘sish va rivojlanish tezlik bilan
amalga oshadi, 8 haftalik embrionda kо‘zlar, og‘iz, qо‘l va oyoqlarni kо‘rish 
mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi
bir oy avval о‘z faoliyatini boshlab yuborgan bо‘ladi. Embrionda odamga
xos organlar u yoki bu shaklda mavjud bо‘ladi, lekin uning о‘lchamlari
onaga sezilarli daraja bulmaydi.
Embrionga amnion suyuqligi bilan tо‘lgan amnion qobig‘i
joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini
ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. Kindik
tizimchasi embrionni yо‘ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan iborat.
Yо‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon
tomirlarigacha etib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik
qon tomirlarining barmoqsimon о‘simtalari –qilchalar orqali oqadi. Qilchalar
ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning о‘tishi, 
Shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi
hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari
embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida о‘z vazifalarini samarali
bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bо‘lishi bilan
ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga etadi. 
Organlarning о‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga
tо‘g‘ri keladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə