Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix19.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu

birinchi oylarida harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega. 
Chaqaloq motorikasi tug‘ilganidan boshlab etarlicha tashkiliylikka ega, u
holatlarni boshqarishga mо‘ljallangan kо‘pgina mexanizmlarni о‘z ichiga oladi. 
Chaqaloqda kо‘pincha oyoq-qо‘llarining yuqori harakatchanlik faolligi paydo 
bо‘ladi, bu kelajakda koordinatlashgan harakatlarni murakkab majmuini
shakllanishida ijobiy ahamiyatga ega.Chaqaloq bolalarda qо‘l-oyoqlar bukilib, 
barmoqlar musht bо‘lib turadi. 
Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qо‘l va 
oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor holda 
bо‘ladi. Keyin harakatlar asta-sekin «ongli»lashib boradi va bu harakatlar yangi 
sezgilarning manbai bо‘lib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga о‘tishni 
tayyorlaydi. 3-3,5 oylik bola, unda hali aniq koordinatsiyalashgan harakat bо‘lmasa 
ham, qо‘llarini о‘yinchoqlarga uzatadi. Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oyli 
bolada yaxshi kо‘rinadi. Bola о‘yinchoqni bemalol qо‘liga ololadi. Uni tutib olib,
u-bu yog‘iga qaraydi, og‘ziga tegizib kо‘radi va shu yо‘l bilan kо‘plab har xil 
taassurotlar oladi. Ikki oylik bola, qorni bilan yotqizib qо‘yilsa, boshini kо‘tara 
boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan holda tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq-
bu yoqqa qaray oladi. Shu bilan birga, qо‘ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8-
8,5 oyligida boshqalarning yordamisiz о‘tira oladi, emaklaydi va biror narsaga 
suyanib oyog‘ida tura oladi. 12-13 oyligida о‘tirib, tura oladi, birovning yordamisiz 
qadam qо‘ya oladi, demak, bola yura boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib 
ketmasligiga salomatligiiing nochorligi, chaqaloqligida kо‘p kasal bо‘lganligi va 
umumiy harakat hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab bо‘ladi. 
Bolaning harakatlari rivojlanishi hayotini birinchi yilida judayam tez maromda 
kechadi, о‘n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot hayratlanarli. 
Cheklangan qо‘l-oyoq, boshni tug‘ma umumiy elementar harakatlar 
tо‘plamidan iborat imkoniyatga ega bо‘lgan, amalda yordamga muhtoj 
mavjudotdan bola kichkina odamga aylanadi, u nafaqat ikki oyoqda oson turuvchi, 
balki muhitda nisbatan ozod va mustaqil harakatlanuvchi oyoqlar harakati bilan 
bir vaqtda lokomotsiyalardan ozod fazoda (harakatni ta’minlovchi funksiyalar) qо‘l 
bilan murakkab boshqaruv harakatlarini va atrofdagi olamni tadqiq etishga
mо‘ljallangan harakatlarni amalga oshira oladi. Yangi tug‘ilgan bolada diqqat 
qilish qobiliyati bо‘lmaydi. Unda turli qо‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz 
diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha kisqa bо‘lsa, uning о‘zi 
uchun tanish va yangi bо‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va 
davomli bо‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka 
aylantirib, psixik jarayonlarning о‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada 
mustahkam saqlanishiga yordam beradi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə