Reymberganova Mavluda "Men sevgan asar"



Yüklə 34 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü34 Kb.
#106084
Kichkina shahzoda




Reymberganova Mavluda
"Men sevgan asar"
Antuan de Sent-Ekzyuperi kitobxonlar uchun haligacha mashhur adib bo‘lib qolyapti. Hamma gap shundaki, ijoddagi samimiyat, insonga mehr, nozik did hech kimni befarq qoldirmaydi. Bo‘lmasa urush tufayli hayotdan bevaqt ko‘z yumgan adib va shoirlar kam deysizmi. Shunday ekan Antuan de Sent-Ekzyuperi mashhur, uning «Kichkina shahzoda» ertak-qissasi hamma yoshdagi insonlar sevimli asar . akelayotgan halokatdan odamzodni qutqarish “kichkina shahzoda” ertakining asosiy mavzularidan biridir.Ushbu she’riy ertak beg’ubor bola qalbining jasorati va donoligi ,do’stlik va sadoqat kabi muhim “bolasiz” tushunchalar haqida.
O’z asarida yozuvchi ko’targan ko’plab global mavzular asrlar davomida butun insoniyatni tashvishga solayotgan va hayajonlantiradigan narsa.
Avval o, bu hayotni izlah mavzusining ma’nosi. Kichik shahzoda bir sayyoradan boshqasiga sayohat qilib, shunday qiladi.
Muallif bu sayyoralarning aholisi odatdagi dunyolaridan tashqariga chiqishga harakat qilishmaydi va bo’lshning ma’nosi haqidagi adabiy savolga javob topishadi.
Ular odatdagi hayot tartibidan juda mamnun. Ammo bu faqat haqiqatni qidirishga tug’iladi,buni bosh qahramon isbotlab ,hikoyaning oxirida sevimli Roaga qaytadi.
U nafaqat ushbu dolzarb mavzularni ochibgina qolmay ,balki o’quvchilarga sevikli inson uchun va butun dunyo uchun javobarlikka bo’lgan ehtiyojini etkazadi.Kichkina shahzoda o’zining kichkina sayyorasini g’amxo’rlik qiladi.
Butun iste’mol qilinadigan yovuzlik baobablar yordamida , agar ular doimiy ravishda yo’q qilinmasa,sayyoradagi barcha hayotni tezda singdira oladigan.Bu hayot davomida tinimsiz kurashishingiz kerak bo’lgan insoniy yomonliklarning barchasini o’z ichiga olgan yorqin timsol.
Hikoyaning g’oyasi.”Sevish, bir-biriga qarash degani emas , bu bir tomonga qarashni anglatadi”.Bu g’oya ertakning mafkuraviy tushunchasini belgilaydi.”Kichkina shahzoda” 1943-yilda yozilgan va Ikkinchi Jahon urushidagi Yevropadagi fojia ,yozuvchining mag’lubiyatga uchragan ,Fransiyani bosib olganlari haqida eslashlari asarda o’z izlarini qoldiradi.Ekzuperiy o’zining yorqin qayg’uli va dono hikoyasi bilan cheksiz insoniyatni himoya qildi. Ma’lum bir ma’noda hikoya yozuvchining ijodiy yo’li , uning falsafiy ,badiiy idok etishning natijasi hisoblanadi.Faqat san’atkorgina uning mohiyatini – uning atrofidagi dunyoning ichki go’zalligi va uyg’unligini ko’ra oladi Hatto sayyora sayyorasida ham Kichik shahzoda shunday deydi :”U chiroqni yoqganda , xuddi bitta yulduz yoki gul hali tug’ilayotganga uxshaydi.Va u chiroqni o’chirganda- xuddi bitta yulduz yoki gul uxlab yotganday.Ajoyib ish.Bu foydali ,chunki u go’zal “.Bosh qahramon o’zining tashqi qobig’iga emas , balki go’zalning tomonini gapiradi.
«Kichkina shahzoda» ertagi Antuan de Sent-Ekzyuperining eng kichik asarlaridan biri bo‘lsa ham, unda adibning inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, hamdardlik va o‘zaro hurmat munosabatlari, Yovuzlik va Yomonlikka qarshi kurash g‘oyalari aks ettirilgan.
Asar to‘g‘risidagi mulohazalarni yozuvchining ushbu muhim gapini eslash bilan boshlasak: «Men kitobimning shunchaki ermak uchungina o‘qilishini aslo istamayman».
Demak, biz bu asarga juda jiddiy e’tibor qaratishimiz kerak .
Xo‘sh, yuzaki qaraganda ertaknamo tuyuladigan bu qissada bir qancha sir-u sinoat yashiringan ekan .Adibning kasbi uchuvchilik ekanini bilamiz Asarda navbatdagi parvozlarning birida uning samolyoti buzilib, kimsasiz Sahroyi Kabirga (Afrikadagi ulkan cho‘lga!) qo‘nishga majbur bo‘ladi. Huvullab yotgan sahroda, tong saharda uning tepasida bir g‘aroyib bola paydo bo‘ladi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bu tillarang sochli, qo‘ng‘iroq tovushli bolajon mittigina olis sayyorada bir o‘zi yashar, bir yil muqaddam sayyoralararo sayohatga chiqib, nihoyat Yer planetasiga (sayyorasiga) kelib qolgan ekan. U uchuvchi amakiga bir-biridan qiziq savollar berishdan, xuddi katta odamlardek u bilan tortishishdan charchamasdi.
Muallif «Kichkina shahzoda» deb nom qo‘ygan bu bolaning aytishicha, uning sayyorasida baobab deb nomlanadigan xavfli bir daraxt urug‘i nihoyatda ko‘p ekan. Shahzoda har tongni endigina urug‘dan chiqqan baobab ko‘chatlarini yulib, o‘z sayyorasini tozalash bilan boshlarkan. U to Yerga kelgunga qadar bir necha sayyoralarni o‘rganibdi. Ularning birida yakka-yolg‘iz qirol, boshqasida shuhratparast bir kimsa, keyingi sayyoralarda esa piyonista, korchalon, xonadan chiqmay yostiqday-yostiqday kitoblar yozadigan chol va tinimsiz fonus chiroq yoqish bilan band charoqbonni (chirog’bonni) uchratibdi. Shuningdek, kichkina shahzoda Yerda ham talay mavjudot bilan muloqotda bo‘ladi. Ilon, tulki, gul, bekat nazoratchisi, savdogar shular jumlasidandir.
Nihoyat, uchuvchining samolyoti tuzaladi, Kichkina shahzodaning ham o‘z sayyorasiga qaytish vaqti keladi. Hikoyachi o‘zining yosh do‘stlariga asar oxirida shunday xitob qiladi:
«Agar qachonlardir Afrikaga, sahroga borib qolsangiz, bu joyni tanishingiz oson bo‘ladi. Mabodo shu yerdan o‘tar bo‘lsangiz, o‘tinib so‘rayman, mana shu yulduz ostida bir nafas to‘xtang! Bordi-yu shu payt tillarang sochli bir bola yoningizga kelib, qo‘ng‘iroqdek tovush bilan kula boshlasa, birorta savolingizga javob bermasa, o‘ylaymanki, kimga duch kelganingizni albatta sezsangiz kerak. O‘shanda, sizdan o‘tinib so‘rayman, dardli dilimga yupanch berish esingizdan chiqmasin: uning qaytib kelganini menga zudlik bilan xabar qiling».
“Kichkina shahzoda”da yozuvchining «dardli diliga yupanch beradigan» qanday mo‘jiza bor ediki, u bu qadar intiq kutmoqda.
Bu asarning uchuvchidan boshqa deyarli barcha qahramonlari (ular esa goh inson, goh hayvon, goh o‘simlik shaklida ishtirok etadilar) ramziy xarakterga ega. Adabiy asarlarda odamlarga hayotning o‘zgarmas qonunlariga xos bo‘lgan azaliy sifatlarni o‘zida umumlashtiradigan ramziy obrazlar yaratish an’anasi mavjuddir. Endi ana shu nuqtayi nazardan «Kichkina shahzoda» asariga qayta nazar tashlasak bitta sayyorada birgina Kichkina shahzoda, birgina shuhratparast yoki piyonistagina yashashi mumkin emasligi demak, yozuvchi alohida nom qo‘ymay, 325, 326, 327 va boshqa raqamlar bilan belgilagan bu asteroidlar aslida odamlarga xos bo‘lgan fazilat va nuqsonlar ekanligini yashirib ketgan piyonista yashaydigan sayyorada (demak, shu xavfli kasallikka mubtalo bo‘lgan insonlar qalbida!) kechgan suhbatga e'tibor qilasak.
« — Nima qilyapsan? - deb so‘radi Kichkina shahzoda.
— Ichyapman, — dedi piyonista xo‘mrayib.
— Nega?— Unutmoqchiman.
— Nimani? — deb so‘radi Kichkina shahzoda piyonistaga rahmi kelib.
— Shu ishimning uyatligini, — dedi piyonista tan olib va boshini quyi soldi.
— Qaysi ishing? — deb so‘radi Kichkina shahzoda, boyoqishga yor-dam berishni jon-dilidan istab.
— Ichishim uyat! - dedi piyonista va qaytib og‘iz ochmadi.
Anchadan so‘ng Kichkina shahzoda lol-u hayron bo‘lib, tag‘in yo‘lga tushdi.
«Ha, shubhasiz, kattalar juda-juda g‘alati xalq», deb xayolidan kechirdi yo‘lida davom etarkan».
Kichkina shahzoda xuddi shu tarzda qirol, shuhratparast, korchalon (byurokrat), hech kimga nafi tegmaydigan kitoblar yozib o‘zini ovutadigan chol va boshqalar bilan suhbat quradi. Bu insoniy ojizliklar uning yuragini g‘ash torttiradi.
Kichkina shahzoda qiyofasida asarda ezgulik kuchi namoyon bo’ladi. Negaki, ezgulikkina yovuz boababning g‘ovlab ketishiga — olamni yomonlik egallab olishiga qarshi har kuni kurashga chiqadi. Qalbida ezgulik yashaydigan insongina o‘zi suygan feruza guli — sevgi-muhabbatini himoya qila oladi...
Ezgulikning «Ko‘ngil ko‘zi ochiq» bo’ladi! Afsuski, shaytoniy vasvasalarga uchgan odamzod hayotida Ezgulikning yashashi oson kechmaydi. Xuddi shu tufayli ham Kichkina shahzoda yetti sayyorani ham, hatto Yer yuzini ham tezda tashlab ketadi. Xuddi shu ayriliq yozuvchi Antuan de Sent-Ekzyuperi dilini dardli, ko‘zini yoshli qiladi. Xuddi shu abadiy og‘riq va dard kuylangani tufayli ham adib qalamidan to‘kilgan «Kichkina shahzoda» asarini butun insoniyat izlab topib o‘qiydi, yuragining to‘rida saqlaydi.
Shunday o‘lmas asarni yaratgani uchun ham yozuvchi (yozuvchining) vatani — Fransiyada, Antuan de Sent-Ekzyuperi tug‘ilgan yurt — Lion shahri markazida unga ajoyib bir haykal o‘rnatilgan. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan baland oq marmar ustun ustida adib o‘tiribdi, uning yelkasiga qo‘lini qo‘ygancha Kichkina shahzoda turibdi. Ular bu yuksaklik uzra hamon suhbat qurayotgandek tuyuladi kishiga. Darhaqiqat, Fransiyada va undan tashqarida adib ijodiga qiziqish va hurmat katta. Haykal ham shu katta hurmatning ifodasidir.
- XX asr fransuz adabiyotida ajoyib ertaklarga boy. Adabiyot yangi mavzular bilan boyib bordi. Masalan, ilm va fan soqasiga oid mavzular ko'plab uchraydi. Ertak shakli va mazmuni jihatidan erkinrok, noodatiyro bo'lib borishiga qaramay, o'zining ertaklarga xos jozibasini, donoligini va shoironaligini yo'qotmadi. Zamonaviy ertak uchun yangi asrda qahramonnig individuallashuvi, hajviya, demokratizm va parodiya hosdir.
O'zbek adabiy jarayonida tanilgan ana shunday so'z san'atkorlaridan biri Antuan de Sent-Ekzyuperi hisoblanadi. Yozuvchining «Kichkina shahzoda» ertagi urush vaqtida yozilgan. Yozuvchi eng muhim narsa haqida - kishining burchi va sadoqati haqida, do'stlik va muhabbat haqida, hayotni va insonni yurakdan sevish kerakligi haqida, yomonlikka qarshi kurashish, dunyoning go'zal va kishilarning bahtiyor bo'lishi uchun kurashish zarurligi to'g'risida soddagina hikoya qiladi.»
O'zbekistonlik tanqidchilar va ijodkorlar o'z asarlari va maxoslalarida
francuz yozuvchisi ijodining u yoki bu jihatini ta'kidlab o'tgan o'rinlar yo'q emas. Lekin Sent-Ekzyuperi ijodi anchagina batafsil tadqiq etilgan o'zbek tilidagi dastlabki ish Hurshid Davronning kitobga yozgan so'ng so'zi hisoblanadi. Muallif «Kichkina shahzoda»ni «bizning tasavvurimizdagi juda ko'p tushunchalarni o'zgartirish kuchiga ega asar» deb baholaydi.
Ma'lumki, «Kichkina shahzoda» XX asr adabiyotidagi ko'p tillarga tarjima qilingan asarlardan sanaladi. Ushbu ertakning o'zbek tiliga qilingan dastlabki tarjimasi haqida adabiyotshunoslikda M.Holbekov tomonidan ba'zi mulohazalar aytilgan. Unda M.Umarov tarjimasida so'zlar va ularning ma'no tovlanishlari, muallif bayonidagi ohang hamda ertakdagi obrazlilik juda yahshi etkazib berilgan, degan hulosa chiqariladi. A.xossimov tomonidan francuz yozuvchisi ijodining o'ziga hos hususiyatlari, «Kichkina shahzoda» asarida bolalik dunyosining nozik kechinmalari tasviri, ertak-hissani CH.Aytmatovning «Oq kema»si bilan muxosyasa qilish singari masalalar tadqiq etilgan. Jaxosn adabiyotining nodir namunalaridan bahramand bo'lish o'quvchi tafakkuri va dunyoqarashini boyitish bilan birga, o'z adabiyotini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Shu ma'noda so'nggi yillarda nashr etilayotgan adabiyot darsliklarida «Jaxosn adabiyoti» deb ataluvchi bo'limning paydo bo'lganligi quvonchli xoldir.
Umuman olganda o'zbek-fransuz adabiy aloqalarida betakror gumanist yozuvchi Sent-Ekzyuperi ijodining O'Zbekistonga kirib kelishi, asarlarida ilgari surilgan yuksak insonparvarlik xosyalarining o'quvchilar tomonidan qizg'?in kutib olinayotgani muhim o'rin tutadi.
Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə