Tanqidiy tafakur



Yüklə 15,57 Kb.
tarix10.06.2023
ölçüsü15,57 Kb.
#116550
TANQIDIY TAFAKUR


TANQIDIY TAFAKUR
Tanqidiy tafakkur insonda doimo rejalashtirishga va qayta rejalashtirishga tayyorlik xususiyati bilan birga keladi. Muayyan faoliyat agar belgilangan talablarga javob bermasa, uni albatta qayta rejalashtirish muhim.
Moslashuvchanlik. Gohida biz hayotga moslashamiz, gohida esa hayot bizga. Nima bo’lganda ham, real vaziyatni tan olib, unga moslashib ketish zarur.
Qat’iyatlilik. Siz tanlagan yo’lingizdan oxirigacha bora olmasangiz, fantastik hayollarga berilib yuraverasiz. Qaror qildingizmi, maqsad bormi harakat qiling, erishing.
O’z xatolarini to’g’irlashga tayyorlik. Egilgan boshni qilich kesmas. Lekin egilgan boshni qayta baland ko’tara olish uchun xatoni to’g’irlab qo’yish kerak. Hamma ham xato qiladi, hamma esa har xil, kuchli insonlargina xatosini tan oladi va uni to’g’irlaydi.
Kompromis (murosaviy) yechimlarni qidira olish. Har qanday vaziyatda siz opponentingizni (suhbatdosh, sherik va h.k) mag’lubiyatda qoldirmang. Hech bo’lmaganda, mag’lub bo’lganini his qilmasin. Siz mag’lub bo’lsangiz, bu sizga tajriba bo’lsin, hikmat toping.
Bolalarning amaliy va ko`rgazmali-obrazli tafakkuri asosida ularda mavhum tafakkur shakllanadi. Bu mavhum tushunchalarga asoslangan tafakkur. Bolalarning juda ko`plab fanlardan, o`quv predmetlardan oladigan bilimlari mavhum tushunchalar yordamida ifodalangan. Predmet va hodisalar urniga ularning nomlari (SO`Z-belgi) qo`llaniladi. Mavhum tafakkur bolaga endi o`zi yo`q predmetlar bilan ham so`zlar yordamida (nomlari) ishlash, ular ustida fikr yuritish, tafakkur operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Shu sababli mavhum tafakkur o`quvchining o`quv va hayot faoliyatida eng muhim o`ringa ega bo`ladi. Maktabning, pedagoglarning asosiy vazifalridan biri o`quvchilarning mavhum tafakko`rini rivojlantirish, ularda to`g`ri shakllangan tushunchalar tizimini hosil qilishdan iboratdir.
Turli kishilarda tafakkur xususiyatlar turlicha tarkib topgan va turlicha nomoyon bo`ladi. Bir kishining o`zida ham tafakkurning turli xususiyatlari turlicha nomoyon bo`ladi. Bularning hammasi tafakkurning individual xususiyatlarining asosini tashkil qiladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik darajasi, epchillik, fikrlashning tezligi kabilar kiradi.
Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko`ra bilish va kuya bilishda, undan sung esa uni o`z kuchi bilan echa bilishda nomoyon bo`ladi. Tafakkurning mustaqilligida uning ijodiy xarakteri o`z ifodasini topgan.
Tafakkurning ixchamligi shundan iboratki, masalani echishning boshda belgilangan yo`li (rejasi) asta-sekin yuzaga chiqadigan, avvaldan hisobga olib bo`lmaydigan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo`lni o`zgartira olishdan iboratdir.
Fikrning tezligi biror qarorni qisqa muddat ichida qabul qilish talab qilingan hollarda talab qilinadi.
Tafakkurning yuqorida ko`rsatilgan barcha va boshqa juda ko`p sifatlari uning asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog`liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning ayrim individual xususiyatlaridan qat`iy nazar, muhim tomonlarni ajaratib, mustaqil ravishda tobora yangi umumlashtirishlarga kela bilishdan iborat.
Ushbu muammoni tadqiq etar ekanmiz, dastlab uning tarixiy ildizlariga nazar tashladik. O‘rganilgan manbalar tahlili shundan dalolat berdiki, yosh avlod obrazli tafakkurini rivojlantirish ilk bor xalq pedagogikasi namunalarida k o‘zga tashlanadi. Ular asosan xalq og‘zaki ijodi namunalari: maqol, rivoyat, afsona, ertak, doston, qo‘shiq va boshqalarda ifodalanadi. Masalan, birgina ertaklar misolida ushbu muammonining naqadar mohirona tasvirlanganligini ko‘rishimiz mumkin. Xalq ertaklarida sehirli jonivorlar, sehirli predmetlar va g‘a’royib hislatga ega bo‘lgan odamlar, ularning ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan g‘aroyib sarguzashtlari hikoya qilinadiki, mohirona o‘ylab topilgan bu voqelardan beihtiyor lol qolish mumkin. Ertaklarda o‘ylab topilgan “Ochil dasturxon”, “Uchar gilam”, “Ur to‘qmoq”, “O‘zi yurar etiklar”, “Oynaijahon” kabilarni obrazli tafakkur mahsuli desak bo‘ladi.
Yüklə 15,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə