Yoritish. Yoritish chiroqlari: turlari, xususiyatlari, maqsadlari



Yüklə 350,65 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü350,65 Kb.
#153705
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yoritish


Yoritish. Yoritish chiroqlari: turlari, xususiyatlari, maqsadlari

Yoritish kuchayishning asosiy maqsadi kosmosda yorug'lik lampalarining qayta taqsimlanishi. Bundan tashqari, engil mustahkamlash chiroq chiroq xususiyatlarini o'zgartirishga qodir (uni podirni joylashtiring yoki spektral tarkibini o'zgartiring). Chiroq va energiya manbaidan quvvat, chiroqni himoya qilish uchun chiroqni mahkamlash va elektr energiyasini etkazib berishning muhim funktsiyalari emas mexanik shikastlanish va ta'sirlardan atrof.


7-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: O’quv xonalarida tabiiy yorug’likni aniqlash.
Ishdan maqsad: Yorug’lik haqida ma’lumot bilan tanishish va asboblar yordamida tabiiy yorug’likni aniqlash.
Kerakli asboblar: Fotoelement, filtr nasadka, millampermetr (LYUKSDA) darajalangan.
Nazariy ma’lumotlar.
Organizmga ta’sir qiladigan tashqi muxit omillari orasida yorug’lik dastlabki o’rinlardan birini egallaydi. Yorug’lik qo’rish organiga ta’sir qilibgina qolmay umuman butun organizmga ham ta’sir ko’rsatadi. YOrug’lik ko’rush organi orqali ta’sir ko’rsatar ekan bosh miya katta yarim sharini po’stlog’iga etib boradigan qo’zg’alishni keltirib chiqaradi. YOrug’lik ta’siri ostida organizmning fiziologik va psixik reaksiyalari qayta tuziladi. Organizmning umumiy tanasi o’zgarib u faol xolatga o’tadi. YOrug’lik to’g’risidagi ma’lumot ko’zga ko’rinadigan yorug’likgina emas balki, ko’zga ko’rinmaydigan ul’trabinafsha va infraqizil nurlar ham o’z ichiga oladi. Bu nurlarning hammasi ham tabiatda bir xil bo’lib fazoda 300000 km|sekund atrofida tezlik bilan tarqalish xususiyatiga ega. Fizikadan ma’lumki, cho’g’lanib turgan qattiq jismdan sochilayotgan va ko’zga bir jinsdek bo’lib ko’rinadigan oq rangli yorug’lik nurlarini uch qirrali shisha prizma orqali o’tkazilsa, prizma orqasiga qo’yilgan ekranda xilma-xil tusga ega bo’lgan bir qancha qismdan iborat rangdor yo’l spektor paydo bo’ladi.
Nur energiyasi sepektorining optik soxasi to’lqining uzunligi 10mmk dan 380 mmk ga boradigan ultrabinafsha nurlarni, ko’zga ko’rnadigan nurlarni 380-760 mkm va infra qizil nurlarni 760-3400mkm o’z ichiga oladi.
1- rasm. Nur energiyasi sepektorining optik soxasi

1-rasmda ko’rinib turganidek to’lqinning uzunligi 550 mmk dan 558 mmk gacha bo’lgan nurlarni( spektr yashil sarik qism nurlari) odamning ko’zi hamma narsadan ko’ra yakinrok sezadi. Ultrabinafsha nurlar kuchli biologik ta’sir ko’rsatadi Ularning biologik aktivligi darajasmi to’lqin uzunligiga teskari proporsionaldir. Infraqizil nurlar asosan issiqlik ta’siri bilan xarakterlanadi. Ammo ular ximiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi. Fazodagi muayyan maydon orqali vaqt birligida o’tuvchi yorug’lik energiyasida teng mikdor mazkur maydon orqali o’tayotgan yorug’lik oqimi deb ataladi.



Yüklə 350,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə