Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix19.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu

Homila bosqichi(9- 38 hafta) 
Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich
bо‘lib, tо‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. Bu
vaqtda homilaning tana о‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari
faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 
226,8 grammgacha etadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan
2268 grammgacha о‘lchamlari kattalashib borishini kо‘rish mumkin. 


1. Tuxumdon va urug‘don differensiatsiyasi 
2. Qon tomir tizimining faoliyati 
3. Homila harakatining onaga sezilishi. 
4. Homila boshida soch qoplanishining hosil bо‘lishi . 
5. Sо‘rish va yutish faoliyati. 
6. Bosh miyaning maxsus faoliyati. 
7. Homilaning hayotchan davri.
8. Og‘irligini tezda kо‘paytirib olishi.
9. Tug‘ruq. 
Bu davrda organizm uchun muhim bо‘lgan nerv, nafas olish va ovkat
hazm qilish kabi organlarning shakllanishi tugallanadi.
Bu davrning eng muhim hodisalari quyidagilardan iborat.
• 
Urug‘lanishdan 5-6 oydan sо‘ng homilaning qoshlari, kipriklari va
sochlari paydo bо‘ladi. Embrional davrning oxiriga borib, erkak embrionda
urug‘don, qiz embrionda tuxumdonlar rivojlanadi. Uchinchi oyda urug‘donda
tashqi jinsiy belgilar rivojlanishiga ta’sir kо‘ratuvchi garmonlar sintez qilishni
boshlaydi: qiz embrionda bu garmon sintezlanmaydi va о‘xshash
hujayralardan jinsiy organlar hosil bо‘ladi.
• 4 -haftada hujayralar qavati naysimon bо‘lib о‘raladi. Nayning bir uchi
kengayib, undan bosh miya hosil bо‘ladi, qolgan kismidan orqa miya
shakllanadi. Homila bosqichi boshlanishiga kelib, bosh miya tarkibida turli
tuzilmalar bо‘lib, organizm funksiyalarini boshqaradi. Bu bosqichda miyaning
barcha sohalarini о‘sishi amalga oshadi, xususan, odam xulk- atvorining
kо‘plab muhim turlarini boshqaruvchi bosh miya pо‘stlog‘ining
xususiyatlari ham rivojlanadi. Bu о‘zgarishlar homilaning 22 va 28 haftalar
о‘rtasida rivojlanayotgan organlarning kо‘pchilik tizimi ishonchli ravishda 
faoliyat yurita boshlaydi, Shuning uchun homila hayotining bu davri 
homilaning hayotchan davri deb ataladi. Bu vaqtda homila bola kо‘rinishini
oladi. Vaqtidan avval tug‘ilgan bolalarning nafas olish organlarida
muammolar tug‘ilishi mumkin. Shuningdek, ular tana haroratini doimiy


tarzda boshqarib turolmaydilar. Chunki, ularda teri osti qavatidagi yog‘
qavati mavjud bо‘lmaydi .Bu qavat homilaning 8 - oyida hosil bо‘ladi.
Hozirgi zamon neonatal yordamning imkoniyatlari yordamida erta tug‘ilib
qolgan bolalar yashab qolishi mumkin. Homila bosqichida xulk -atvor paydo 
bо‘ladi, homilada faollik davri kо‘rinadi. Kо‘pchilik onalar homila
harakatchanligi va tinch vaqtlarini aytib berishlari mumkin. Homilaning
kо‘z va quloqlari ta’sirlarga javob beradi, yuragi tezroq urishni boshlaydi, 
kо‘zlari yorug‘likka pirpirash bilan javob beradi.
Bunday ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, ona qornidagi oxirga
oylar homilani mustaqil hayotga, ya’ni, ona organizmidan tashqi hayotga
tayyorlab beradi, bu о‘zgarishlar homilador ayol о‘zining bо‘lajak
farzandiga sog‘lom atrof-muhitni ta’minlagandagina amalga oshishi mumkin. 
Sog‘lom bola tug‘ilishi uchun bо‘lajak onalarga vrachlar asosiy 5ta
tavsiyani ta’kidlab о‘tadilar: 
1. Homilador ayol davolovchi vrach kо‘rigidan muntazam о‘tib turishi, har
oyda, homiladorlikning oxirida har haftada vrach qabuliga borib turishi shart. 
2. Homilador ayol tо‘g‘ri ovqatlanish tartibiga roiya qilishi shart. Asosiy
ozuqa 5ta asosiy mahsulotlar guruhidan: yormalar, meva va savzavotlar, sut 
mahsulotlari, gо‘sht yoki dukkakli о‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar
bо‘lishi kerak. Barcha vitaminlar, minerallar va temir moddalardan iborat 
taomlarni tanovul qilishlari kerak. 
3. Alkogol va kofein tutuvchi ichimliklarni iste’mol qilish, chekish
tavsiya etilmaydi. Biror bir dori-darmon yoki tibbiy muolajani qabul qilishda
avval vrach bilan maslahatlashishlari kerak. 
4. Homiladorlik davrida badan tarbiya bilan shug‘ullanish zarur. Agar
homilador ayol yaxshi jismoniy holatda bо‘lsa, tana qо‘shimcha og‘irlikni
kо‘tarishda qiyinchilikka uchramaydi. 
5.Homilador ayol о‘zining toliqib qolishiga yо‘l qо‘ymasligi, ayniqsa, 
homiladorlikning oxirgi haftalarida, maxsus mashg‘ulotlarga qatnashishi zarur. 
U erda ayollarni tug‘ruqqa va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishni
о‘rgatadilar. 
Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik im-qoniyatlarining 
shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bola ham yangi tug‘ilgan 
chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar bola esa о‘z taraqqiyoti bilan bir yashar 
boladan birmuncha ustun turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri
xulq-atvori ma’lum darajada tarkib topadi. Shu sababli bolaning ma’lum davrdagi 
rivojlanishi xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojlanishning oldingi bosqichlarda 
qanday bо‘lganligini bilish kerak. Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini 
takomillashtirish va tezlashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola 
kuchiga yarasha va Yosh imkoniyatiga mos keladigan bо‘lishini ta’minlash uchun 
ham kerakdir. 
Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologo-fiziologik tekshirish natijalariga 
asoslanib maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti quyidagi Yosh 
bosqichlariga ajratiladi.(Bunda bola tug‘ilgandan tortib, to maktabda о‘qiy 
boshlaguncha bо‘lgan davr hisobga olinadi.) 


1.Tug‘ilgandan bir Yoshgacha: chaqaloqlik davri (hayotining birinchi oyi);
hayotining birinchi yili - gо‘daklik davri. 
2. Bir Yoshdan uch Yoshgacha: ilk bolalik davri. 
3.Uch Yoshdan etti Yoshgacha: maktabgacha bо‘lgan davr. 
Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu kо‘rsatilgan davrlari umuman qabul 
qilingan bо‘lsa ham, bu davrlarni absolyut davr deb hisoblash mumkin emas. Yosh 
davrlariga ajratishda qat’iy chegara yо‘q. U hech kim yil fasllarining almashinuv oyi 
va soatini kо‘rsata olmaganidek, odam hayotining davrlari о‘rtasidagi chegarani 
ham aniq ajratish mumkin emas. Shuning uchun yuqoridagi davrlarga ajratishni 
absolyut deb bо‘lmaydi. 
Bola tug‘ildi. Ona organizmi bilan anatomik bog‘lanish uzilgan bо‘lsa-da, bola 
mustaqil hayot kechira olmaydi, chunki bola ona bilan fiziologik jihatdan 
bog‘langandir, ona uni о‘z suti bilan boqadi. U yangi, о‘zgacha muhitda yashay 
boshlaydi. Bola hayotining birinchi kunlari tug‘ilganidagi og‘irligini yuqotadi. 
Bunga tashqi dunyo sharoitiga moslashish davrida energiyaning kо‘plab sarflanishi 
sababdir. Bola organizmining, ma’lum vaqt о‘tib, tug‘ilgan davridagi og‘irligiga 
teng kelishi uning tashqi muhitga, yangi sharoitga moslashganligidan darak beradi. 
Odatda chaqaloqning og‘irligi 10—12 kun о‘tgach, asli holiga keladi. 
Yangi tug‘ilgan bola anatomik-fiziologik tomondan hali etilmagan bо‘lib, 
katta kishi organizmidan о‘ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Yangi tug‘ilgan bola 
suyak-muskul tizimining tez о‘sishi bilan kattalardan keskin farq qiladi. Ularning 
muskul va muskul tо‘qimalari juda bо‘sh bо‘ladi. Muskullar asta-sekin qota 
boshlaydi. Oldin bо‘yin muskullari (bola boshini tuta boshlaydi), keyin tana 
muskullari (bola о‘tira oladi), undan keyin esa oyoq va qо‘l muskullari etiladi
predmetlar bilan harakat qilish imkoniyati paydo bо‘ladi, bola yura boshlaydi. 
Yangi tug‘ilgan bolaning suyagida ohak va boshqa tuzlar kam bо‘lib, u asosan 
tog‘ay tо‘qimalaridan iboratdir. Bosh suyaklar bola 2-3 oylik bо‘lgandagina bir-biri 
bilan tutashib ketadi. Bosh suyagining peshona va tepa qismlari tepasida katta liqil-
doq deb ataladigan oraliq bо‘lib, u qalin parda va teri bilan qoplangan bо‘ladi. Bu 
oraliq bir-bir yarim yildan keyingina suyak bilan qoplanib ketadi. 
Yangi tug‘ilgan bola nerv tizimining yuksak qismi — bosh miya yarim sharlari 
tashqi kо‘rinishdangina kattalar miyasiga о‘xshaydi. Aslida chaqaloqning boshi 
katta kо‘rinsa-da (miya og‘irligi butun tananing sakqizdan birini, kattalarda esa 
qirqdan birini tashkil etadi), hali taraqqiy etmagan bо‘ladi. Tanasining umumiy 
og‘irligi 3-4 kilogramm bо‘lgani holda, miyaning og‘irligi 300 grammdan oshadi. 
Chaqaloq miyasidagi nerv hujayralari, «ariqchalar» va «izlar»ning soni katta kishilar 
miyasidan farq qilmaydi, ammo bola miyasi tuzilish jihatidan bir shaklda bо‘lib, 
«izlar» aniq kо‘rinmaydi, nerv hujayralari tarmoqlarining miqdori kam bо‘ladi. 
Nerv tolalarining bir-biridan etarli darajada ajralmaganligidan tashqi olamdan 
kelayotgan о‘zgarishlar boshqa nerv markazlariga ham ta’sir etadi, bosh miya yarim 
sharlarida hech qanday aniq va barqaror о‘zgarish joylari paydo bо‘lmaydi. Uning 
uchun chaqaloq tashqi qо‘zg‘ovchilar ta’siriga qо‘l, oyoq va boshini tartibsiz harakat 
qilib javob beradi. Miyaning eng «qadimiy» bо‘limlari nafas olish, qon aylanishi, 
emish, yutinish kabi jarayonlarni ta’minlaydi. Bu nerv tolalari bolaning yashashi 
uchun etarli miqdorda (nerv tolasi) miyelen qobig‘i bilan qoplangan. 


Chaqaloq bola bizga eng ojiz zotdek tuyuladi. Shunga qapamay, xuddi shu 
Yoshning ham kuchli tomoni bо‘lib, bu jihati bilan gо‘daklar kattalardan ustun 
turadi,—deb ta’kidlaydi professor 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə