Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix19.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu

E. A. Arkin
. Uning fikricha, bolaning kuchi 
uning о‘sish energiyasida namoyon bо‘ladi. Bola tanasining og‘irligi hayotining 
birinchi yilida uch barobar kо‘payadi, bо‘yga nisbatan etti oylik bola juda tez о‘sadi 
va sakqiz oylik bо‘lganda, bо‘yi ikki barobar ortadi, о‘ttiz oyga etganda tо‘rt marta 
ortadi. Bolalar har oyda 2 santimetr о‘sadi. Uning miya og‘irligi har kuni 1,5 
grammdan kо‘payadi. Miyaning rivojlanishi sur’ati haqida gapirganda shuni 
e’tiborga olish kerakki, etti oylik bolaning miyasi 2 marta kо‘paysa, 2-3 Yoshga 
kelib, uning og‘irligi uch marta ortadi. Miyaning kattaligi deyarli 20 yil mobaynida 
ortib 
boradi, 
katta 
yarim 
sharlarning 
ustki 
«izlari» murakkablashib 
boradi.Bolalarning о‘sishidagi bu qadar ulkan jadallik vegetativ nerv tizimiga, bir 
qator ichki sekretsiya bezlari (bо‘qoq bezi va boshqalar)ga bog‘liq. 
Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan maxsus garmonlar qonga о‘tib, 
organizmning о‘sishi va rivojlanishiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Gо‘daklarning bu 
qadar tez о‘sishi ushbu davrning о‘ziga xos tomonini ifodalaydi. Shuning uchun bu 
davrda bolaning о‘sishiga va rivojlanishiga ta’sir etadigan barcha narsalar yaxshi 
bо‘lishi, sifatli ovqat, sof havo, quYosh nuri etarli miqdorda bо‘lishi kerak. 
Bolaning nerv faoliyati ikki xil ta’sirda о‘z ifodasini topadi. Bularning 
birinchisiga sharsiz yoki tug‘ma reflekslar, ikkinchisiga esa shartli reflekslar kiradi. 
Sharsiz reflekslar bolaning tug‘ilish paytiga kelganda, ancha etilgan bо‘ladi, buning 
natijasida qon aylanish, nafas olish va ovqat hazm qilish singari eng zarur vegetativ 
funksiyalar amalga oshiriladi. Masalan, qorni ochgan chaqaloqning labiga bir narsa 
tegishi bilanoq, unda emishni bildiruvchi harakatlar paydo bо‘ladi, bu ovqatlanish 
refleksi, ya’ni sharsiz refleksdir. 
Yuqorida qayd qilinganidek, tug‘ilish davrida bosh miya katta yarim sharlari 
og‘irligi, hajmi va funksiyasi jihatidan rivojlangan darajada bо‘lmasa ham,bosh 
miya mavjud sharsiz reflekslar zaminida yangi tug‘ilgan bola bilan tashki muhit 
о‘rtasida eng zarur aloqalar о‘rnatish imkoniyatini beradigan elementar shartli 
reflekslar hosil qilishga qodirdir. 
Bola hayotining birinchi kunlaridan boshlab individual hayot kechirish 
jarayonida tashqi muhit bilan aloqa vujudga keladi. Bola hayotining ikkinchi oyida 
unda barcha sezgi organlariga xos shartli reflekslar hosil bо‘ladi. Lekin 
tadqiqotchilarning kо‘rsatishicha, bola hayotining bu davridagi reflekslar zaif 
ifodalangan va beqaror bо‘ladi. 
Bolaning о‘sishi va rivojlanishi jarayonida egallayotgan reaksiyalari barqaror 
bо‘la boradi, tez paydo bо‘la boradi va anchagina differensiyalashadi. 
Modomiki, bolada shartli reflekslar hayotining birinchi oylarida paydo bо‘lar ekan, 
bola tarbiyasini ham hayotining birinchi oylaridan boshlab tо‘g‘ri tashkil etish 
lozim. Bu esa bolaning rivojlanishi va xulq-atvorida salbiy xususiyatlar kelib 
chiqmasligining oldini oladi, bola taraqqiyotining normal bо‘lishini ta’minlaydi. 
Markaziy nerv tizimining ruhiy bо‘limlari rolining ortib borishini asosiy nerv 
jarayonlari — qо‘zg‘alish va tormozlanishning ifodalanishida aniqroq kо‘rish 
mumkin bо‘ladi. Odatda tormozlanish ikki turda: ichki va tashqi turga ajratiladi. 
Ichki tormozlanishning eng yorqin ifodasi uyqudir. Tormozlanishning tashqi ifodasi 


bolani tarbiyalash tufayligina hosil bо‘ladi. Buning uchun asosiy ozuqa (masalan, 
sut) bilan birga, bolaga yana boshqa qо‘shimcha (doimo sut ichiriladigan 
shishachani almashtirib qо‘yish) ham ta’sir etadi. Chaqaloq tug‘ilgandan boshlab
uning atrofidagilari har tomonlama qо‘llab- quvvatlaydilar. Ular bola organizmini
jismoniy parvarish bilan ta’minlaydilar, о‘rgatadilar, tarbiyalaydilar, insoniy
psixologik va axloqiy jihatlarni о‘zlashtirishga, jamiyatda yashash sharoitlariga
moslashuviga yordam beradilar. Bolani ota-onalar va kattalar tomonidan qо‘llab 
quvatlash, tug‘ilishidan boshlab, toki bola katta bо‘lib, mustaqil hayot tarzini
kechira olguncha davom etadi. 
Chaqaloq tug‘ilgandayoq amalda qо‘llashga tayyor bо‘lgan sensor va harakat 
malaka instinktlariga ega bо‘ladi, bu uning olamga moslashib olib о‘z 
rivojlanishida tezgina о‘sib ketishga yordam beradi. Chaqaloqda tug‘ilganidan
boshlab, masalan, kо‘pgina murakkkab harakatlar, asosan organizmni etilish 
jarayonida genetik berilgan dastur asosida, Shuningdek, reflektor, ya’ni bu 
harakatlar dasturi kaliti sifatida kodlangan о‘ziga xos ichki va tashqi rag‘batlar
ta’sirida hayotining birinchi soatlaridan keyin maxsus tayyorgarliksiz, darhol 
yuzaga keladi. Gо‘daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, 
ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yо‘naltirilgan xatti-
harakatlarning tug‘ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona 
davr hisoblanadi. Insonga xos bо‘lgan xatti-harakatlarni va yangi tajribalarni 
egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi gо‘dak Yoshidagi 
bolalarning asosiy xususiyatlaridandir. Organik ehtiyojlarning etarli darajada 
qondirib borilishi, tо‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va tо‘g‘ri tarbiya 
natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bо‘ladigan taassurotlarga ega 
bо‘lishiga, harakatga, muloqotga, nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi 
yuzaga kelishiga sabab bо‘ladi. Bola tug‘ilishining birinchi haftasidanoq, uning 
kо‘rish va eshitish sezgilari jadal sur’atda rivojlanadi.
Tug‘ruqxonalarda bolalar hayotlarini birinchi kunidayoq kunduzgi yorug‘lik 
tushib turgan deraza tarafiga yuzi bilan instinktiv buriladi. 
О‘tkazilgan tadqiqotlardan aniqlandiki, tug‘ilganiga bir yarim sutka bо‘lgan bola 
miyasida kо‘ruv organiga rangli qо‘zg‘atuvchilar ta’siriga javob potensiallarini
kо‘rish mumkin. Bu vaqtga kelib miyada shartli reflekslar shakllanishi yuzaga 
keladi. 
Hid bilish eng muhim sezgi organi sifatida u tug‘ilgandan keyin darhol ishlay
boshlaydi. Shunday о‘ziga xoslikka oddiy kо‘rish, harakat va eshitish ham ega. 
Bola hayotining boshlang‘ich ikki oyida og‘zini chetiga qandaydir predmet bilan 
teginganda, bunga javoban reflektor о‘girilish qobiliyatini namoyon etadi,
barmoqlari ustiga tegilsa, ularni qattiq siqib oladi, qо‘llari, oyoqlari, boshi bilan
umumiy koordinatlashmagan harakatlarni amalga oshiradi. Unda yana
harakatlanayotgan obyektlarni kо‘zi bilan kuzatish, ular tomoniga boshini о‘girish
qobiliyati ham mavjud.
Chaqaloq narsalarning mazasini ajrata oladi. U boshqa narsalar mazasiga 
qaraganda shirin suyuqlikni xush kо‘radi va hatto shirinlik darajasini aniqlay 
oladi. Chaqaloq hidlarni sezadi, ularga boshini burish, yurak urishi va nafas olishi
chastotasini о‘zgarishi bilan javob beradi. Yana bola organizmiga о‘zini saqlash 


va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini 
alohida aytib о‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, tana 
harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan
bog‘liq. Shubhasiz, sо‘rish, himoyaviy, mо‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch 
harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularni barchasi bola 
hayotining ikkinchi oyida aniq kо‘rinadi. 
О‘tkir yorug‘likdan bola «bevosita» ta’sirlanadi, ya’ni о‘tkir yorug‘likka 
qaray olmay, undan kо‘zini yumadi. Predmetlarni kо‘z bilan idrok qila olmaydi, 
chunki ularda kо‘rish mexanizmi hali о‘sib etmagan bо‘ladi, bu mexanizmlar 
kattaroq Yoshda paydo bо‘ladi. Etti - tо‘qqiz kunlik bola ba’zan sekin 
harakatlanayotgan predmetga qarab qoladi, lekin uzoq vaqt qarolmaydi. Kо‘zini bir 
nuqtaga qaratish psixik taraqqiyotda muhim rol о‘ynaydi. Bola ikki-uch oylik 
bо‘lganda, yaqinidagi predmetlarni ikki kо‘zi bilan kuzata oladi, unda asosiy rang 
va shakllarni farq qila olish qobiliyati paydo bо‘ladi. Olti oyligida u ranglarga 
nisbatan о‘z munosabatini ham bildira boshlaydi, yoqqan rangiga intilsa, 
yoqmaganini itaradi, undan yuzini о‘giradi. Yangi tug‘ilgan bolaning eshitishi 
zaifroq bо‘ladi, shunga kо‘ra u hali о‘zi eshitib, odatlanib qolmagan juda kuchli 
qо‘zg‘ovchilarga javob beradi, lekin ovozning qaysi tomondan kelayotganligini 
ajrata olmaydi. Bola ikkinchi oyining oxirlariga borgandagina eshitayotgan 
tovushiga e’tibor bera boshlaydi, tovushning qayerdan kelayotganini qidirib, u yoq 
bu yoqqa qaraydi. Tovush manbaini topishni о‘rgangan uch oylik bola gapirayotgan 
kishini о‘z kо‘zlari bilan tez topib oladi, о‘sha tomonga qarab, gapiruvchiga о‘z 
munosabatini ifodalaydi. Ana shu vaqtdan boshlab, uning tevarak-atrofiga bо‘lgan
munosabati ancha kengaya boradi.
 
Bolaning tobora diqqat bilan eshita va kо‘ra borishi uning umumiy 
taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Lekin kо‘rish, eshitish va boshqa 
analizatorlar faqat bolaning tevarak-atrof bilan о‘zaro munosabatida bо‘lishi 
natijasida takomillashadi. Bolaning о‘z kо‘zi bilan kо‘ra olishi ma’lum hayot 
tajribasi natijasidir. Bolaning eshitish orqali idrok etishi ham oldindan tovushlarni 
ajratishga va ularni sintez qilishga о‘rganib boradi. Bolaning eshitib bilib olishi 
shartli bog‘lanishlarning sifatiga bog‘liqdir. Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish 
qobiliyati bо‘lmaydi. Unda turli qо‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat
rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha kisqa bо‘lsa, uning о‘zi uchun 
tanish va yangi bо‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli 
bо‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, 
psixik jarayonlarning о‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada 
mustahkam saqlanishiga yordam beradi. 
Bola organizmiga о‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi
jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib о‘tish joizdir. Ular ovqat 
hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, tana harorati, moddalar almashinuvi 
jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, sо‘rish, himoyaviy, 
mо‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma 
hisoblanadi, bularni barchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq kо‘rinadi. 
Tug‘ilganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ishlashga tayyorligi 
ma’lum bо‘lmay, balki bosh miyasi ham faol ishlay boshlaydi. Onalar 


chaqaloqning faqatgina psixika va xulqning tug‘ma shakllarinigina bilmasdan, 
balki organizmni tabiiy rivojlanish jarayonini ham bilishi kerak. Hayotining

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə