Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar


Kattalar bilan emotsional munosabat shu



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix19.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu

Kattalar bilan emotsional munosabat shu 
Yoshdagi bolalarning asosiy etakchi faoliyati bо‘lib, bola psixik 
taraqqiyotining asosi bо‘lib hisoblanadi.
Kattalarning doimiy ravishda bola 
bilan birga bо‘lishlariga unga о‘z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning 
о‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. 
Tarbiyaning tо‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bо‘ladigan muomala-
munosabatini predmetlar, о‘yinchoqlar bilan munosabatining almashinishiga olib 
keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning 
kelgusi psixik rivoji uchun asos bо‘ladi. Kattalarning bolaga nisbatan emotsional 
munosabati, ularning gaplariga bolaning о‘z diqqatini qaratishi, javob 
qaytarishga harakat qilishi, ba’zi sо‘zlarni yodida saqlab qolib, emotsiya 
bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga 
zamin bо‘ladi. Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 


oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga kela 
boshlaydi. 
Gо‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, о‘z onasining yuzini va ovozini 
о‘zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi 
va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi. 
3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga о‘z harakatlari bilan kо‘rish, eshitish 
yoki gapirishni xohlayotganligini kо‘rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola 
о‘zgacha muhit va begonalar qо‘liga tushsa, о‘z xavotirini yig‘isi orqali 
namoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi. 
2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining 
shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini 
rivojlanishiga olib keladi. Bir Yoshga etgan bolada atrof muhitni bilishga qiziqishi 
va rivojlanayotgan bilish faolligi kо‘zga tashlanadi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə