Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar


Ilk Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni о‘rganish



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix19.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu

Ilk Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni о‘rganish, 
predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi.
Gо‘daklik davridagi 
bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga 
nisbatan kо‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, gо‘dak bola qо‘liga ushlagan 
narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 Yoshdagi bola shu predmet qismlarini 
diqqat bilan о‘rganganidan sо‘nggina, о‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. 
Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qо‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, 
u о‘z savoliga javob olish maqsadida kо‘pincha kattalarga 

Bu nima?»
 
degan 
savol bilan murojaat qiladilar. 1-3 Yoshdagi bola shakllanishda psixik 
rivojlanishning о‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar 
(R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to yetuklik davrigacha bо‘lgan psixik rivojlanish 
asosining taxminan о‘rtalari, 3 Yoshga tо‘g‘ri keladi, degan mulohazani 
bildiradilar. Bu Yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni о‘rganish olamiga qadam 
qо‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bо‘la oladi va 
sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan bо‘ladigan muloqoti 
tufayli bola atrof hayot haqida kо‘proq ma’lumot oladi. Nutq - bu Yoshlarda 
nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va о‘zini-о‘zi, Shuningdek, 
bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bо‘lib ham xizmat qiladi. 

Ilk Yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti 
Ilk bolalik davridan boshlab bola uni о‘rab turgan predmetlarning 
xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog‘liqliklarni anglashga harakat qiladi. 
Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi 
kо‘rinishlarini tashkil etadi. 1 Yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda 
kо‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir kо‘zga tashlanib 


turadigan belgisiga о‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga kо‘ra 
taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning 
predmetli harakatlarini bajarishdan kо‘z bilan chamalab, harakat qilishiga 
о‘tishda namoyon bо‘ladi, endi u predmetning bо‘laklarini ushlab kо‘rmasdan, 
balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 Yoshli bola kattalarning kо‘rsatgan 
namunasi, rangi, shakli va kattaligiga kо‘ra, aynan shunday predmetlarni 
chamalab, idrok etgan holda tо‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, sо‘ngra 
kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola 
bir xil xususiyatga ega bо‘lgan juda kо‘p predmetlar mavjudligini tushuna 
boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlash davrida predmetlarning 
rangini e’tiborga olmaydi va о‘ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. 
Tadqiqotlarning kо‘rsatishicha 2,5-3 Yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, 
uchburchak, tо‘g‘riburchak, kо‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, 
yashil, kо‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning 
maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon 
bо‘lishi sababli, bu Yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq 
bilishlari va о‘z nugqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning 
bu Yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qolishlarini talab etishlari 
notо‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4-5 Yoshlar hisoblanadi. 
Bola 3 Yoshigacha о‘zlashtirgan sо‘zlar asosan predmet va 
harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini 
anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi kо‘rinishi о‘zgarsa ham 
uning nomi о‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini 
ishlatilishini vazifalariga bog‘lagan holda tez о‘zlashtiradi. Idrok о‘ssa, xotira 
takomillashadi. Xotira bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. 
Ilk Yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola 
juda berilib ertak eshitayotgan bо‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati
ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Diqqatning kо‘p chalg‘ishi bu Yoshdagi bolalar 
diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda 
tashqaridan bо‘ladigan yangi о‘zgaruvchilarga muhtoj bо‘lib turadi. Ammo 
obyektga bо‘lgan qiziqish qancha aniq va ravshan bо‘lsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati 
shuncha barqaror bо‘ladi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning 
boyib borishiga bog‘liqdir. Bu Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga 
kela boshlagan bо‘ladi. 
Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning ta’sirida 
tug‘iladi va ma’lum maqsadga bо‘ysunadi. Bola qо‘g‘irchoqni kо‘rib bо‘lgandan 
keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni kо‘rib 
qolsa, diqqatini qо‘lidagi qо‘g‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan 
«о‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba ortib borishi bilan xayol ham boyib 
boradi. Kichkina bolalarda xayol ancha rivojlangan bо‘ladi. Lekin bola xayoldagi 
obraz bilan borliqdagi idrok qilayotgan narsa va predmetlarni aralashtirib yuboradi. 
Shu sababli bola xayoliga ta’sir etuvchi vositalar ichida ertaklar muhim о‘rin 
egallaydi. 
Ilk bolalik Yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilinadigan harakatlarga 
bog‘liqligi bilan farqlanadi. Bu Yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur xususiyatlari


о‘z hayotining birinchi yilida sodda assotsiatsiya, ya’ni har xil tasavvurlarni bir-biri 
bilan bog‘lash qobiliyatiga ega bо‘ladi. Masalan, u sutli shishani kо‘rishi bilan 
xursand bо‘ladi. Vaqt о‘tishi bilan bolaning assotsiatsiyasi murakkablashib 
boraveradi. Bola bir Yoshga tо‘lay deganda, onasining kо‘chaga kiyadigan kiyimini 
olib kelayotganini kо‘rib, xursand bо‘ladi. Vrachning tekshirishidan yomon 
ta’sirlangan bolalar xalatli odamlardan qо‘rqa boshlaydilar.
Bola о‘z hayotining ikkinchi yilida fazo munosabatlarini aniqlay boshlaydi, 
xonaning ichidagi predmetlar orasida о‘zini tо‘g‘ri tutish malakasini egallab boradi.
Bolaning Yoshi ulg‘ayishi bilan unda tevarak-atrofga bо‘lgan qiziqish ortadi. 
Kichkintoydagi sinchkovlik va har narsaga qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida 
juda muhim rol о‘ynaydi. Bola hamma narsani о‘zi kо‘rishni va eshitishni istaydi. 
Lekin bolaning hayoti va rivojlanishi uchun kо‘rish va eshitish sezgilari asosida 
vujudga keladigan taassurotlargina emas, balki hid va muskul-harakat sezgilari 
orqali oladigan taassurotlar ham juda
muhimdir. 
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur 
operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila 
olganidan sо‘ng, uni sinchiklab о‘rganishida kо‘rishimiz mumkin. Ularning 
tafakkurlari, asosan, kо‘rgazmali-harakatli bо‘lib, u atrof olamdagi turli 
bog‘liqliklarni о‘rganishga xizmat qiladi. О‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron-
bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini kо‘rgan bola, endi mustaqil 
ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish 
mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida 
umumlashtirish katta о‘rin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb 
etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qо‘l soatini yoki devordagi osma soatni ham 
tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bо‘lganligi bois, ularda umumiylikni topish 
bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash 2-3 Yoshli bolalar ma’lum bir 
predmetlarning о‘rniga ularning о‘rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa 
narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, о‘yin jarayonida bola chо‘pni qoshiq 
yoki termometr о‘rnida, yog‘ochdan yasalgan krovat yoki mashina о‘rnida 
foydalanishi mumkin. 
Bola ikki Yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, 
uchinchi Yoshida esa ba’zi tanish harakatlardan qonkret masalalarni hal qilishda 
mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu Yoshdagi bola vazadagi tugmachani 
qо‘li bilan solib, ololmasa, u vazachani tо‘ntarib olaveradi. Tafakkurning bu 
boshlang‘ich shaklini ba’zan «qо‘l tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkurning bu shaklii 
bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir. 
Uch Yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini kо‘rish mumkin. Bu hukm turlari 
doimo faqat о‘zi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli bо‘ladi.
Bola 2,5 Yoshga etganda savollar bera boshlaydi. Avval savollar kо‘proq 
predmetlarning nomi tо‘g‘risida bо‘lsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning 
qanday maqsadlarda qо‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi tо‘g‘risida (masalan, bu 
nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bо‘ladi. Hozirgi 
zamon, о‘tgan zamon va umuman vaqt tо‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi 
fazoviy tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo bо‘ladi. Bola predmetlar bilan 


kо‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bо‘lishi va ularning xususiyatlarini 
tekshirib kо‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim predmetlar va hodisalar haqida 
tasavvurlar tо‘plana boradi va keyinchalik shular zaminida umumiy tasavvur va 
tushunchalar hosil bо‘ladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2-3 Yoshli bola 
kо‘p narsani kо‘rishni, kо‘p narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu uning 
qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. U hamma joyga 
«tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda kо‘plab savollar
beradi.
Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni о‘stirish va 
tevarak-atrofdagi olamni turli tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi 
g‘oyat muhimdir. Bola о‘z savollariga tushunarli javob olganidan keyin, bu 
ma’lumotlarni о‘z о‘yinlarida aks ettiradi va shu yо‘l bilan ularni xotirasida 
mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak-atrofdagi olamni kattalarning tushuntirishi
bilan bir vaqtda kuzatsa, atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va
hodisalarni solishtiradi, ularning ayrimlari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanishlarni va 
buning sabablarini aniqlaydi. Mana Shuning о‘zi bolada ancha umumlashgan 
tafakkur paydo bо‘layotganidan darak beradi.
Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning о‘sishi bilan mustahkam 
bog‘langandir, nutqning о‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki 
sо‘z narsa, predmet va harakatlar bilan о‘zaro munosabatda bо‘ladi. О‘z navbatida, 
tafakkurning rivojlanish darajasi sо‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning 
о‘sishiga yordam beradi. 
Bu Yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini о‘zlashtirib 
olishlaridir. Bir Yoshdan uch Yoshgacha bо‘lgan davr nutqning jadallik bilan о‘sish 
davri hisoblanadi.
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki 
bosqich birinchi Yoshning oxiridan bir yarim Yoshgacha bо‘lgan davr bо‘lib, bolada 
bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati 
о‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir Yoshdan keyin, ya’ni yurishni 
о‘rganib, tobora kо‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez о‘sa 
boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi. 
Bola ikki Yoshga tо‘lganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu 
harakatlarga bolaning о‘zi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi 
aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi
chunki bola sо‘zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi.
3 Yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini tо‘la о‘zlashtirgan 
bolalar, о‘z о‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki 
ularni о‘z vazifalariga kо‘ra ishlatadilar. Bolaning nutqi u 1,5 Yoshga
etgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta 
sо‘zdan, to 100 tagacha sо‘zni о‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam 
qо‘llaydi. 1,5 Yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi 
bola predmetlarning nomlarini aytishlarini sо‘rabgina qolmay, balki bu sо‘zlarni 
о‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi 
jadallashadi. 2 Yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 Yoshlarning 
oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha sо‘zni о‘z nutqida ishlata oladi, 


Shuningdek, sо‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni tо‘g‘ri tuza oladilar. 1,5 
- 3 Yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan 
sо‘zlashayotganda kattalar sо‘zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq 
talafuzni talab etishlari lozim. 
Bir predmetni boshqasi о‘rnida qо‘llash mumkinligini anglash, bola 
uchun atrof-olamni bilish, о‘rganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va u 
dastlabki tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu Yoshdagi bolalar endi, asta-
sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni, 
Shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertaklarni 
eshitish jarayonida bola ertak kahramonlarini kimgadir о‘xshatishga harakat 
qiladi, ba’zida esa u о‘zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni tо‘qiy olishi ham 
mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy vazifa hisoblanib, u 
bilishning barcha kо‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda 
bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni о‘zlashtirishida 
dastlab harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada harakatli 
va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu Yoshda asosan ixtiyorsiz bо‘ladi. 
Bu davrdagi bolalarga kо‘p kitob о‘qib berish natijasida ular ertak, she’r va 
hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy 
rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat 
bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bо‘lgan nerv 
tizimining umumiy egiluvchanligi natijasidir. О‘zi va atrof hayoti haqidagi 
voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali tо‘liq ravishda 
xotirasida saqlab qola olmaydi. 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə