Orqa miya Delivery of Goods Reja Orqa miyaning tuzilishi, uning vazifalari Orqa miyaning reflektor vazifasi. Orqa miyaning o`tkazuvchi vazifasi: ko„tariluvchi va pastga tushuvchi 5 yo„llar. Orqa miya



Yüklə 0,5 Mb.
tarix21.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#130417

Orqa miya
Delivery of Goods
Reja
1 . Orqa miyaning tuzilishi, uning vazifalari
2. Orqa miyaning reflektor vazifasi.
3. Orqa miyaning o`tkazuvchi vazifasi: ko„tariluvchi va pastga tushuvchi 5 yo„llar.
Orqa miya. Orqa miya uzunligi katta odamda 40-45 cm, massasi 30-40 g bo‘lib, diametri 1 cm ga yaqin oqish ip shaklida bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi nayi ichida joylashgan kulrang va oq moddadan iborat. Uning markaziy qismi bo‘ylab orqa miya nayi o'tadi
Nay orqa miya suyuqligi bilan to'lgan. Orqa miyaning oldingi va orqa yuzasi bo'ylab o'tgan chuqur egatchalar uni chap va o‘ng qismlarga bo‘ladi. Orqa miyaning nayini o‘rab turgan markaziy qismi kulrang moddadan iborat. Ko‘ndalang kesmasida miyaning kulrang modda joylashgan qismi kapalak qanotiga o‘xshash. Kulrang modda atrofini oq modda o‘rab turadi. Kulrang modda bir juftdan oldingi va orqa ildizlarni hosil qiladi. Kulrang modda oraliq va harakatlantiruvchi neyronlar tanasi hamda kalta o‘simtalaridan, oq modda neyronlarning uzun o’simtalaridan iborat. Oq moddadagi nervlar orqa miya bo’ylab yuqoriga va pastga yo‘nalgan nerv yo'llarini hosil qiladi.
Orqa miyaning oldingi va orqa tomoni bo‘ylab oldingi va orqa egatchalari, uning markazidan orqa miya nayi o‘tadi. Egatchalar orqa miyani chap va o‘ng qismga bo‘lib turadi. Orqa miya nayi miya suyuqligi bilan to'lgan.
Orqa miyadan 31 juft orqa miya aralash nervlari chiqadi. Har qaysi nerv oldingi va orqa ildizchadan boshlanadi. Orqa ildizchalar sezuvchi nervlarning teri, muskullar va ichki organlardagi retseptorlaridan keladigan nervlardan iborat. Sezuvchi neyronlar tanasi to'planib, orqa miya yonida orqa miya tugunlarini hosil qiladi. Orqa miyaning oldingi ildizchalari harakatlantiruvchi neyronlarning aksonlaridan iborat. Nerv impulslari orqa ildizchalar orqali retseptorlardan oraliq neyronlarga, ulardan oldingi ildizchalar orqali ishchi organlarga uzatiladi.
Orqa va oldingi ildizchalarning sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlari orqa miyadan chiqqacli, umurtqa pog‘onasi ikki yonida qo‘shilib, aralash orqa miya nervlarini hosil qiladi. Nervlarning har biri muayyan organ yoki to’qima ishini boshqaradi.
REF­LEKTOR FUNKSIYA
O‘TKAZISH FUNKSIYA
Orqa miyaning funksiyalari
REF­LEKTOR FUNKSIYA
O‘TKAZISH FUNKSIYA
REFLEKTORLIK FUNKSIYASI
KULRANG MODDA BILAN BOG’LIQ.
O'TKAZISH FUNKSIYASI
UNING OQ MODDASI BILAN BOG'LIQ
Kulrang moddada skelet muskullarining qisqarishini, yurak, oshqozon, qovuq, qon tomirlari, jinsiy bezlar va boshqa ichki organlar ishini boshqaradigan nerv markazlari bo‘ladi. Nerv markazlari juda ko‘p oraliq neyronlardm iborat. Ular orqali reflektor yoyi o‘tadi, retseptorlardan keladigan nerv signallari qayta tahlil qilinib, nerv impulslariga aylantiriladi va ishchi organlarga uzatiladi.
Orqa miya bel qismida tizza refleksi, ko'krak bo'limining yuqorisida ko‘z qora- chig‘ini kengaytiruvchi, dumg‘aza qismida siydik ajratuvchi reflekslar markazlari joylashgan. Tizza refleksi tizza qopqog‘idan pastroqda joylashgan paylarga uril- ganida oyoqning keskin ko‘tarilishi tarzida namoyon bo'ladi.
Oq moddadagi nervlar orqa miyani bosh miya bilan bogMaydi. Orqa miyaga keladigan nerv impulslari o‘tkazuvchi yo‘li orqali retseptorlardan orqa miya yuqori qismiga va bosh miyaga o'tkaziladi. Bosh miyadan keladigan nerv impulslari pastga tushadigan o‘tkazish yo‘li orqali orqa miya quyi bo‘limlari va organlarga o‘tkaziladi.
Orqa miya reflekslarini bosh miya nazorat qilib turadi. Yurak, oshqozon, siydik pufagi, jinsiy bezlar va boshqa organlar ishini orqa miya bosh miya bilan birgalikda boshqaradi
Umurtqa pog'onasi shikastlanganida
orqa miya jarohatlanganida orqa miya bilan bosh miya o'rtasida bog'lamsh uziladi. Jarohatlangan odam bosh miyasi yaxshi ishlaydi, lekin nerv markazlari buzilishi oqibatida ko'pchilik orqa miya reflekslari yo'qoladi. Jarohat olgan odam boshini qimirlatadi va chayqaydi, ba’zan qo‘lini harakatlantiradi. Lekin uning tanasining jarohatlangan joyidan past qismlari falaj bo‘lib qoladi, oyoqlari harakatlanmaydi.
Orqa miya bir tarafdan talaygina reflekslar markazi bo’lsa ikkichidan pasdan tepaga va tepadan pasga o’tadigan bir talay yo’llarning yig’indisi hisoblanadi. Shunga ko’ra, uning faoliyatini shartli ravishda reflector faoliyaga va o’tkazuvchi yo’l faoliyatiga bo’ladilar.
Orqa miya bajaradigan faoliyatlar doirasi juda keng. Bu deyarli barcha harakat reflekslarini yuzaga chiqarishda ishtirok etadi. Siydik ajratish va jinsiy faoliyat, to’g’ri ichak faoliyati, haroratning barqarorligini saqlab turish va modda almashinuvuning boshqarish, ko’pchilik qon tomirlarning tonusini saqlash bilan bog’liq bo’lgan reflekslarni yuzaga chiqaradi.
Orqa miyaning reflektorlik faoliyati
E’tiboringiz
uchun
tashakkur
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə