11. Qurilishda mehnat xavfsizligi asoslari. Qurilish loyihalarida mehnat xavfsizligi tadbirlari. Reja



Yüklə 382,5 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü382,5 Kb.
#159437
  1   2   3   4   5
6 amaliy


11.Qurilishda mehnat xavfsizligi asoslari. Qurilish loyihalarida mehnat xavfsizligi tadbirlari.


Reja.
1.Qurilishda maxsus kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari.
2.Qurilish maydonida sanitar-maishiy xizmat ko’rsatish.


Tayanch iboralar.
Maxsus kiyim, shaxsiy himoya vositasi, saqlagich belbog’i, gazniqob, respirator, himoya bog’ichi, himoya ko’zoynagi, quloqchin, maishiy xonalar, sog’lomlashtirish punkti.


1.Qurilishda maxsus kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari.
Ishchilarni ish joylarini xavfsiz va sog’lom tashkil etish, ko’p jihatdan ularni maxsus kiyimlar, oyoq kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishiga bog’liq bo’ladi.
SHaxsiy himoya vositalari ishchining badanini, ko’zini, eshitish organlarini, nafas olish organlarini tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan va ishlab chiqarishning zararli omillaridan saqlaydi.
SHaxsiy himoya vositalarini qo’llanilishi - ishlab chiqarishdagi zararlar, kasbiy kasallanishlar va zaharlanishlarga hamda, jarohatlanishlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish uchun eng yaxshi choralardan hisoblanadi.
Himoyalash xususiyatlariga qarab, maxsus kiyimlarni bir nechta asosiy guruhlarga ajratish mumkin: umumiy maqsadlarga mo’ljallangan, qurilish montaj ishlarini va stanoklar hamda mexanizmlarda ishlar bajarilganda odamlarni iflosliklardan va jarohat olishlaridan himoyalash uchun; changdan himoyalovchi; namlikdan himoyalovchi; issiqdan himoyalovchi; kislotadan himoyalovchi; ishqordan himoyalovchi va momiqli maxsus kiyimlar.
Ishchilarni changdan himoyalash uchun paxtali gazmoldan tayyorlangan kombenizon qo’llaniladi, unga kallapo’sh tikilgan yoki olinadigan qilib mo’ljallangan bo’ladi; kislotalardan himoyalash uchun - junli va polivinilxlorli matoli kombenizon; ishqorlardan himoyalash uchun - zig’ir tolali, paxtali yoki rezina matoli; namlikdan himoyalash uchun - brezentli yoki xlorvinilli, hamda rezina qo’shilgan paxtali yoki maxsusus (polimerizatsiyalashgan) yog’ shimdirilgan paxtali kombenzonlar qo’llaniladi.
Maxsus oyoq kiyimi ham, maxsus kiyim kabi, himoya maqsadlariga xizmat qiladi; uning ko’rinishi va andazasi ish turlariga va ishlab chiqarish zararlariga bog’liq bo’ladi. Uning asosiy maqsadi - kishi oyog’ini olov uchqunlari, alangadan, kislota va ishqorlarning sachrashidan saqlaydi.
SHaxsiy himoya vositalari maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimi, ko’rish organini, nafas olishni, eshitishni, terini himoyalovchi moslamalar, hamda kishini balandlikdan tushib ketishidan himoyalovchi moslamalardan iborat bo’ladi.
Maxsus kiyimlar insonning tanasini, boshini, qo’lini va oyog’ini himoyalashga mo’ljallangan. Maxsus kiyimlar ishchining erkin harakatlarini siqib qo’ymasligi, kiyganda qulay va gigienik jihatdan toza bo’lishi kerak.
Ishchilarning boshini tashqi ta’sirlardan himoyalash uchun, ya’ni boshga kichik predmetlarni tushib ketishidan, yoz paytida ochiq havoda quyosh nurlarining ta’siridan himoyalashda – dubulg’a (kaska) lardan foydalaniladi (39-rasm).
Alohida ishlarni bajarish uchun saqlagich belbog’lar, ko’zoynaklar, qalqonchalar, fartuklar, respiratorlar (40-rasm), va h.k.lar himoya vositalari bo’lib xizmat qiladi.




Yüklə 382,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə