11. Qurilishda mehnat xavfsizligi asoslari. Qurilish loyihalarida mehnat xavfsizligi tadbirlari. Reja



Yüklə 382,5 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü382,5 Kb.
#159437
1   2   3   4   5
6 amaliy

37-rasm. Saqlagich belbog’i. a-montajchilar uchun; b- balandlikda ishlovchi ishchilar uchun.1-karabin; 2-zanjir; 3-belbog’li tasma; 4-xalqa; 5-nakladka; 6-yarimxalqa; 7-lyuversi;
8-tushovlash xalqasi.

38-rasm.Elektr payvandchining himoya qalqoni.
a-qo’laki; b-boshqariladigan.




39-rasm. Montajchilarninghimoya dublg’asi.


40-rasm.CHangdan himoyalovchi respiratorlar.
a-“Qizil yulduz”, b-RN-16, v-F-46; g-F-45; d-RPB-1; ye-RN-21; j- taxlanadigan qog’oz filьtr.

Saqlagich belbog’ini (37-rasm) montaj ishlarida, tom ustida va boshqa balandlikda bajariladigan ishlarda qo’llaydilar. Saqlagich belbog’i brezentli yoki paxtali matodan tayyorlangan, eni 75mm, qalinligi 4mm bo’lgan tasma bo’lib, inshootga, ishonchli turg’un konstruktsiyaga yoki tortilgan arqonga mahkakmlanadigan, uchida karabini bor bo’lgan metall zanjir ulangan. Saqlagich belbog’iga nishon qadalgan bo’lishi kerak. Unda mustahkamlikka sinalganligi haqida va sinov sanasi ko’rsatilgan belgisi bo’lishi kerak.


Ko’rish organlari - himoya ko’zoynagi va boshni himoyalash - boshga kiyiladigan dubilg’a (kaska) bilan muhofazalanadi. To’rli ko’zoynakni toshlarni maydalash ishlarida taqib ishlaydilar. CHangga qarshi ko’zoynakdan ishchi ko’zini chang, kislota, ishqor, zararli bug’lar va gazlarning sachrashidan himoyalaydi.
Tangachali qoplamalaridan iborat qora shishali ko’zoynak elektrpayvand va gazpayvandlarning ulьtrabinafsha nurlaridan himoyalashda ishlatiladi.
Himoya qalqonchalari yoki to’q qizil rangli oyna o’rnatilan shlemlardan metall konstruktsiyalarni va alohida karkaslarining sterjenlarini elektrpayvadlash ishlarida foydalanadilar (38-rasm).
Nafas organlarini zararli gazlar va changlardan himoyalash uchun filtrlovchi va izolyatsiyalovchi asboblardan, ya’ni gazniqoblar va respiratorlardan (40 -rasm) foydalaniladi. Ularning ishlash printsipi, nafas olish yo’llarini o’rab turgan muhitdan ajratib qo’yib, nafas olish uchun toza havoni ta’minlashdan iborat.
Gazniqoblar filtrlovchi asbobga kiradi, unda havo oldin turli zararli changlar va aralashmalardan tozalanadi; respirator nafas yo’llari va o’pkani tashqi atmosferadan chegaralaydi va changdan himoyalaydi.
Sanoat gazniqoblari rezina niqob yoki yarimniqobdan, gofrli quvur va filtrli qutidan tashkil topgan. Agar havodagi zaharli moddalarning miqdori 2% dan oshsa yoki kislorod miqdori 16% dan kam bo’lgan taqdirda, shlangli gazniqoblar va kislorodli izolyatsiyalovchi gazniqoblaridan foydalaniladi. SHlangli gazniqoblar uzunligi 10 yoki 20 m shlang, niqob va changdan himoyalovchi (filьtrlovchi) qutidan tashkil topadi. Ulardan odatda kanalizatsiya quduqlari ichida olib boriladigan ishlar uchun foydalanadilar.
Gazniqoblar faqat ayrim moddalar (ammiak, uglerod oksidi va b.) ni so’rishga mo’ljallanganligidan, ular turli xil rusumlanadi, xatoga yo’l qo’yilmasligi uchun gaz niqob qutisini har xil rangga bo’yaladi, masalan uglerod oksididan himoyalovchi gaz niqob qutisi oq rangga, benzin bug’idan himoyalovchi esa, malla rangga bo’yaladi.
SHu bilan birga bir qator “universal” gazniqoblar mavjudki, ular ko’plab gaz va bug’larni yutadi, masalan qizil rangli M rusumli gazniqob gaz va bug’lar bilan birga uglerod oksidini ham yutadi, yana boshqasi, ya’ni V va BKF rusumlilari esa - nordon gazlar, bug’lar, changlar, tutun va tumanni ham yutadi.
Zaharli bo’lmagan changlardan insonning nafas yo’llarini himoyalash uchun, changga qarshi respiratorlar va oddiy doka bog’ichlari qo’llaniladi.
Ish mintaqasining havo muhitida katta kontsentratsiyali zaharli moddalar yoki havodagi kislorod miqdori 16% dan kam bo’lganda izolyatsiyalovchi gaz niqoblari qo’llaniladi. KIP – 5 namunali izolyatsiyalovchi asbobining ish davri 1 soatni, RKR-2-2 namunalisi esa 2 soatni tashkil etadi. Lozim bo’lsa ishchini tashqi muhitdan to’lsincha ajratib qo’yiladi, masalan katta miqdordagi chang ajralib chiqayotgan yoki juda kuchli zaharli modalar bilan ishlayotganda LG–1 va LG–2 skafandrlaridan foydalaniladi, bular qattiq shlem va kombinezondan iborat bo’ladi.
Eshitish organlarini ortiqcha tovushdan himoyalash uchun (masalan, elektr-montaj pistoletidan foydalanib ish bajarilayotganda) quloq tiqinlari qo’llaniladi. Ular yordamida shovqinni 30-40 Db miqdoriga kamaytiriladi. Eng yaxshi tiqin, bu momiqli sterlizatsiyalangan sharchadir. SHuningdek tovushdan himoyalovchi quloqchinlardan ham foydalaniladi.
Badanimiz terisini qichishtiruvchi moddalar ta’siridan himoyalashda pastalar yoki yog’lar qo’llaniladi. Bunday himoya vositalrini qo’llashdan oldin, ishlab chiqarish sharoitida ishchi tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, undan keyin tegishlilari tanlanadi.



Yüklə 382,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə