11. Qurilishda mehnat xavfsizligi asoslari. Qurilish loyihalarida mehnat xavfsizligi tadbirlari. Reja


Xavfsizlik texnikasi masalalarini qurilishni tashkil etish va uni ishlab chiqarish loyihalarida yechilishi



Yüklə 382,5 Kb.
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü382,5 Kb.
#159437
1   2   3   4   5
6 amaliy

2.Xavfsizlik texnikasi masalalarini qurilishni tashkil etish va uni ishlab chiqarish loyihalarida yechilishi.
Ob’ekt qurilishining kalendarь rejasini ishlab chiqishda, xavfsizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan, ishlarni bajarilishinig ketma-ketligiga ahamiyat berish juda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Hozirgi paytda ob’ekt qurilishining oqim usulida barpo etish keng tus olgan. Maxsus oqimlarni bitta ob’ekt oqimiga bog’lash orqali, bino qurilishida xavfsizlikni ta’minlanishi, texnika xavfsizligiga rioya etishning muhim omillaridan bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning kalendarь rejasi xavfsizlik texnikasining talablari bo’yicha tekshirilishi kerak, ulardan eng muhimlari quyidagilar: bitta tiklikda, har xil sathda va bir vaqtning o’zida bajariladigan qurilish jarayonlari, ixtisoslashgan brigadalarning harakatlari yo’nalishlari, shuningdek subpodryad ishlarini bajaruvchi tashkilotlar ishlari; qurilajak inshoot elementlarining mustahkamligi va barcha konstruktsiyalarning fazoviy mustahkaligini ta’minlash maqsadida qurilish-montaj ishlarini bajarilish ketma-ketligiga amal qilish.
Qurilishning kalendarь rejasini ishlab chiqishda, birinchi navbatda qurilish maydonida sanitar-maishiy xonalari va ularni toza ichimlik suvi, elektr energiyasi, issiq suv bilan ta’minlanishi ko’zda tutiladi. Qoidaga ko’ra, bu ishlar qurilishning tayyorgarlik bosqichida, asosiy qurilish-montaj ishlari boshlanmasidanoq bajariladi.
Umummaydon chora tadbirlari masalalari qurilishning bosh rejasida ishlab chiqiladi va ularga quyidagilar kiradi: qurilish maydonida ishlovchi ishchilarning sanitar-gigenik va maishiy xizmatini tashkil etish; qurilish maydonini, yo’laklarni, o’tish yo’llarini va ish mintaqalarini yoritish; konstruktsiyalar montaji mintaqasini to’siq bilan chegaralash va qurilish mashinalari va mexanizmlarini xavfsiz o’rnatish joyini aniqlash; elektr tokidan jarohatlanishni oldini oluvchi (elektrdan himoyalanish, xavfli joylarni to’sib qo’yish va h.k.) xavfsiz mehnat sharoitini yaratish.
Sanitar-maishiy xonalarni SN 276-86 ko’rsatmalariga asoslanib loyihalanadi va qurilish maydonida sanitar va yong’inga qarshi kurash me’yorlari bo’yicha joylashtiriladi, ya’ni zararli chang va gaz ajralib chiquvchi ob’ektlardan 50 m masofada, shamol esishining hukmron yo’nalishini hisobga olib, suv bosmaydigan, balandroq va qurilish maydoniga kirish joyida joylashtiriladi.
Qurilishni bosh rejasida mehnat muhofazasi va yong’inga qarshi chora-tadbilar bo’yicha quyidagilar aks ettirilishi kerak:
-xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish bilan bog’liq bo’lgan ishlarning asosli tartibotini tuzish;
-qurilish maydonini to’siq (devor) bilan o’rash;
-xavfli zonalarni va zarur himoyalash qurilmalarini aniqlash va ko’rsatish;
-vaqtinchalik binolar, omborlar va qurilayotgan ob’ekt o’rtasida bir-biriga yong’in o’tmasligi uchun oraliq masofalarni belgilash;
-yong’in vaqtida ishlatiladigan birlamchi anjom va uskunalar o’rnatilgan joyni ko’rsatish;
-qurilish maydonini va ish joylarini yoritish;
-hojatxonalrni joylashtirish (bunda ularning xizmat qilish doirasi 100 m dan oshmasligi kerak);
-doimiy va vaqtinchalik bino (inshootlar) bilan qurilish materiallari g’arami (taxlami) o’rtasidagi masofa 30 m dan va yog’ochlar g’arami bilan esa 15 m dan kam bo’lmasligi kerak;
-qurilishning bosh rejasida chekish uchun joylarni va yong’inni o’chiish uchun anjomlar va qurilmalarni ko’rsatish.
Vaqtinchalik binolar o’rtasidagi, shunigdek ular bilan doimiy binolar o’rtasidagi yong’inga qarshi oraliqlar, ularning o’tga chidamligiga bog’liq ravishda 10 m dan 20 m gacha belgilanadi.
Vaqtinchalik muhandislik tarmoqlari quyidagilarga asoslanib loyihalanadi:
-vaqtinchalik suv (quvur) tarmoqlari qoidaga ko’ra xalqasimon (aylanma) bo’lishi kerak;
-suv tarmoqlaridagi boshi berk qismlari (tupiklari) uzunligi 200 m dan oshmasligi kerak;
-qurilish maydonida yong’inga qarshi gidrantlar soni 2 tadan kam bo’lmasligi va ular orasidagi masofa 100 m dan oshmasligi kerak;
-yong’in gidranti va qurilayotgan bino (inshoot) orasidagi masofa 50 m va yo’l chetidan esa 2,5 m dan kam bo’lmasligi kerak;
-vaqtinchalik transformator punktlarini elektr istemolchilari quvvatlarining markazida joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi va ularning xizmat radiusi 400...500 m bo’lishi kerak;
-vaqtinchalik kam kuchlanishli havodan o’tuvchi elektr tarmoqlarining tayanchlari orasidagi masofa 20...40 m, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari tayanchlari orasidagi masofa esa 40...60 m bo’lishi kerak;
-kranning harakat hududida va elektr tarmoqlarining yo’llar bilan kesishgan joyida yer osti kabellari o’tkazgichlaridan foydalanishga ruxsat beriladi;
-6 m kenglikdagi yo’llarni yoritishda yoritish qurilmalarining yerdan balandligi 6...7,5 m dan kam bo’lmasligi va ushbu yoritgichlar butun qurilishning bosh rejasi bo’ylab o’rnatiladi.
Loyihalashda xavfli mintaqalarga juda diqqat bilan e’tibor qilish kerak, chunki bu joylarda, ayniqsa har xil ishlar bitta tiklikda rivojlanayotgan bo’lsa, jarohatlanish uchun yashirin xavf mavjud bo’ladi. Xavfli mintaqalar transport tugunlarida, transportning izchil oqimlarida, kranlar ishlayotgan ish joylarida, portlatish ishlarida va boshqa ishlarda mavjud bo’ladi. Kran osti yo’llarini kotlovan va transheyalarga yaqin joylashtirishda yo’ldan o’yilmagacha bo’lgan masofaning yo’l qo’yarli chegaraviy masofasi aniqlanadi va bunda doimiy yer inshootiga qaraganda vaqtinchalik yer inshootlarining devorlari qiyaligi yotiqroq bo’lishini e’tiborga olish kerak.
Texnologik xaritalar qurilish ishlab chiqarish loyihasining asosiy hujjatlaridan bo’lib hisoblanadi. Unda mehnatni xavfsiz tashkil etishning va jarohat olishning ehtimoliy holatlariga tegishli barcha masalalar yechiladi.
Bunday masalalarga quyidagilar kiradi: loyiha bilan tanishuv va konstruktsiyalarning texnologiyaviyligini tekshirish; konstruktsiyalarning xavfsiz montaj qilish usullarini ishlab chiqish; elektr tokidan jarohatlanish xavfini oldini oluvchi himoya qurilmalarining mavjudlarini va yangilarini tanlab olish; zaharli moddalar bilan ishlayotganda mehnatni xavfsiz tashkil etuvchi tadbirlarni ishlab chiqish; qish mavsumida ishlarni xavfsiz bajarish uchun tadbirlar ishlab chiqish.
Konstruktsiyalarning texnologiyaviyligini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: konstruktsiya montajining qulayligi, xavfsizligi va kerakli mexanizatsiyani qo’llashni nazarda tutadi.
Mehnat muhofazasining va xavfsizlik texnikasining masalalari maxsus loyihaviy hujjatlarida ham yoritiladi - seriyali qurilish ob’ektlari ishlarini xavfsiz ishlab chiqarishining tiplashgan loyihalarida; ishlarni xavfsiz olib borish bo’yicha tiplashgan invetarlar, moslamalar va asboblarining albomlarida; QICHL tarkibiga kiruvchi murakkab va xavfli qurilish-montaj ishlari uchun alohida ishlab chiqiladigan loyihaviy hujjatlar (texnologik xaritalar va sxemalar); alohida ishlarni xavfsiz bajarishning badiiy plakatlari ko’rinishida.
Xavfsizlik texnikasi bo’yicha qabul qilinadigan loyihaviy yechimlrini asoslash va hisobiy ma’lumotlari loyihaning tushintirish xatida bayon etiladi, masalan: yer ishlarini ishlab chiqarishining trasheya va kotlovanlarni qayta ishlashda devorlarini mustahkamlashga doir hisoblar, qurilish maydonini va osma hamda ko’tarma havozalar qo’llanilganda alohida ish joylarini yoritish, to’sinlarni egilishga va buralishga hisoblash va hakoza.
Bajarilgan QICHL ni pudratchi tashkilotining bosh muhandisi tasdiqlaydi, unga barpo etilayotgan qurilish ob’ektini olib borilishi yuklatilgan bo’ladi; maxsus ishlarni subpudratchi tashkilotning bosh muhandislari tasdiqlaydilar. Loyihalar tasdiqlanganidan keyin qurilishga ikki oydan ko’p bo’lmagan muddatda, ob’ektdagi ishlar boshlanmasidan oldin loyihalar topshiriladi.
Qurilish mavjud aholi yashaydigan dahalarda amalga oshiriladigan bo’lsa, qurilishning bosh rejasi tumanning yong’in xavfsizligi nozirligi, tuman me’mori va tuman (shahar) santariya xizmatlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.


Nazorat savollari.
1.Ob’ekt qurilishi qanday asosiy hujjatlarisiz olib borilmaydi?
2.Qurilishni tashkil etish loyiha (QTL)si tarkibida qanday ishlanmalar bo’ladi?
3.Qurilish ishlab chiqarish loyiha (QICHL)si tarkibida qanday ishlanmalar bo’ladi?
4.Loyihalar kim tomonidan bajariladi va tasdiqlanadi?



Yüklə 382,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə