11. Qurilishda mehnat xavfsizligi asoslari. Qurilish loyihalarida mehnat xavfsizligi tadbirlari. Reja



Yüklə 382,5 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü382,5 Kb.
#159437
1   2   3   4   5
6 amaliy

Nazorat savollari.
1.Maxsus kiyimlar va shaxsiy himoya vositalarining qurilishdagi ahamiyati.
2.SHaxsiy himoya vositalariga nimalar kiradi?
3.Kishi tanasini himoyalovchi vositalarni ayting.
4.Kishi ko’zini, qulog’ini, nafas yo’llarini, boshini va oyog’ini himoyalovchi vositalarni ayting.
5.Saqlagich belbog’i qanday vazifani bajaradi?
6.Izolyatsiyalovchi gazniqobi qanday sharoitda qo’llaniladi?
7.SHlangli gazniqobining vazifasini ayting.


Qurilish-montaj ishlarida xavfsizlik texnikasi. xavfsizlik texnikasining chora tadbirlari. qurilish ishlab chiqarishini loyihalashda mehnat muhofazasining vazifalari.
Reja.
1.Umumiy tushunchalar.
2.Xavfsizlik texnikasi masalalarini qurilishni tashkil etish va uni ishlab chiqarish loyihalarida yechilishi.


Tayanch iboralar.
Tashkiliy chora tadbirlar, umummaydon chora tadbirlar, texnologik chora tadbirlar, ob’ekt qurilishining kalendarь rejasi, qurilishning bosh rejasi, texnologik xarita, tarmoqli grafik, texnologik sxema.


1.Umumiy tushunchalar.
Qurilish me’yorlari va qoidalariga binoan har bir qurilish ob’ekti Qurilishni tashkil etish loyihasi (QTL) va Qurilish ishlab chiqarish loyihasi (QICHL) ga ega bo’lishi kerak. Ko’rsatilgan hujjatlarsiz qurilish-montaj ishlarining olib borilishiga ruxsat etilmaydi.
Qurilishni tashkil etish bo’yicha loyiha hujjatlarining muhim qismi ishlab chiqarishni tanlash va uni xavfsizligini qaror toptirishdan iborat bo’lib, vaholanki bu orqali mehnat unumdorligiga erishish bilan chegaralanmasdan, loyihada ishlarni xavfsiz bajarilishiga yo’naltirilgan texnikaviy chora tadbirlar yechimlari ham o’z ifodasini topishi kerak.
Loyiha hujjatlaridagi yoritiladigan asosiy chora tadbirlar, uchta guruhga bo’linadi: tashkiliy, umummaydon va texnologik.
Tashkiliy chora tadbirlarini ob’ekt qurilishining kalendarь rejalari (tarmoqli grafigi) da qurilish jarayonlarini o’zaro bog’lash va muvofiqlashtirishda; umummaydon chora tadbirlarini – ob’ekt va kompleks qurilishining bosh rejasini ishlab chiqishda; texnologik chora tadbirlarini – texnologik xaritalar va ishlarni ishlab chiqarish sxemalarida ishlab chiqiladi.
Qurilishni tashkil etish (QTL) va qurilish ishlab chiqarish loyihalari (QICHL)dagi xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasining chora tadbirlari ishlanmalari me’yorlar, qoidalar va mehnat muhofazasining qonunlari asosida olib boriladi.
QTL ni ishlab chiqish bosqichida chora tadbirlari mehnat muhofazasining va sanitar-maishiy xizmatning asosiy masalalari bo’yicha loyihaviy yechimlari ko’rinishida bo’lsa; QICHL ni ishlab chiqish bosqichida – alohida ish turlari bo’yicha texnikaviy yechimlari ko’rinishida va mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasining maxsus loyihaviy hujjatlari ko’rinishida ishlab chiqiladi.
QICHL da yoritiladigan xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasining chora tadbirlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Xavfli ishlarni olib borishda, jumladan gaz, bug’ va chang ajralib chiqadigan ishlarni xavfsiz olib borish usullari;

  • Mashina va mexanizmlardan tanlash, foydalanish bo’yicha, shuningdek ishlarni xavfsiz bajarilishini ta’minlovchi mavjud moslamalarni tanlash va yangilarini ishlab chiqish;

  • Qurilish mashinalaridan xavfsiz foydalanishni hisobga olgan holda, qurilish maydoniga joylashtirish;

  • Elektr tokidan jarohatlanishni oldini oluvchi, qurilmalar va moslamalarni ishlab chiqish;

  • Yirik o’lchamli konstruktsiyalar, og’ir va beso’naqay - katta yuklarni ortish va tushirish, ularni omborda saqlash va ildirish usullari;

  • Xavfli mintaqalarini to’sish;

  • Qurilish maydonini va ayrim ish joylarini yoritish;

  • Sanitar–maishiy xonalar va shu jumladan, juda katta qurilish komplekslari uchun, yong’inga qarshi kurash bo’linmasi va qoravullik xizmati xonalari bilan ta’minlash;

  • Yo’llar va yo’laklarning eni o’lchami va aylanish radiuslarini ko’rsatgan holda ishlab chiqish;

  • Qurilish maydonida omborxonalar va maydonchalarni joylashtirish, yengil alangalanadigan va yong’inga xavfli materiallarni omborlarda saqlash masalalarini ishlab chiqish;

  • Metall havozalar, xavfli xonalar va ob’ektlarning yashindan himoyalash tadbirlarini ishlab chiqish.

SHunday qilib, loyihalarda xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasining ishlanmalari berilib, ularni bevosita qurilish maydonida joriy etish ancha qiyinchiliklar tug’diradi, shuning uchun ham aniq loyihaviy yechimlarining bo’lishini talab qiladi. Xavfsiz ishlash usullarini loyihalashda ayniqsa, yig’ma konstruktsiyalarning mustahkamligini va ustvorligini ta’minlashga qaratilgan tekshirish hisoblari, shuningdek mashinalar, mexanizmlar va metall havozalarni montaj qilishdagi ustvorlik hamda mustahkamligini ta’minlash masalalari juda muhim hisoblanadi.
Har qanday qurilish jarayonini loyihalashda haqiqiy vaziyatni tahlil qilish asosida, kutiladigan baxtsiz hodisalarni hisobga olgan holda va uning oldini olish bo’yicha texnikaviy yechimlarini ko’rsata bilish lozim. Masalan, qish mavsumida g’isht-tosh terimini muzlab qoladi, kunlar isib erib boshlashida ularni vaqtincha tirgaklar qo’yish bilan mustahkamlanadi yoki sovuq haroratlarda ular terimini yetarli mustahkamligiga erishishlari uchun sun’iy ravishda isitiladi.



Yüklə 382,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə