11. Qurilishda mehnat xavfsizligi asoslari. Qurilish loyihalarida mehnat xavfsizligi tadbirlari. Reja


Qurilish maydonida sanitar-maishiy xizmat ko’rsatish



Yüklə 382,5 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü382,5 Kb.
#159437
1   2   3   4   5
6 amaliy

2.Qurilish maydonida sanitar-maishiy xizmat ko’rsatish.
Qurilish maydonida shaxsiy himoya vositalarini qo’llashdan tashqari, ishchilarga sanitar-gigienik qurilmalar va maishiy xonalar qurish ham sog’lomlashtirish tadbirlariga kiradi.
Bunday maishiy xonalar quyidagilar kiradi: uy kiyimlari va maxsus kiyimlarni saqlash xonasi, atmosfera yog’inlaridan va sovuqdan panalash va isinish xonasi, kiyimlarni quritish, changdan tozalash, maxsus kiyimlarni zararli moddalardan tozalash va ta’mirlash xonalari, dushxona va yuvinish xonalari, hojatxonalar (ish joyidan 100 m dan kam masofada joylashadi), xotin-qizlarning shaxsiy gigiena xonalari, oshxonalar yoki bufet (ovqatlanish) xonalari. Bularning barchalari vaqtinchalik bino (xona)lar jumlasiga kiradi.
Vaqtinchalik xonalarning har bir ishchiga to’g’ri keluvchi hajmi 13 m3 ni, maydon hisobida esa 4 m2 ni tashkil etishi lozim, bunda xonaning o’rtacha balandligi 3,2 m bo’lishi kerak.
Agar qish paytida ochiq havoda yoki isitilmaydigan xonalarda ishlar bajarilsa, ishchilarning isinishi va atmosfera yog’inlaridan panalashlari uchun xonalar ish joyidan 75 m dan oshmaydigan qilib joylashtiriladi. Xonalarning maydonini har bir ishchi hisobiga 0,1 m2 to’g’ri keladigan qilib, ammo bitta xonaning maydonini 8 m2 kam bo’lmaydigan qilib loyihalashtiriladi.
Qurilish ko’lami katta bo’lib, umumiy ishchilar soni 300 dan 800 gacha bo’lsa felьdsherlik sog’lomlashtirish punkti ko’zda tutiladi, ishchilar soni 800 – 2000 kishi bo’lsa - bitta vrachlik punkti loyihalashtiriladi. Ish joyidan sog’lomlashtirish punktigacha masofa 600 – 800 m bo’lishi kerak. Bundan tashqari, har bir qurilish ob’ekti o’z dori-darmon qutisiga ega bo’lishi, unda bog’lovchi materiallar va davolash vositalari mavjud bo’lib, ishchilar jarohatlanganlarida, suyaklari chiqqanida va kuyish sodir bo’lganida bekamu-ko’st birinchi tibbiy yordamni olishlari darkor.
Barcha maishiy xonalar (oshxonalar, ovqat qabul qilish xonalari, sog’lomlashtirish punktlari va h.k.) kerakli jihozlar, mebellar, yoritgichlar, kanalizatsiya, issiq suv, sovuq suv va h.k. lar bilan ta’minlanishi shart. Qish davrida isitish tizimi bilan ham ta’minlanmog’i lozim.
Har bir qurilish maydoni toza suv bilan ta’minlangan holda, buning uchun ish joyidan 75 m masofada favvorachalar joylashtiriladi.
Yuqorida keltirilib o’tilgan tadbirlarning barchasi Qurilish ishlab chiqarish loyihasida o’z yechimlarini topadi.



Yüklə 382,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə