[yun dialektike (techne) suhbat olib borish, bahslashish sanʼati] borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi



Yüklə 4,68 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü4,68 Kb.
#181091
Dialektika-fayllar.org


Dialektika

Dialektika [yun. dialektike (techne) — suhbat olib borish, bahslashish sanʼati] — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. "D" tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi maʼnosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida D. muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash, munozara orqali xaqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yoʻlida oʻzgartirishning dialektik us-lubini anglashga intilish qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo boʻlib, antik davrda oʻz takomiliga yetgan. Falsafa tarixida D. turlicha talqin qilingan. "D" soʻzi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qoʻllanilgan. U D.ni bir-biriga zid, qaramaqarshi fikrlar toʻqnashu-vi orqali haqiqatni topish sanʼati deb bilgan. Geraklit ijodida D. oʻzining antik davrdagi eng yorqin koʻrinishiga ega boʻldi. Geraklit fikricha, D.— muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qaramaqarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va b. yunon faylasuflari taʼlimotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi D.si vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq D.sidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxminan ekanligini eʼtirof etishgacha borib yetdilar. Oʻrta asrlardan 18-asrgacha D. oddiy (maktabda oʻqitiladigan) mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon D.ni narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni boʻlak-boʻlaklarga ajratish, soʻng bir-biri bilan oʻza-ro bogʻlash uslubi deb hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno D.ni qara-maqarshiliklarning mos kelishi haqidagi taʼlimot deb taʼkidlashgan. Kantnit fikricha, D. voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilishga intiladi. Gegel D.ni borliq, ruh va tarix taraqqiyotining ziddiyatlarini anglashning umumiy uslubi deb bildi. Falsafa tarixida D.ning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi: 1) qad. dunyodagi ilk, stixiyali, sodda D. (Geraklit, Platon va b.); 2) nemis mumtoz idealistik (xususan, Gegel) falsafasi; 3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik D. K. Marks, F. Engels va xususan, V.I. Lenin D.ni vokelikni bilish va uni inqilobiy oʻzgartirish qaqidagi taʼlimot hamda buning tegishli uslubi deb hisobladilar. Marksistik utopiya D. qonunlarida insoniyatning yalpi baxtsaodatga borish kafolatini koʻradi. 20-asr Gʻarb falsafasida D. neogegelchilik, ekzistensializm, diniy falsafaning turli oqimlarida rivojlandi.
Dialektika (yunoncha dialektike – suhbat, bahs-munozara qilish) – tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari to‘g‘risidagi ta’limot, falsafiy yondashuv va ilmiy bilish usullaridan biri. Qadimda dialektika suhbat, bahs-munozara vositasida haqiqatni ochish yo‘li va usuli sifatida talqin qilingan. Keyinchalik falsafiy tafakkur rivojlanib borishi bilan dialektikaning mazmuni ham boyib borgan.
Dialektika borliqdagi barcha narsalar, hodisalar, jarayonlar mazmun-mohiyatini, ularning o‘zaro aloqasi, sabab-oqibat bog‘lanishi, harakati, o‘zgarishi, ta’sirlashuvi va rivojlanishi bilan bog‘laydigan ta’limot sifatida e’tirof etiladi. Dialektika ta’limotiga ko‘ra, olamdagi barcha narsa va hodisalar, shuningdek, ular haqidagi tushuncha va bilimlar doimo o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Tabiiy hodisalarni, ijtimoiy hayot va tafakkur jarayonlarini dialektik nuqtai nazardan tahlil qilish ularning ob’yektiv aloqadorligini, zaruriy bog‘lanishlarini, o‘zgarish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, istiqbolni aniqlash, taraqqiyotga erishishning samarali yo‘llari va vositalarini ishga solish imkonini yaratadi.
http://fayllar.org
Yüklə 4,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə