1. Iqtisodiy tahlilning metodi va uning oziga xos xususiyatlari



Yüklə 5,71 Kb.
tarix14.09.2023
ölçüsü5,71 Kb.
#121924
1. Iqtisodiy tahlilning metodi va uning oziga xos xususiyatlari-fayllar.org


1. Iqtisodiy tahlilning metodi va uning oziga xos xususiyatlari

3-variant


1.Iqtisodiy tahlilning metodi va uning oziga xos xususiyatlari.
Keng ma’noda metod – real voqelikni o‘rganishdagi yondashuv uslubi, tabiat va jamiyatni tadqiq etish uslubi. Dialektika metodi umumiy tadqiqot metodi sanalib, birinchidan, barcha hodisalar o‘zaro aloqadorlikda va o‘zaro shartlangan tarzda o‘rganilishi, ikkinchidan barcha hodisalar harakatda, o‘zgarish va rivojlanishda o‘rganilishini anglatadi.
Dialektika har bir jarayon, har bir hodisani yaxlit va qaramaqarshiliklar kurashi sifatida ko‘rib chiqishni uqtiradi. Bundan ichki qarama-qarshiliklarni, har bir hodisa, har bir jarayonning salbiy va
ijobiy jihatlarini o‘rganish zarurati kelib chiqadi. Bu ham tahlilning o‘ziga xos qirralaridan biridir. Masalan, ilmiy texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi o‘sishi, rentabellik va boshqa ko‘rsatkichlar oshishida ijobiy natija beradi, lekin bunda uning atrof-muhitni ifloslantirish, ishsizlikning ortishi va boshqa salbiy jihatlarini ham hisobga
olishimiz lozim.
Tahlilda dialektik metoddan foydalanish korxonalar xo‘jalik faoliyatini o‘rganish barcha o‘zaro aloqalarni hisobga olgan holda olib borilishi lozimligini anglatadi. Agar boshqalaridan ajratilgan holda ko‘rib chiqilsa, hech bir hodisa to‘g‘ri tushunilishi mumkin emas. Ma’lumki, yangi texnika joriy qilinishi bilan ishlab chiqarish xarajatlari, demakki, mahsulot tannarxi ham ortadi. Lekin bunda mehnat unumdorligi o‘sadi. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat haqini tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirishga imkon beradi. Demak, u yoki bu iqtisodiy hodisani tushunish va to‘g‘ri baholash uchun uning boshqa hodisalar bilan barcha o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini o‘rganish zarur. Bu tahlil metodining metodologik qirralaridan biri sanaladi.Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri shuki, u nafaqat sabab-oqibat aloqalarini o‘rnatishga, balki ularga miqdoriy tavsif berishga imkon beradi, ya’ni faoliyat natijasiga omillar ta’sirini aniqlashni ta’minlaydi. Bu iqtisodiyot holatini aniq baholab, uning natijalari bo‘yicha xulosa hamda tavsiyalarni asoslashga imkon beradi.
Tahlilda sabab aloqalarini o‘rganish va o‘lchashni induksiya va deduksiya metodi bilan amalga oshirish mumkin.
Iqtisodiy tahlilda dialektik metoddan foydalanish har bir jarayon, har bir iqtisodiy hodisani tizim sifatida, o‘zaro bog‘liq ko‘plab elementlarning majmuyi sifatida ko‘rib chiqish lozimligini anglatadi. Bundan tahlil obyektlarini o‘rganishga tizimli yondashuv zarurati kelib chiqadi, bu ham uning xarakterli jihatlaridan biri sanaladi. Tizimli yondashuv o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni elementlarga maksimal detallashtirish (xususiy tahlil), ularni tizimlashtirish va sintezni nazarda tutadi.
Hodisalarni detallashtirish o‘rganilayotgan obyektda eng muhim va asosiy jihatlarni aniqlash uchun zarur darajada olib boriladi. U obyekt va tahlil maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, tahlil metodi korxonalar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida reja ko‘rsatkichlari tizimi, hisob, hisobot va boshqa axborot manbalarini maxsus usullar asosida qayta ishlash yo‘li bilan korxonalar faoliyati natijalariga omillar ta’sirini tizimli, kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishni o‘zida aks ettiradi.
2.Iqtisodiy tahlilni tashkil etish shakllari.

Korxonaning iqtisodiy tahlil qilish usullari


Axborotni qayta ishlashning mantiqiy usullari
Taqqoslash Nisbiy va o'rtacha ko'rsatkichlar
Moliyaviy hisoblash
Ma'lumotlarning grafik va jadval shaklida berilishi
Guruhlash Balansli
Evristik metod
Ularning orasida va boshqa fanlarda ham axborotlarni qayta ishlash va o'rganish uchun keng qo'llaniladigan (taqqoslash, grafik, balans, oʻrtacha va nisbiy miqdorlar, analitik guruhlash, instrumentar moliyaviy hisoblashlar, intuitsiya asosida iqtisodiy vazifani evristik yechish metod- lari, o'tmish tajribasi, mutaxassislarning ekspert bahosi, an'anaviy man- tiqiy) usullari ajratish mumkin. Hozirgi vaqtda, mutlaqo qandaydir fanga taalluqli uslub va usullarni asoslash juda qiyin, chunki tadqi- qotning turli sferalarida ilmiy instrumentariylarning o'zaro kirishib ketishi kuzatiladi.
Omillarning xo'jalik yuritish natijalariga va zaxiralar hisobiga ta'sirini o'rganish uchun tahlilda determinatsiyalashgan va stoxastik omilli tahlil usullari, iqtisodiy masalani maqbul yechish metodlari qoʻllaniladi.
U yoki bu usulning qo'llanilishi tahlilning maqsadi va murakkab- ligiga, tadqiqot obyekti, analitik hisoblashlarni bajarish texnik imko niyatlari va boshqalarga bog'liq.
Iqtisodiy tahlil instrumentariysini takomillashtirish juda katta aha- miyatga ega va analitik ishlarning asosiy muvaffaqiyati hamda samara- dorligi hisoblanadi. Inson o'rganilayotgan hodisalarning mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borsa, uning tadqiqoti shunchalik aniq metodlarni talab qiladi. Bu barcha fanlar uchun tegishlidir. So'nggi yillarda barcha fan sohalarida tadqiqot metodikasi yanada mukammallashdi. Tad- qiqotning matematik metodlaridan foydalanish iqtisodiy fanning muhim yutuqlaridan biri bo'lib, korxonaning faoliyati natijalarini belgilovchi omillarning yanada ko'lamdor kompleksini tadqiq qilishga imkon beradi, hisoblashlar aniqligini oshiradi. Uning sharofati bilan ko'p o'lchamli va maqbul vazifalarni hal qilish, ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos yaratuvchi imkon paydo bo'ldi.
http://fayllar.org
Yüklə 5,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə