1-mavzu: ekonometrik modellashtirish asoslari



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə1/2
tarix23.09.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#123306
  1   2
1-mavzu ekonometrik modellashtirish asoslari

1-MAVZU: EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH ASOSLARI


Reja:
1. Ekonometrika fanining maqsadi va vazifalari
2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi
3. Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o‘zgaruvchilar
4. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari


Tayanch so‘zlar: Ekonometrik model, Ekonometrik usul, dinamik qator, omillararo bog‘lanishlar, matematik statistika usullari, dispersion tahlil, korrelyatsiya tahlili, regressiya tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi


1. Ekonometrika fanining maqsadi va vazifalari
EKONOMETRIKA” o‘quv fanining strukturasi


Ekonometrik usullar oddiy an’anaviy usullarni inkor etmasdan, balki ularni yanada rivojlantirishga va ob’ektiv o‘zgaruvchan natija ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi. Ekonometrik usullarning va kompyuterlarning milliy iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modellashtiruvchi ob’ektga omillarning ta’sirini, natija ko‘rsatkichiga resurslarning o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Bu esa o‘nlab tarmoqlar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotning ilmiy asosda prognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi.


Ekonometrika=ekonomika+metrika. Ekonometrik modellash iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlarini, tendentsiyalarni aniqlash natijasida ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni rivojlanish va prognozlash yo‘llarini belgilaydi.
Iqtisodiy ma’lumotlar dinamik qator yoki dinamik ustun ko‘rinishida tuziladi, ya’ni ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradilar. Kuzatuvlar soni omillar sonidan 4-5 marta ko‘proq bo‘lishi kerak.
Ekonometrikani asosiy maqsadi – omillararo bog‘lanishlarni, o‘zgarish qonuniyatlarni va tendentsiyalarni o‘rganish hisoblanadi.


2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi


Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.
2) Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda etakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
3) Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.
4) Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
5) Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni engillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar.
Matematik statistika usullari - dispersion tahlil, korrelyatsiya tahlili, regressiya tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi.
Ekonometrik usullar - iqtisodiy o‘sish nazariyasi, ishlab chiqarish funktsiyasi nazariyasi, talab va taklif nazariyasi.
Ekonometrikani o‘rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir.
Asosiy qo‘llanadigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usuli.
Ekonometrik modellashtirish quyidagi ilmiy yo‘nalishlar kompleksidir:
- iqtisodiy nazariya;
- ehtimollar nazariyasi;
- matematik statistika;
- kompyuter texnologiyalari.

Yüklə 66,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə