Международный
научный
журнал
№
5
(100),
часть
1
«
Научный импульс
»
Январь
, 202
3
1365
KATALIZATORLAR VA ULARNING XOSSALARI
Yoʻldoshev Sohibjon Sodiq oʻgʻli
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti
kimyo fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada katalizatorlar haqida umumiy maʼlumot, ularning
ishlash mexanizmlari va turlari haqida maʼlumot berilgan. Katalizatorlarning dastlabki
yaratilish bosqichlari va hozirgi zamonaviy katalizatorlarning naʼmunalari haqida faktlar
keltirib oʻtilgan. Shuningdek, katalizatorlarning kimyoviy xossalarini oʻrganishga yordam
beruvchi labaratoriya mashgʻulotlarining bajarilish tartibi koʻrsa tilgan.
Kalit soʻzlar:
katalizator, kataliz, ingibitor, promotor, katalitik zahar, ferment.
Borliqdagi barcha kimyoviy jarayonlar amalga oshishi uchun maʼlum sharoitlar boʻlishi
talab etiladi. Bunda koʻpincha yuqori energiya sarflanishi, reaksiyaning koʻp
vaqt olishi va
mahsulot unumining kamligi kabi muammolar paydo boʻladi. Ana shunday muammolarni
hal qilishda biz katalizatorlardan foydalanamiz.
Katalizator haqidagi dastlabki maʼlumotlarni birinchi boʻlib, shved kimyogari Berselius
1836-yilda fanga kiritgan. Xalqaro amaliy va sof kimyo ittifoqi (IUPAC) 1981-yilda
katalizator tushunchasiga quyidagicha taʼrif bergan: "Katalizator
- bu reaksiya tezligini
oʻzgartiruvchi, ammo reaksiyaning umumiy Gibbs (erkin) energiyasini oʻzgartirmaydigan
modda." Katlizator soʻzi yunonchadan tarjima qilinganda "parchalovchi" degan maʼnoni
anglatadi.
Katalizator kimyoviy reaksiya tezligiga quyidagicha taʼsir koʻrsatadi. Maʼlumki
kimyoviy jarayonlar borishi uchun reaksiyaga kirishuvchi reagentlarning oddiy modda
holatidagi kimyoviy bogʻlari uzilishi kerak. Ayrim reaksiyalarda
odatdagi sharoitda bu
bogʻlar 2 ta reagentning bir-biriga tegib turishi bilan uzilishni boshlaydi. Biroq koʻpgina
reaksiyalarda moddalar bir-biri bilan maʼlum energiya berilmagunicha taʼsirlashmaydi.
Kimyoviy jarayon uchun energiya sarflash kimyo sanoati uchun harajatlarning oshishiga va
ishlab chiqarish jarayonlarining xavfli boʻlishiga sabab boʻladi. Katalizatorlar ana shu
muammoni
yechishga yordam beradi, yaʼni ikkita modda oddiy sharoitda bir-biri bilan
taʼsirlashmaydi, ammo ulardan biri oddiy sharoitda katalizator bilan taʼsirlashadi.
Katalizator bilan hosil qilingan birikma esa ikkinchi modda bilan taʼsirlashadi
va bunda
katalizator ajralib chiqib ketadi. Jarayonni quyidagi sxema boʻyicha ham tushuntiris h
mumkin.
A+B --> amalda taʼsirlashmaydi
A+Kat --> C* oraliq mahsulot hosil boʻladi
C*+B --> AB +Kat bizga kerakli mahsulot hosil boʻladi va
katalizator ajralib chiqib
ketadi.