Katalizatorlar va ularning xossalari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#158619
1   2   3
Yoʻldoshev Sohibjon Sodiq oʻgʻli


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Январь
, 202

1366 
Ajralib chiqqan katalizatorni yana boshqa reaksiyalarda ham foydalanish mumkin va 
bu katalizatorning eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Katalizatorning vazifasi bu 
reaksiyaga ortiqcha energiya bermasdan, kamroq energiya berish orqali mahsulot olish 
hisoblanadi. Katalizatorga qoʻyiladigan talablar quyidagilardan iborat:
1) reaksiyani faqat bir turini tezlatishi kerak 
2) reaksiyaning mahsulot unumini oshirishi kerak 
3) arzon va oson topiladigan modda boʻlishi kerak 
4) mahsulot sifatiga taʼsir koʻrsatmasligi kerak 
5) koʻp marotaba foydalanish uchun yaroqli boʻlishi kerak 
Agar katalizator ishtirokida reaksiya tezligi ortib borsa, u holda kataliz musbat
reaksiya tezligi kamayib borsa - manfiy hisoblanadi. Odatda musbat katalizni sodda kataliz 
deb ataladi. Katalizator toʻgʻri va teskari reaksiya tezliklarini bir xil darajada oʻz gartirganligi 
sababli kimyoviy muvozanatni buzmaydi. U faqat muvozanat qaror topishini tezlashtiradi. 
Masalan suvli eritmalarda natriy sulfitning oksidlanish tezligi katalizator mis -(II) sulfat 
qoʻshilganda sezilarli darajada ortadi. Katalizator konsentratsiyasining oshishi natijasida 
kimyoviy reaksiyaning tezligi ham jadallashadi. Katalizator reaksiyani tezlatishining asosiy 
sabablaridan yana biri bu reaksiyaning aktivlanish energiyasining kamayishidir. 
Reaksiyaning borishi uchun moddalarning ichki energiyasi shu reaksiyaning aktivlanish 
energiyasidan katta boʻlishi kerak. Agar moddaning ichki energiyasi kam boʻlsa, tashqi 
harorat yordamida bu qiymat oshiriladi. Katalizator esa aktivlanish energiyasining qiymatini 
kamaytirib, sarflanadigan haroratni tejab qolishga xizmat qiladi.
Katalizatorning yana bir xususiyati bu uning selektivlik xossasidir. Selektivlik tanlab 
taʼsir etuvchi degan maʼnoni anglatadi. Karrali nisbatlar qonunidan maʼlumki reaksiyaga 
kirishuvchi moddalar reaksiya oʻtkazilayotgan sharoitga qarab bir necha xil mahsulot hosil 
qilishi mumkin. Buning natijasida reaksiyada biz oʻylagan mahsulot oʻrniga boshqa 
mahsulot ham paydo boʻlishi, bu esa mahsulot unumining tushib ketishiga sabab boʻlishi 
mumkin. Selektiv katalizatorlar kimyoviy reaksiyalarni faqat bir yoʻnalishda borishini 
taʼminlaydi. Masalan etil spirti qizdirilsa 2 xil mahsulot hosil boʻlishi mumkin. 
CH3CH2OH = C2H4 + H2O etilen hosil boʻladi 
CH3CH2OH = CH3CHO + H2O sirka aldegidi hosil boʻladi 
Ushbu raeksiyalar bir vaqtda boradi va reaksiya mahsulotlari aralashib ketadi. Agar 
bizga 1-reaksiyada hosil boʻladigan mahsulot kerak boʻlsa reaksiyani alyuminiy oksid 
katalizatori ishtirokida olib borishimiz kerak. Agar bizga 2 -reaksiyadagi mahsulot kerak 
boʻlsa reaksiyani mis katalizatori ishtirokida olib borishimiz kerak. Ushbu tajribani 
labaratoriya sharoitida olib borish mumkin. 
Labaratoriya ishi: Etil spirtini alyuminiy oksid va mis ishtirokida parchalash. 
Kerakli asbob va jihozlar: etil spirti, Al2O3 , Cu, spirt lampasi, probirkalar, tiqin, shlang, 
KMnO4 eritmasi, kumush oksidining ammiakli eritmasi 
Ishning bajarilishi: Probirkaga 5 ml etil spirtini solib unga qizdirilgan alyuminiy oksid 
boʻlaklaridan solib, nay oʻrnatilgan tiqin bilan berkiting. Probirkani spirt lampasi yordamida 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə