Eshitish analizatorinineg anatomik va fiziologik tuzilishi,patologiyadagi ko‘rinishlari Reja



Yüklə 96,16 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü96,16 Kb.
#155313
  1   2   3   4   5
1-маруза матн


Eshitish analizatorinineg anatomik va fiziologik tuzilishi,patologiyadagi ko‘rinishlari


Reja:



  • Eshitish qobiliyatining turg‘un pasayishi

  • Zaif eshitish haqida tushuncha

  • Eshitish pasayishi sabablari

  • Zaif eshituvchilikning kelib chiqish sabablari



Tayanch tushuncha va iboralar: eshitish qobiliyati, zaif eshitish, eshitishning pasayishi, klinika, etiologiya.


Tibbiyot nogironlik bilan uzviy bog‘langan, lekin uning mavqeini birdaniga baholash va isbotlash qiyin. Muammoni tushuntirishning oddiy bir usuli: imkoniyati cheklangan insonlar albatta kasal bo‘lishi lozimmi degan, savolni qo‘yishdir. Savolni boshqacha qo‘yish esa nogironlik kasalliklarga olib boradimi yoki aksimi deganidir. Uchinchi yo‘l esa savolni nogironlik faqat tibbiy vositalar orqali yoki ularsiz ham xal etiladimi, tarzida qo‘yishdir.

Eshitish qobiliyatini turg‘un pasayishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Eshitish qobiliyatini turg‘un pasayishi ko‘pincha ortirilgan bo‘ladi. Tug‘ma shakli – bolani ota-onasi kar bo‘lsa, eshitadigan ona-otalarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Xomiladorlikning birinchi 3 oyining ichida yuqumli kasallik bilan og‘rish (qizamik, gripp, qizilcha); radiasiyalar bilan nurlanish, ayrim ximiyaviy moddalar, dorillar (streptomitsin, aspirin); antibiotiklar-aminaglyukozidlar, xinin preparatlari; alkogol iste’mol kilish; homiladorlikni birinchi oylarida jarohatlanish sabab bo‘ladi.


Orttirilgan eshitish qobiliyatni buzilishlarini sabablari turli-tumandir. Eshitish qobiliyatini buzilishini og‘ir turi – tovushni qabul qiluvchi apparat buzilganda kuzatiladi (ichki quloq, eshituv nervi); Yengil turi-quloqni tovush o‘tkazuvchi qismi buzilganda kuzatiladi ya’ni o‘rta quloq kasalliklarida (o‘tkir yiringli otit, surunkali yiringli otit).
Bolalarda uchraydigan eshitish qobiliyatini pasayishiga olib keladigan sabab burun va burun-halqum kasalliklari va shu kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan yevstaxiy nayni o‘tkazuvchanligini buzilishi. Ko‘pincha bunga sabab adenoid o‘smalar bo‘ladi. Adenoidlar tufayli eshituv naydan havo o‘rta quloqqa bormaydi va o‘rta quloqda havo bosimi pasayadi, natijada nog‘ora parda ichkari tomon tortiladi, eshituv suyakchalari harakati o‘zgaradi. Sabablardan, yuqumli kasalliklar ahamiyatga ega. Chunki bolalar bunga moyil bo‘lishadi. Eshitish qobiliyatini turg‘un pasayishga quyidagi yuqumli kasalliklar olib keladi: serebrospinal meningit, qizamik, skarlatina, gripp, parotit (tepki). Bu kasalliklardan ayrimlari (meningit, virusli gripp, tepki) eshitish analizatorini nerv apparatini (Kortiev a’zo yoki eshituv nervni); boshqalari (qizamiq, qizilcha) – asosan o‘rta quloqni zararlaydi, lekin yallig‘lanish o‘rta quloqdan ichki quloqqa o‘tib Kortiev a’zoni retseptor hujayralarini qisman yoki butunlay zararlashi mumkin . Ayniqsa, yosh bolalar uchun havfli bo‘lga grippli otit bo‘lib, yallig‘lanish ichki quloqni va eshituv nervni zararlab eshitish qobiliyatini turg‘un pasayishiga, karlikka olib keladi. Bolalarda uchraydigan virusli kasallik – epidemik parotit (tepki) – quloq oldi so‘lak bezini yallig‘lanishi ayniqsa, havfli to‘satdan eshitish qobiliyat, butunlay buziladi; zararlanish odatda bir tomonlama bo‘ladi. Epidemik parotitda ichki quloqdagi retseptorlar halok bo‘lib – karlikka olib keladi. Kasal onadan homilaga zaxmni yuqishi ham karlikka olib kelishi mumkin, chunki zaxmni infeksiyasi ichki quloqdagi nerv apparatini, eshituv nervni stvolini zararlaydi. Tug‘uruq vaqtidagi jarohatlar, bolani akusherlik qisqichlar bilan tortib olish, tug‘ruk yo‘llarini torligi bolani kallasini shaklini o‘zgartirib, ezib eshitishni turg‘un pasayishiga olib kelishi mumkin.
Eshitish qobiliyatini turg‘un pasayishni tasnifini tuzishda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
1 Eshitish faoliyatini buzilishini darajasiga;
2. Patologik jarayonni paydo bo‘lish vaqti va rivojlanish tezligiga;
3. Nutq rivojlanganligi yoki yo‘qligi;
4. Eshitish qobiliyati buzilgan bolaning yashash shart – sharoiti
5. Bola qanchalik yomon eshitsa, shuncha yomon gapiradi;
6. Eshitish qobiliyati erta yo‘qolsa, nutq ham og‘ir shunchali buziladi;
7. Nutqni o‘stiradigan, saqlab qolishga qaratilgan maxsus choralar qancha erta boshlansa–bolada nutqni saqlab qolishga sharoitdir yaratiladi. Eshitish qobiliyatini buzilshini asosan ikkita shakli ajratiladi –
1. Karlar.
2. Zaif eshituvchilar .

Yüklə 96,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə