Universiteti b iologiya fakulteti mustaqil ish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/8
tarix31.12.2021
ölçüsü0,75 Mb.
#82112
  1   2   3   4   5   6   7   8
urug va meva

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi

O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY

UNIVERSITETI

B IOLOGIYA FAKULTETI


MUSTAQIL ISH


BOTANIKA FANIDAN



Mavzu:___________________________________________________

___________________________________



Bajardi: ____________________

Qabul qildi: _________________

Toshkent – 2021

Urug’. Urug’ning tuzilishi. Meva xillari


Reja:

  1. Urug’ning tuzilishi. Ikki va bir urug’pallali o’simliklarning urug’lari

  2. Murtak. Urug’ning unishi

  3. Meva tuzilishi va tasnifi

  4. Meva va urug’larning tarqalishi

Gulli o’simliklar urug’i, odatda murtak, endosperm va urug’ po’stidan tashkil topadi. Murtak zigotaning mahsuli sifatida qaralib, u ikki hissa xromosomalarga ega bo’lgan hujayralardan iborat. Endosperm murtak qopchasidagi markaziy hujayraning qushilishi, ya’ni qush urug’lanish natijasida kelib chiqadi. Uning hujayralari uch hissa xromosomalar naboriga ega.

Murtak yangi o’simlikning embrionidir. U butunlay yoki asosiy meristemadan tashkil topgan bo’ladi. Endosperm va murtakni dastlabki usish vaqtida ozuqa bilan ta’minlaydi. Gulli o’simliklarning turli vakillarida urug’dagi murtak bilan endosperm bir-biriga nisbatan turli o’chlamdadir. Murtak urug’ning ko’pchilik qismini egallagan hollarda, uning o’zi yoki ko’pincha urug’pallalari oziq moddalar to’plovchi vazifani bajaradi yoki oziq moddalar to’plovchi vazifani bajaradi yoki oziq moddalar perispermda to’planishi mumkin.

Urug’ po’sti bir necha qavatdan iborat bo’lib, murtakni qurib qolishidan, erta unib ketishidan saqlasa, urug’larning unish vaqtida uning hujayralari shilimshiqlanib tuproqqa urug’ni birikib olishiga yordam beradi hamda urug’ni tarqalishida ishtirok etadi. Urug’ po’stida suvni shimib bo’kishi uchun mayda teshik bo’ladi, uni odatda urug’ yo’li deyiladi. Bundan tashqari, nok ham bo’lib, u urug’bandiga birikish joyi hisoblanadi.

Endosperm asosan g’amlovchi to’qimadan iborat. Unda kraxmal, oqsil va moy tomchilaridan tashqari zapas oziq sifatida boshqa moddalar ham to’planishi mumkin.

Murtak. Murtak embrion holdagi o’simlik, unda murtak holda o’simlikning barcha vegetativ organlari (ildiz va novdalar) bo’ladi. Ildizdan kurtakka o’tish zonasi murtak poyachasidir, bu qism poyaning birinchi bo’g’im oralig’idir. Uni gipokotil deb ataladi. Murtak holdagi kurtak o’sish konusi va murtak holdagi bargchalardan iborat. Turli o’simliklarda kurtakdagi barglar soni va ularning ajranishi bir xil emas. Murtakdagi dastlabki barglar o’ziga xos tuzilishga ega va ular urug’palla barglar deyiladi. Gulli o’simliklar va ikki pallali deb atalgan ikkita sinfga ajraladi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə