Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


4-MA’RUZA. VEGETATIV ORGANLAR. ILDIZ. NOVDA. KURTAK. 
NOVDADA BARGLARNING JOYLASHISHI 
Reja 
1. Ildiz va uning xususiyatlari. Ildiz sistemasi va uning klassifikatsiyasi
2. Ildizning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi 
3. Ildizning metamorfozlari. 
4. Mikoriza. Tugunak bakteriyalar 
5. Novda va uning tuzilishi. Кurtakning tuzilishi.
6. Novdaning shoxlanish tiplari. Novdaning shakl o‘zgarishi 
Tayanch so’zlar: 
kurtaklar, vegetativ, generativ va aralash kurtaklar, megamer 
(umumiy, bo’lak), dixotomik (ayrisimon), monopodial (oddiy shoxlanish), simpodial 
(birgalikda shoxlanish), ildizpoya, tugunak, piyozbosh, sukkulent (shira), 
fillokladodiy (barg shoxcha), tikanlar, jingalaklar, xivichsimon yashil novdalar
gajaklar. ildiz qini, bo’linish, o’sish, shimish va o’tkazuvchi zonalar, epiblema, 
dermatogen, ekzoderma, mezoderma, endoderma, markaziy silindr, mikoriza 
(zamburug’, ildiz ya'ni o’zaro hamkorlikning bir ko’rinishi), kurtaklar, vegetativ, 
generativ va aralash kurtaklar, megamer (umumiy, bo’lak), dixotomik (ayrisimon), 
monopodial (oddiy shoxlanish), simpodial (birgalikda shoxlanish), ildizpoya, 
tugunak, piyozbosh, sukkulent (shira), fillokladodiy (barg shoxcha), tikanlar, 
jingalaklar, xivichsimon yashil novdalar, gajaklar,
 
tunika (tashqi qavat), korpus 
(ichki qavat), epiderma, birlamchi po’stloq, stel (markaziy tsilindr),kambiy, 
boylamli, oraliq va boylamsiz tuzilishi, birlamchi va ikkilamchi po’stloq, yog’ochlik, 
o’zak, yadro, zabolon. 
Ildiz o‘sishi chegaralanmagan asosiy vegetativ organ hisoblanadi. Ildiz 
riniyalar, psilofitlar va moxsimonlardan tashqari barcha yuksak o‘simliklar uchun 
xosdir. Bu o‘simliklarda ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Ildiz yuksak 
o‘simliklarning ayrim vakillari: shumg‘iya va zarpechakda bo‘lmaydi.
O‘simlik hayotida ildiz quyidagi fiziologik va mexanik vazifani bajaradi.
1. Tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni qabul qiladi. Bu vazifani 
ildizning birlamchi tuzilishga ega bo‘lgan yosh qismlari, ildiz tukchalari va mikoriza 
hosil qilgan qismi amalga oshiradi.
2. O‘simlikni tuproqqa biriktirib turadi. Natijada o‘ziga xos mustahkamlik 
amalga oshadi. Masalan, 4 oylik makkajo‘xorini sug‘irib olish uchun 130 kg kuch 
kerak bo‘ladi.


3. Organik moddalarni to'playdi.
4. O‘simlikni tuproqdagi mikroorganizmlar bilan munosabati amalga oshadi.
5. Zahira oziq moddalarni to‘planishiga xizmat qiladi. Masalan: sabzi, lavlagi, 
turp, sholg‘omda va hakozo.
6. Vegetativ ko‘payishga xizmat qiladi.
Кelib chiqishiga ko‘ra ildizlar 3 guruhga bo‘linadi. 1. Asosiy ildiz. 2. Yon 
ildiz. 3.Qo‘shimcha ildizlar.
Asosiy ildiz urug‘ning murtak qismidagi murtak ildizchasining rivojlanishidan hosil 
bo‘ladi. Asosiy ildizdan hosil bo‘ladigan ildizlarni birinchi tartibli yon ildizlar, 
birinchi tartiblidan hosil bo‘lganlarni ikkinchi tartibli, uchinchi tartibli va hokazo. 
Qo‘shimcha ildizlar yer osti o‘zgargan novdalar, piyozboshlar, tuganaklar va 
ildizpoyalardan hosil bo‘ladi. Asosiy, qo‘shimcha va yon ildizlar o‘simlikning ildiz 
sistemasini hosil qiladi.
Tuzilishiga ko‘ra o‘q va popuk ildizlar hosil bo‘ladi. O‘q ildiz ikki pallali 
o‘simliklar uchun xos bo‘lib unda asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo‘ladi. 
Popuk ildizda asosiy ildiz yaxshi rivojlanmaydi, uning o‘rniga yon ildizlar 
taraqqiy etgan bo‘ladi. Bir pallali o’simliklarda asosiy ildiz uncha o’smaydi va 
nobud bo’ladi, ildiz tizimi esa poyaning ostki qismidan rivojlangan qo’shimcha 
ildizlardan tashkil topadi. Bunday ildizlar rivojlanish darajasi bo’yicha deyarli bir 
xil, ular popuksimon ildiz tizimini hosil qiladi. Bunday ildizlar bir pallali o‘simliklar 
uchun xosdir. 
Ildizlar odatda silindrsimon shaklda bo’lib, o’q organlar uchun xos bo’lgan 
radial simmetriyali tuzilishga ega. Bargsiz ba'zi bir o’simliklarda ildizlar qo’shimcha 
kurtak hosil qiladi va ulardan qo’shimcha novdalar shakllanadi. Ildizning uchi ildiz 
qini bilan himoyalangan, uning ostida o’sish nuqtasi joylashgan. Ildiz vegetativ 
organ sifatida ana shunday morfologik belgilar bilan tavsiflanadi. Ildiz qini ostida 
myeristematik xaraktyerdagi hujayralardan iborat bo’linish zonasi joylashgan. 
Deyarli barcha bo’linuvchi hujayralar ana shu zonaga joylashgan va taxminan 1 mm 
o’lchamga ega. Bo’linish zonasi ildizchaning sariq rangda bo’lishi, uning 
hujayralari sitoplazma bilan to’lib turishi va vakuolalarning bo’lmasligi bilan ajralib 


turadi.Ildizning uchki qismida bo’linish zonasidan keyin o’sish zonasi joylashadi. 
Bu zonada hujayralar ildiz o’qiga nisbatan parallel yo’nalishda bo’lib, kuchli 
ravishda yiriklashadi, ammo bu zonada hujayralarning bo’lishi deyarli kuzatilmaydi. 
Ildiz hajmining ortishi hujayralarning umumiy suv bilan to’yinishi va yirik 
vakuolalar hosil bo’lishi bilan bog’liq. O’sish zonasi uncha katta emas, birnecha mm 
dan oshmaydi. O’sish zonasining oxirlarida joylashgan hujayralar cho’zilish 
imkoniga ham ega emas va tuproq zarrachalari bilan uncha ilashmaydi. 
Rizodermadan ko’plab ildiz tuplari paydo bo’ladi. Ular tuproq zarrachalari bilan 
shunday ilashib ketganki, hatto ular bir-biri bilan qo’shilib ketganday seziladi. 
Ildizning ildiz tuklariga ega bo’lgan qismiga shimish zonasi deyiladi. Tajribalarning 
ko’rsatishicha, suv va mineral moddalarning shimilishi ana shu joyda kuzatiladi. 
Shimish zonasi bir necha o’n santimetrga borishi mumkin. Ildiz tuklari uzoq 
yashamaydi, tezda nobud bo’ladi. 
O’tkazuvchi zona bir necha metrga borishi mumkin. Bu zona orqali suv va mineral 
moddalar o’simlikning barcha organlariga ytib boradi. 

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə