Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Havo ildizlar
daraxt tanalarida yashovchi epifit o’simliklar uchun 
xarakterlidir. Havo ildizlar po’stloq parenximasidagi xloroplastlarda uchraydi. 
Po’stloqning tashqi qavatidagi hujayra devorlari spiral qalinlashgan o’lik hujayralar
qatlamidan tashkil topgan. Havo ildizlar ban’yan, epifit holdagi salabdoshlar, 
kuchaladoshlar va bromeliyadoshlar va boshqalar boshqalarda keng tarqalgan. 


Yuksak o’simliklar ildizlari yordamida bakteriya va zamburug’lar bilan 
hamkor holda yashashi mumkin. Ildizning keng tarqalgan hamkor yashash 
ko’rinishlariga mikoriza va tugunak bakteriyalarning birgalikdagi yashashi misol 
bo’la oladi.
Mikoriza
. Ko’pincha o’simlik ildizning ichki to’qimalarida yoki yuzasida 
zamburug’larning yashashida kuzatiladi. Ba'zi bir o’simliklar, ayniqsa daraxtlarda 
(eman, oddiy qarag’ay, tog’terak va boshqalar), mikorizaning bo’lishi zaruriyat 
hisoblanadi. Chunki ularda maxsus turdagi mikotrof oziqlanish kelib chiqqan. 
Mikorizasiz bu o’simliklar juda yomon o’sadi. Mikoriza faqat daraxt o’simliklarda 
bo’lmay, balki o’t o’simliklar, don - dukkakli va boshoqli o’simliklar uchun ham
xarakterlidir. Mikoriza tuzilishiga ko’ra ikki asosiy turga ajratiladi: tashqi (ektotrof) 
va ichki (endotrof) mikoriza. Ektotrof mikorizada o’simlik ildizning uchki qismini 
zich g’ilof ko’rinishda zamburug’ mitsiliysi o’rab oladi va undan zich to’rsimon 
zamburug’ iplari tarqalib ketadi. Bu turdagi mikoriza asosan daraxt o’simliklar 
ildizida tarqalgan (oqqayin, arg’ug’on, eman, tog’terak va boshqalar). Tashqi 
mikorizada o’simlikning ildiz tuklari yo’qolib ketadi. Uning o’rniga zamburug’ 
gifalari xizmat qiladi. Endotrof mikorizada zamburug’ ildiz yuzasida yashamay
balki uning ichki qsmiga kirib boradi. Zamburug’ kirib olgan ildiz hujayralari tirik 
holda bo’lib, zamburug’ gifalari hujayrada sekin - asta parchalanadi va u o’simlik 
hujayrasi tomonidan o’zlashtirib yuboriladi. Ichki mikoriza ko’pincha o’t 
o’simliklarda uchraydi. Ayniqsa, vereskdoshlar va salabdoshlar kabi oila vakillari 
uchun xarakterlidir. 
Mikorizadan tashqari yuksak o’simliklarning bakteriyalar bilan hamkorlikda 
hayot kechirishi ham ma'lum. Bu turdagi hamkorlik asosan dukkakli o’simliklar 
(loviya, beda, no’xat, sebarga, yantoq va boshqalar)da keng tarqalgan. Tugunak 
bakteriyalarning dukkakli o’simliklar bilan hamkor hayot kechirishida ularning 
ildizida maxsus o’simtalar - shishlar, ya'ni tugunaklar hosil bo’ladi. Bunday 
tugunaklarning hosil bo’lishi tugunak bakteriyalarning faoliyati bilan bog’liq.
Tugunak bakteriyalar tuproqdan ildiz tuklari orqali uning ichiga kirib oladi. 
Bakteriyaning ta'siri natijasida ildizning chekka qismlarida parenxima 


hujayralarining kuchli bo’linishi va hajmining ortishi kuzatiladi. Natijada ildiz 
hujayralari o’sib ketadi va unda o’simtalar, ya'ni tugunaklar hosil bo’ladi. Tugunak 
bakteriyalarning fiziologik roli shundan iboratki, ular atmosferadagi erkin azotni 
o’zlashtirish qobiliyatiga ega va shu bilan yuksak o’simliklarning azotga bo’lgan 
talabini qondiradi. Ushbu hamkorlik amalda muhim ahamiyatga ega. Dukkakli 
o’simliklar qo’shimcha azot manbiga ega bo’lganligi uchun ham oqsillarga boy. 
Ular qimmatli oziq va yem - xashak mahsulotlarni beradi. 
Novda ham ildiz kabi yuksak o’simliklarning asosiy organidir. Novda uchki 
meristemaning mahsuli bo’lib, ildizga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega. 
Vegetativ novdada quyidagi qismlarni ajratish mumkin: poya, barglar, bo’g’imlar, 
bo’g’im oraliqlari va kurtaklar. 
Kurtaklar - murtak holdagi novdalar hisoblanib, ular uzoq vaqt o’sish va 
shoxlanish, ya'ni novdalar sistemasini hosil qiladi. Novdagi barglar muhim vazifani, 
ya'ni fotosintezni bajaradi. Organlarni biriktirib turuvchi poya mexanik, o’tkazish va 
ba'zan g’amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir butunligi va uning qismlari 
o’rtasidagi o’zaro boqlanishlar uning shakl o’zgargan ko’rinishlarida ham yaxshi 
ifodalangan. Novdani ildizdan ajratib turuvchi muhim xususiyati barglar bilan 
qoplanishi hamda bo’g’imlarga ega bo’lishidir. Poyaning bo’g’imi ba'zi 
o’simliklarda yo’g’onlashgan yoki yaxshi ifodalangan bo’ladi. Odatda poyada ikki 
xil bo’g’imlar farq qilinadi. Agar barg yoki halqasimon barglar poyaning asosini 
to’liq o’rab olsa yopiq, qisman o’ragan bo’lsa, ochiq bo’g’im deb qaraladi. Odatda 
novdada bir necha bo’g’imlar va bo’g’im oraliqlari bo’lib, ular novdaning bo’ylab 
takrorlanadi. Natijada metamer tuzilish kelib chiqadi. 

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə