Farzand – oila ko’zgusi



Yüklə 4,86 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#134515
slayd,, Farzand oila ko\'zgusi\'\'

FARZAND – OILA KO’ZGUSI

1. Oila a’zolaringiz oldidagi burchlaringizni bilasizmi? 2. Nima uchun «Farzand – oila ko‘zgusi» deyiladi? 3. «Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir». Ushbu fikrni amalga oshirish uchun qanday omillar zarur, deb o‘ylaysiz? 4. Eng katta boylik nima?

«Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki jamiyatning eng katta boyligidir».

Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Ota farzandiga chiroyli tarbiyadan ko‘ra, yaxshi odob berishdan ko‘ra yaxshiroq narsa meros qoldirmagan», degan hadislari bor.

Albatta farzand ilmli va odobli bo’lsa ota-ona hurmatini va haq-huquqlarini yaxshi ado etadi. Oilada yaxshi tarbiya topgan farzand yaxshi va yomonni farqlay oladi. Qaysi oilada, qaysi mahallada yoshlar tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilar ekan, o’sha oila, o’sha mahalla, o’sha yurt gullab yashnaydi. Bu esa jamiyatning ravnaq topishiga olib keladi. Dindagi muhim vazifalardan biri albatta farzand tarbiyasi hisoblanadi.

O’z fikringizni bildiring!!!

INOQ OILA Uzoq Xitoyda yuzdan ortiq a’zosi bilan butun bir qishloqni egallagan oila yashab o‘tgan ekan. Oila a’zolari bir-birlari bilan nihoyatda ahil, inoq yashashar ekan. Bu oilaning dovrug‘I mamlakat hukmdorining qulog‘iga ham yetib boribdi. Hukmdor qishloqqa tashrif buyuribdi. Bu yerda hamma yoq ozoda, aholi boy va to‘q, qariyalar xotirjam, bolalar baxtli yashar ekanlar. Hukmdor o‘zi bilan birga yurgan oqsoqolga yuzlanib, bunday tinchlik va xotirjamlikning sababini so‘rabdi. Oqsoqol bir varaq qog‘ozga qandaydir so‘zlarni uzoq yozibdi, so‘ng uni hukmdorga uzatibdi. Qog‘ozda uchta so‘z yozilgan edi: «SABRLILIK, KECHIRIMLILIK, MUHABBAT». Qog‘ozning oxiriga: «Yuz marotaba SABRLILIK, yuz marotaba KECHIRIMLILIK, yuz marotaba MUHABBAT», deb qo‘shib qo‘yilgan edi. Hukmdor bu so‘zlarni o‘qib hayron bo‘libdi va: «Bo‘ldimi, yozganlaringning hammasi shumi?» – debdi. – Ha, bu so‘zlar har qanday baxtli oilaning asosidir, – debdi oqsoqol va yana: «Yurt tinchligining asosi ham shu», – deya qo‘shib qo‘yibdi.

Ijodiy faoliyat!!! 1. «Sabrlilik, kechirimlilik, muhabbat». Bu so‘zlarda qanday ma’no borligini aytib bering? 2. Bu so‘zlarning oila va yurt hayotidagi o‘rni haqida mulohaza yuriting.

Har bir kishi kasb-korni mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Abu Nasr Forobiy


Umringizni yaxshi odamlarni qidirishga emas, balki yaxshi odam bo’lishga sarflang!
Shunda yaxshi odamlarning o’zlari sizni topib keladilar.

Buyuk davlatni faqat sog‘lom avlod qura oladi

Uyga vazifa: 1. O‘z oilangizda o‘zingizni baxtli his etishingiz uchun nima qilishingiz zarur, deb hisoblaysiz? O‘ylab ko‘ring. 2. Kelajakda oilangizni qanday tasavvur qilasiz? (Reja tuzing yoki rasm chizing.)

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!


Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə