Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.
Monopodial shoxlanish.
Bu turdagi shoxlanishda uchki kurtak doimo faol 
holatda bo’lib, o’simlikning yer ustidagi qismi bo’yiga o’sishini davom ettiradi. 
Shuning uchun ham asosiy poya yon novdalarga nisbatan kuchli rivojlanadi. 
Monopodial shoxlanish natijasida asimmetrik bir tekis yo’nalgan tik o’suvchi asosiy 
tana shakllanadi. Monopodial shoxlanish ko’pchilik ochiq urug’li o’simliklar (oddiy 
qarag’ay, sarv, kedr, oqqarag’ay, qoraqarag’ay va boshqalar) uchun xosdir. 
3. Simpodial 
shoxlanish

Bu 
turdagi 
shoxlanish 
o’simliklar 
evolyutsiyasining ancha keyingi davrlarida kelib chiqqan. Uning asosida 
monopodial va dixotomik shoxlanishlar yotadi. Simpodial shoxlanish turi gulli 
o’simliklarda ham keng tarqalgan. Ularni daraxt va o’t o’simliklarda ham uchratish 
mumkin. Bunday shoxlanish turiga ega bo’lgan o’simliklar bo’yiga ko’p o’smaydi. 
Bunga sabab uchki kurtak funktsional holatini yo’qotishidir. Natijada yon novdalar 
kuchli o’sishi kuzatiladi. Shuning uchun ham simpodial shoxlanishida ko’p sondagi 
meva va urug’lar hosil bo’ladi. Simpodial shoxlanishning alohida ko’rinishi sifatida 


soxta dixotomik shoxlanish turi uchratilib, u uchki kurtakning qaloq bo’lishi yoki 
umuman rivojlanmasligi natijasida o’sish uchki kurtakning bevosita ostida 
joylashgan ikki yon kurtaklar hisobiga sodir bo’ladi. Soxta dixotomik shoxlanish 
turida ham ayrisimon shakl kelib chiqadi. Uni nastarin, chinnigul, soxta kashtan va 
omela kabilarda uchratish mumkin.
Novda metamorfozlari
. Ko’pchilik o’simliklarning novdalari shaklan 
o’zgarishi mumkin. Metamorfozlashgan Yer ostgi va Yer ustgi novdalar farq 
qilinadi. 
Yer ostki novda metamorfozlari.
Ildizpoya keng tarqalgan yer ostki novda 
metamorfozi hisoblanadi. U ko’p yillik o’to’simliklarda va daraxtsimon 
o’simliklardan bambukda uchraydi. Ildizpoya qisqa (gulsansar, shoyigul) va uzun 
(bug’doyiq , qamish) bo’lishi mumkin.
Tugunak
. Kartoshka va cho’chqa kartoshka kabi o’simliklarda 
yo’g’onlashgan yer ostki novda, rediskalarda esa gipokotilning yo’gonlashgan 
qismidir. Kartoshka tugunagi juda qisqargan bo’g’im oraliqlariga ega, xlorofillsiz, 
lekin yorug’lik ta'sirida yashil rangga kirishi mumkin. Tugunak shaklida rangsiz 
barg qo’ltig’idan o’sib chiqqan uzun yer ostidagi poyalarning uchlarida, ya'ni 
stolonlarda hosil bo’ladi. 
Piyozbosh
. Umumiy ko’rinishi bo’yicha kurtakni eslatadi. U shakli o’zgargan barg 
va novdadan tashkil topgan. Qisqargan poya qismi piyoz tubi deyiladi. Unga zich 
holda etdor, yashil bo’lmagan barglar birikadi. Piyozbosh tashqi tomonidan quruq’ 
qo’ng’ir rangdagi tangacha barglar bilan qoplangan. Piyozbosh tubidan ko’p sondagi 
qo’shimcha ildizlar rivojlanadi. Piyozboshli o’simliklar odatda cho’l va chala 
cho’llarda, alivial o’tloqlar va tog’-dasht mintaqalarida ko’p tarqalgan. O’rta 
Osiyoning cho’l va chala cho’l hududlarida ular yilning noqulay davrini piyozbosh 
tarzida 8 - 10 oy davomida tinim holatda o’tkazadilar.

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə