Novda haqida tushunchalar Shoxlanishning turlari Novdaning metamorfozlari



Yüklə 17,83 Kb.
tarix03.05.2018
ölçüsü17,83 Kb.

Novdaning morfologik tuzilishi va tiplari. Kurtaklar. Novda metamorfozi
Reja:


  1. Novda haqida tushunchalar

  2. Shoxlanishning turlari

  3. Novdaning metamorfozlari

Asosiy tushunchalar: kurtaklar, vegetativ, generativ va aralash kurtaklar, megamer (umumiy, bo’lak), dixotomik (ayrisimon), monopodial (oddiy shoxlanish), simpodial (birgalikda shoxlanish), ildizpoya, tugunak, piyozbosh, sukkulent (shira), fillokladodiy (barg shoxcha), tikanlar, jingalaklar, xivichsimon yashil novdalar, gajaklar.

Novda ham ildiz kabi yuksak o’simliklarning asosiy organidir. Novda uchki meristemaning maxsuli bo’lib, ildizga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega. Vegetativ novdada quyidagi qismlarni ajratish mumkin: poya, barglar, bug’imlar, bug’im oraliqlari va kurtaklar.

Kurtaklar – murtak holdagi novdalar hisoblanib, ular uzoq vaqt o’sish va shoxlanish, ya’ni novdalar sistemasini hosil qiladi. Novdagi barglar muhim vazifani, ya’ni fotosintezni bajaradi. Organlarni biriktirib turuvchi poya mexanik, o’tkazish va ba’zan g’amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir butunligi va uning qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar uning shakl o’zgargan ko’rinishlarida ham yaxshi ifodalangan. Novdani ildizdan ajratib turuvchi muhim xususiyati barglar bilan qoplanishi hamda bo’g’imlarga ega bo’lishidir. Poyaning bo’g’imi ba’zi o’simliklarda yo’g’onlashgan yoki yaxshi ifodalangan bo’ladi. Odatda poyada ikki xil bo’g’imlar farq qilinadi. Agar barg yoki halqasimon barglar poyaning asosini to’liq o’rab olsa yopiq, qisman o’ragan bo’lsa, ochiq bo’g’im deb qaraladi. Odatda novdada birnecha bo’g’imlar va bo’g’im oraliqlari bo’lib, ular novdaning o’qi bo’ylab takrorlanadi.Natijada metamer tuzilish kelib chiqadi.

Kurtak - yozilmagan murtak holdagi novdadir. U boshlang’ich meristematik o’q va uning uchki qismida bir – birining ustini qoplab yotgan har xil yoshdagi barg boshlang’ichlarini, ‘ni boshlang’ich metamerlar seriyasidan tashkil topgan.

Vegetativ kurtaklardan tashqari generativ, vegetativ – generativ kurtaklar ham bo’ladi. Bunda vegetativ kurtaklar bir necha metamerlardan iborat bo’lib, o’sish konusi esa boshlang’ich gul yoki to’pgulga aylangan bo’ladi.

Shoxlanish turlari. Shoxlanish natijasida o’simlikning yer ustki qismida, ya’ni tanasida shox – butoqlar vujudga keladi. Yuksak o’simliklarning tarixiy rivojlanish davomida shoxlanishning quyidagi turlari kelib chiqqan:



  1. Dixotomik yoki ayrisimon shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o’sish konusidagi uchki kurtaklarning faoliyati natijasida shakllanadi. Bunda kurtaklar bir meyorda bir – birlariga nisbatan qarama – qarshi yo’nalishda ayri shaklda o’sadi. Dixotomik shoxlanish qadimgi sodda shoxlanish turi. Uni moxlar, plaunlar, ko’pchilik paporotniklar va ba’zi bir ochiq urug’lilarda uchratiladi.

  2. Monopodial shoxlanish. Bu turdagi shoxlanishda uchki kurtak doimo faol holatda bo’lib, o’simlikning yer ustaki qismi bo’yiga o’sishini davom ettiradi. Shuning uchun ham asosiy poya yon novdalarga nisbatan kuchli rivojlanadi. Monopodial shoxlanish natijasida daraxlardasimmetrik bir tekis yo’nalgan tik o’suvchi asosiy tana shakllanadi. Monopodial shoxlanish ko’pchilik ochiq urug’li o’simliklar (oddiy qarag’ay, sarvi, kedr, oqqarag’ay, qoraqarag’ay va boshkalar) uchun xosdir.

  3. Simpodial shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o’simliklar evolyusiyasining ancha keyingi davrlarida o’simliklar evolyusiyasining ancha keyingi davrlarida kelib chiqqan. Uning asosida monopodial va dixotomik shoxlanishlar yotadi. Simpodial shoxlanish turi gulli o’simliklarda ham keng tarqalgan. Ularni daraxt va o’t o’simliklarda ham uchratish mumkin. Bunday shoxlanish turiga ega bo’lgan o’simliklar bo’yiga ko’p o’smaydi. Bunga sabab uchki kurtak funksional holatini yo’qotishidir. Natijasida yon novdalar kuchli o’sishi kuzatiladi. Shuning uchun ham simpodial shoxlanishida ko’p sondagi meva va urug’lar hosil bo’ladi. Simpodial shoxlanishning alohida ko’rinishi sifatida soxta dixotomik shoxlanish turi uchratilib, u uchki kurtakning haloq bo’lishi yoki umuman rivojlanmasligi natijasida o’sish uchki kurtakning bevosita ostida joylashgan ikki yon kurtaklar hisobiga sodir bo’ladi. Soxta dixotomik shoxlanish turida ham ayrisimon shakl kelib chiqadi. Uni nastarin, chinnigul, soxta kashtan va omela kabilarda uchratish mumkin.

Novda metamorfozlari. Ko’pchilik o’simliklarda novdalari shaklan o’zgarishi mumkin. Metamorfozlashgan yer ostki va yer ustki novdalar farq qilinadi.

Yer ostki novda metamorfozlari. Ildizpoya keng tarqalgan yer ostki novda metamorfozi o’isoblanadi. U ko’p yillik o’t o’simliklarda va daraxtsimon o’simliklardan bambukda uchraydi. Ildizpoya qisqa (gulsanar, shoyigul) va uzun (bug’doyiq , qamish) bo’lishi mumkin.

Tugunak. Kartoshka va cho’chqakartoshka kabi o’simliklarda yo’g’onlashgan yer ostki novda, siklamen va rediskalarda esa gipokotilning yo’gonlashgan qismidir. Kartoshka tugunagi juda qisqargan bo’g’im oraliqlariga ega, xlorofilsiz, lekin yorug’lik ta’sirida yashil rangga kirishi mumkin. Tugunak shaklida yo’g’onlashish rangsiz barg qo’ltig’idan o’sib chiqqan uzun yer ostaki poyalarning uchlarida, ya’ni stolonlarda hosil bo’ladi.

Piyozbosh. Umumiy ko’rinishi bo’yicha kurtakni eslatadi. U shakli o’zgargan barg va novdadan tashkil topgan. Qisqargan poya qismi piyoz tubi deyiladi. Unga zich holda etdor, yashil bo’lmagan barglar birikadi. Piyozbosh tashqi tomonidan quruq qo’ng’ir rangdagi tangacha barglar bilan qoplangan. Piyozbosh tubidan ko’p sondagi qushimcha ildizlar rivojlanadi. Piyozboshli o’simliklar odatda cho’l va chala rayonlarda, alpik o’tloqlar va tog’-dasht mintaqalarida ko’p tarqalgan. O’ta Osiyoning cho’l va chala cho’l zonalarida ular yilning noqulay davrini piyozbosh tarzida 8 – 10 oy davomida tinim holatda o’tkazadilar.

Yer ustki novda metamorfozi. Ma’lumki o’simliklar namlik ekologik omili rejimiga moslanishi natijasida kelib chiqqan. Qurg’oqchilik shsharoitda yashovchi o’simliklar bargini erta to’ksa (yantoq), boshqalari barglarini har xil darajada reduksiyalanishi bilan xarakterlanadi. Har ikki holatda ham novda barg vazifasini bajaruvchi, och yashil rangli, yo’g’onlashgan, suv to’plovchi rezervuar va boshqalar shaklidagi o’zgarishlarga aylanadi. Yer ustki novda metamorfozlariga sukkulentlar, fillokladodiylar, tikanlar, jingalaklar, xivichsimon (palaksimon) yashil novdalar va sersuv poyali o’simliklar sukkulentlar deb ataladi. Ularning vakillari Meksika cho’llaridagi kaktuslar va Afrika sutlamalaridir.Novdaning bargsimon ko’rinishdagi shakl o’zgarishi fillokladodiy deyiladi. Ular shakli o’zgargan tangachasimon bargchalar qo’ltig’ida shakllanadi.

Tikanlar. Ikki pallali o’simliklarning daraxtsimon va o’tsimon vakillarida uchraydi.Novdaning tikanga aylanishi uning ma’lum darajada suv bug’latish yuzasini kamaytiradi. Tikanlar bundan tashqari o’simlikni hayvonlar yeb qo’yishidan himoya qiladi.



Jingalaklar. Jingalaklar novdaning metamorfozi hisoblanib, ular ham o’simlikning qisman bug’latish yuzasini kamaytiradi. Asosiy vazifasi biror substratga ilashishdir. Jingalaklar uzumdoshlar, qovoqdoshlar va boshqa oila vakillarida uchraydi.

Xivichsimon (palaksimon) yashil novdalar. Ular Ispan droki, ritamalar va boshqa o’simliklarda uchrab, barglarini erta to’kadilar (bahorning o’rtalari yoki yozning boshlari), natijada novdalar barg vazifasini bajarishga o’tadi. Fotosintez vazifasini yo’qotgan yer ustki stolonlar asosan vegetativ uo’payish vazifasini bajargani uchun ba’zan ularni gajaklar (qulupnayda) deyiladi.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə