Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yog’ochlik.
U naylar, traxeidlar, yog’ochlik parenximasi va libriformdan 
iborat. Yog’ochlikdan ham o’zak nurlari o’tgan bo’ladi. Yog’ochlik parenximasi va 
o’zak nurlarida zahira oziq moddalar to’planadi. Kambiyning bir me'yorda 
ishlamasligi natijasida yog’ochlikni hosil qiluvchi hujayralar bahorda hosil bo’ladi, 
ya'ni bu kambiy jadal ishlagan davrga to’g’ri keladi. Keyinchalik mayda va yupqa
devorli hujayralar kelib chiqadi. Yog’ochlik hujayralari smolalar, oshlovchi 
moddalar, efir moylari kabilarni shimib olib ma'lum rangga bo’yaladi. Ana shunday 
yog’ochlikning faollik ko’rsatmay qolgan markaziy qismi yog’ochlikning mag’zi 
deb ataladi. Yog’ochlikning bevosita kambiyga yaqin joylashgan qismlari suv va 
unda erigan moddalarni o’tkazish vazifasini bajarib, uni zabolon deyiladi. Zabolon 
yadro qsmiga nisbatan rangsiz bo’lishi bilan yog’ochlikda ajralib turadi. 
O’zak
. O’zak poyaning markaziy qismini tashkil etib, hujayralarida har xil 
moddalar to’plangan va asosiy to’qimadan iboratdir. Daraxt va o’t o’simliklarning
poyalari umrining uzun-qisqaligiga ko’ra bir-biridan keskin farqqiladi. O’t 
o’simliklarning yer ustki novdalari odatda bir yoki ba'zan 2 - 3 yil hayot kechiradi. 
Daraxt o’simliklar poyasi bir necha yil yashaydi, asosiy poyasi tana hosil qiladi. 
Butalarda esa ayrim yirik poyalarini tanachalar deb qaralishi mumkin.
 
Аsosiy adabiyotlar
1.
Rudall P. Anatomy of Flowering Plants (An Introduction to structure and 
Development) Third Edition. Cambridge. 2007. P. 147
2.
Маtkarmova А.А., Махkamov Т.Х., Махmudova М.М., Аzizov Х.Ya., 
Vaisova G.B. Botanika. – Тоshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. 298 b.
3.
Pratov O‘., Shamsuvaliyeva L., Sulaymonov E. va bosh. Botanika 
(morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika). -Toshkent: “Ta’lim 
nashriyoti”, 2010. – 288 b.
 

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə