Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tugunak ildizlar.
Yon yoki qo’shimcha ildizlarning yo’g’onlashishi 
natijasida kelib chiqadi. Ular batat, georgina, оrxideya
,
kartoshkagul, shirach, 
qo’ziquloq , tugunakli ayiqtovon va boshqa o’simliklarda uchraydi.
 Etdor ildizlar.
Salabdoshlar, seldereydoshlar kabi oila vakillari va boshqalarda uchraydi. Ular 
ildizning nosimmetrik yo’g’onlashgan qismi hisoblanadi. Odatda qo’shimcha 
ildizlar yon shoxlari bilan etdor bo’lib qoladi. Tayanch ildizlar, taxtasimon va soxta 
ildizlar tropik o’rmonlardagi daraxtlar tanasini ushlab turishga xizmat qiladi. Ular 
kelib chiqishi bo’yicha qo’shimcha ildizlar ko’pchilik tropik lianalarda uchraydi. 
Tayanch taxtasimon va soxta ildizlarda mexanik to’qima kuchli taraqqiy etgan 
bo’ladi. 
Taxtasimon ildizlar
nozik daraxtlar tanasining asosidan 1 -13 m balanlikda 
o’sib chiqadi. Ular shoxlanib yirik daraxt tanasini ushlab turadi. Shoxlangan 
qismlarida maxsus bo’shliqlar bo’ladi.Soxta ildizlar ham tayanch ildizlar 
hisoblanib, daraxt va yuqoridagi ildizlar kabi vazifa bajaradi. Odatda soxta ildizlar 
mangra o’rmonlarini hosil qiluvchi, ya'ni dengiz bo’ylardagi to’lqinlar ta'sirda suvga 
botib turuvchi o’simliklarda uchraydi. Soxta ildizlarga yana tropiklardagi 
lianalarning havo ildizlarini ham kiritish mumkin (masalan, monstera). 
Nafas oluvchi ildizlar 
botqoqlik yoki botqoqlashgan joyda o’suvchi 
o’simliklarda uchraydi. Bunday ildizlar uchun ayerenxima to’qimasining kuchli 
taraqqiy etganligi xarakterlidir. Nafas oluvchi ildizlar mangra o’simliklarida, 
xususan Amerikada o’suvchi botqoqlik sarvisida uchraydi. 
Ilashuvchi ildizlar
plyush o’simligi turlarida uchraydi. Ular novdalardan 
qo’shimcha o’sib chiqadigan cho’tkasimon ildizlardir. Ilashuvchi ildizlarlari 
yordamida o’simlik tik tayanchga ilashib yuqoriga tomon o’sib boradi. Ilashuvchi 
ildizlar vanilda, fikusning ba'zi turlari va boshqalarda hosil bo’ladi. 

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə