Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi


Ildizning birlamchi anatomik tuzilishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ildizning birlamchi anatomik tuzilishi.
Funktsional jihatidan ildizning 
muhim qismi shimish zonasi hisoblanib, u suv va mineral moddalarni shimishga 
molashgandir. Ildizda to’qimalar halqa shaklida joylashgan bo’ladi. Uning 
ko’ndalang kesimida epiblema, birlamchi po’stloq va markaziy silindr ajratiladi. 
Epiblema. 
O’sish konusining tashqi qavatidagi hujayralar, ya'ni 
dyermatogendan hosil bo’ladi. Bu to’qima shimish vazifasini bajaradi. Ildiz tuklari 
silindrsimon, uzunligi bir necha mm dan oshmaydi. Diametri 5-15 mk. Soni esa juda 
ko’p bo’ladi. Qulay sharoitda 1 mm kvadrat yuzaga 200-300 ta tuk to’g’ri keladi. 
Birlamchi po’stloq. 
U shimish zonasidagi ildizning ko’ndalang kesimida 
asosiy qismini egallaydi. Birlamchi po’stloq ixtisoslashgan bo’lib, bir necha 
umumiy to’qimalardan tashkil topadi. Ular ekzoderma, mezoderma va 
endodermalardir. Ekzoderma birlamchi po’stloqning eng tashqi qavati hisoblanib, 
bir yoki bir necha qavat hujayralardan iborat. Ekzoderma hujayralarining devori 
qalinlashish xususiyatiga ega. U ayniqsa bir pallali o’simliklarda yaxshi rivojlangan. 


Ekzoderma po’kak hosil bo’lgunga qadar ildizni himoya bo’lgunga qadar ildizni 
himoya qiluvchi to’qima sifatida xizmat qiladi. 
Birlamchi po’stloqning asosiy qismini tashkil etuvchi mezoderma bo’lib, u 
g’ovak holda joylashgan yupqa devorli shimuvchi parenxima hujayralardan 
iboratdir. Uning hujayralari orqali tuproqdan ildiz tuklari faoliyati natijasida 
o’zlashtirilgan suv va mineral moddalar ildizning markaziy silindrdagi naylarga 
o’tkaziladi. Birlamchi po’stloqning markaziy silindr bilan chegaralab turuvchi ichki 
qavati endoderma bo’lib, hujayralarining devorlari qisman po’kaklashgan. 
Markaziy silindr. 
O’q organning bir qismi hisoblanib, unda o’tkazuvchi to’qimalar 
joylashgan. Ildizning markaziy silindrida o’tkazuvchi to’qimalar radial o’tkazuvchi 
boylamlar hosil qiladi. Yog’ochlik naylardan iborat bo’lib, u yog’ochlik nurlarini 
hosil qiladi. Yog’ochlik nurlari turli o’simliklarda turlicha sonda bo’ladi. Ikkitadan 
boshlab bir nechtagacha diarx (ikki nurli), sabzi va lavlagi ildizlarida triarx (uch 
nurli) yog’ochlik nurlari ajratiladi. Dastlab yog’ochlik nurlaridagi chekka 
tomonlarda joylashgan naylar hosil bo’lgan. Ular ildizdagi mayda naylar bo’lib, 
protoksilema deb birlashtiriladi. Keyinroq hosil bo’lgan ya'ni markazga yaqin 
joylashgan naylar metaksilemani tashkil etadi. Lub elaksimon naylardan iborat 
bo’lib, ular yog’ochlik nurlari orasidan joy oladi. Lubning dastlabki elementlari 
nozik va mayda elaksimon naylar protofloemani, ulardan keyinroq hosil bo’lgan 
ancha yirik elaksimon naylar metafloemani tashkil etadi. Markaziy silindrning eng 
tashqi qavati, ya'ni endodermaning ostida peritsikl joylashgan. U bir yoki bir necha 
qavat parenxima hujayralardan iborat bo’lib, hayotiy nuqtai nazardan potentsial 
hosil qiluvchi to’qimadir. Undan yon ildizlar, qo’shimcha kurtaklar, qisman kambiy 
va po’kak kambiylar rivojlanadi. Peritsiklni uchki meristemaning bevosita davomi 
deb qarash mumkin. 

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə