Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi


Poyaning birlamchi ichki tuzilishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Poyaning birlamchi ichki tuzilishi.
Poyaning birlamchi tuzilishida 
epiderma, birlamchi po’stloq va markaziy silindlar ajratiladi. Epiderma tunika 
qavatidan shakllanadi. Agarda u bir necha qavat hujayralardan iborat bo’lsa, 
birlamchi po’stloqning tashqi qavatlari ham hosil bo’lishi mumkin. Birlamchi 
po’stloq asosiy parenxima to’qimasidan tashkil topib, tashqi qavatidagi 
hujayralarida xloroplastlar ham kuzatiladi. Ko’pchilik o’simliklarda birlamchi 
po’stloq tarkibiga mexanik to’qima kollenxima ham kiradi. Sklerenxima kamdan-
kam hollarda uchraydi. Birlamchi po’stloqning ichki hujayralari endoderma 
halqasini hosil qiladi. Markaziy silindr endoderma bilan chegaralangan peritsikl, 
o’tkazuvchi elementlar sistemasi va o’zakdan tashkil topgan. Peritsikl birlamchi yon 
meristema hisoblanib, u kambiy hujayralari, qo’shimcha ildizlar yoki kurtaklani 
hosil qiladi. Ko’pchilik o’simliklarda peritsikl butunlay mexanik to’qima yoki 
asosiy to’qima hujayralariga ajralib ketadi.
Markaziy silindrning o’tkazuvchi elementlari o’sish konusidagi maxsus qism, 
prokambiydan rivojlanadi. Prokambiy birlamchi meristemaning ba'zi hujayralarini 
bo’yiga bo’linish natijasidan kelib chiqadi. O’ziga xos ingichka va cho’ziq, quyuq, 


donador sitoplazma bilan to’lgan hujayralar to’dasi paydo bo’lib, ular poyaning 
markaziga qarab birlamchi yog’ochlik elementlari, chekkalarda esa birlamchi lub 
elementlarini hosil qiladi. Markaziy silindrning ichki qismi o’zakni tashkil etuvchi 
parenxima to’qima hujayralaridan iborat. O’zakning bo’lishi poyaning ildizdan farq 
qiluvchi xarakterli belgisidir. Poyaning o’zak qismi parenxima hujayralaridan 
tashkil topgan. U birlamchi o’zak nurlari orqali birlamchi po’stloq bilan bog’lanadi. 
O’zak ba'zi o’simliklarda qisman yoki butunlay yemirilib ketadi. Bunda poyaning 
o’rtasi bo’shliqdan iborat bo’lib qoladi. O’sish konusida prokambiy turlicha 
shakllanishi mumkin. Uning shakllanishi va keyingi taraqqiyoti bir pallali 
o’simliklar poyalarining o’tkazuvchi boylamlarini tuzilishi va joylashish xarakterini 
belgilaydi.

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə