Birlamchi ikkilamchi nuqsonlarni tahlil qiling

Yüklə 0,94 Mb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#139548
  1   2
Birlamchi ikkilamchi nuqsonlarni tahlil qiling

Birlamchi ikkilamchi nuqsonlarni tahlil qiling

Shodiyorovna Gulsora Abduvaliyevna

Birlamchi nuqsonlarni tahlil qiling
Birlamchi nuqson, bolaning ijtimoiy rivojlanishida, uning atrof- olam o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan ikkilamchi nuqsondir
L.S.Vigotskiy nuqsonlarni tuzilishini sistemaliligi haqidagi fikrlari unga anomal rivojlanishini ko‘ra ikki guruhga ajratish imkonini bergan. Bu kasallikning biologik xarakteriga ko‘ra kelib chiqadigan birlamchi nuqson, bolaning ijtimoiy rivojlanishida, uning atrof- olam o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan ikkilamchi nuqsondir.
Bir qancha yetakchi mutaxassislarning ishlarida ko'rsatilishicha, bolalardagi birlamchi nuqsonlar aqliy qobiliyatning buzilishiga, umumiy va mayda motorikadagi kamchiliklarga, atrof-muhit bilan o'zaro aloqada bo'lishdagi qiyinchiliklarga, kommunikativ muloqot vositalarini o'zgarishiga, so'zlashuv nutqining yetarlicha bo‘lmasligiga, atrof -muhitni idrok etishni qiyinlashishiga, ijtimoiy tajribani kambag‘allashuviga olib kelishi mumkin ekan. Nuqsonlarning o'zaro ta’siri ijtimoiy muhit bilan ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklar tug'dirishini L.S.Vigotskiy ham ta’kidlagan.
Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni iloji boricha erta aniqlash, o‘z vaqtida psixologik-pedagogik, korreksiyalash yordamini ko‘rsatish, nogironlikning oldini olish, bolalar va o‘smirlaning ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tegishli organlar va defektologlarning vazifalari shundan iboratki, bolalar o‘zlarining aqliy, bilim imkoniyatlariga va hissiy-irodaviy doiralarining xususiyatlariga mos sharoitda ta’lim olishlari, tarbiyalanishlariga imkoniyat yaratib berishlari lozim. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar (rivojlanishida psixik - jismoniy kamchilikka ega, rivojlanishdan orqada qolish, rivojlanishida muammoga ega, alohida yordamga muhtoj) - sensor organlarning orttirilgan yoki tug'ma organik jarohatlanishi natijasida markaziy nerv sistemasi yoki harakat-tayanch apparati va
Ba’zi hollarda rivojlanishdagi kamchiliklar markaziy nerv sistemasi yoki analizatorlardagi nuqsonlar bilan bog‘liq bo'lmasdan, mikroijtimoiy muhit sabablari natijasida kelib chiqadi. Bularga oiladagi tarbiyaning salbiy shakllari, ijtimoiy va hissiy deprivatsiyani kiritishimiz mumkin. G.Y.Troshin me’yorida va anomal rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fikrni ilgari surgan, buni esa ko‘pgina tadqiqotchilarning (T.A.Vlasova, J.I.Shif, V.I.Lubovskiy) ishlarida ham ko'rishimiz mumkin.
Ikkilamchi nuqsonlarning shakllanish mexanizmi turli xil bo'lishi mumkin, ammo unda doimo ijtimoiy omillar muhim rol o'ynaydi. Ko'ruv, eshituv organlarining yoki bosh miyaning u yoki bu tuzilmalaridagi jarohatlar natijasida kelib chiqadigan nuqsonlar xarakteri, chuqurligi bo'yicha turli toifadagi rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarda turlicha bo'ladi. Biroq ushbu holatlarning umumiy tomoni shundaki, ularning barchasi bolani keyingi rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko'rsatib boradi.

Dostları ilə paylaş:
  1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə