O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi reja



Yüklə 99 Kb.
səhifə1/6
tarix07.06.2023
ölçüsü99 Kb.
#115833
  1   2   3   4   5   6
1443690507 61395


O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi


REJA:



  1. Hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlarida ijodiy faoliyat ahamiyatining kuchayishi

  2. Davlatning fan va iqtisodiyot sohasidagi siyosati

  3. Usullar, metodologiya va iqtisodiyot

  4. Umumiy usullar

Hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlarida ijodiy faoliyat ahamiyatining kuchayishi

Ma’lumki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot insonlar faoliyati, ularning turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan. Respublika hukumatining mazkur sohalarda qator tadbirlarni amalga oshirishida ijodkor xodimlar talab qilinadi.


Ilmiy ijod metodologiyasi kursi magistrantlarni faqat ilmiy jarayonlarni tushunish uslublarini bilish, ijod qilishga undabgina qolmaydi. Balki tashabbuskor, ilg‘or fikrlaydigan shaxslar faoliyatini ham shakllantiradi. Ularga mazkur sohalarning qirralarini va muammolarini tushuntiradi. Demak, iqtisodiy sohalarda ijodkor, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar yetishtirishga o‘z hisssasini qo‘shadi. Ming afsuslar bo‘lsinkim, iqtisodiy jarayonlarni ham to‘g‘ri tushunmaydigan, uning rivojlanishi natijasida qanday yutuqlarga erishish mumkinligini sezmaydigan rahbarlar yo‘q emas. Binobarin, ular iqtisodiy sohalardagi ilmiylikni ham tushunmaydilar. Ular iqtisodiyotda ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi haqida o‘ylab ham ko‘rmaydilar.
“Bugungi kunning eng muhim vazifasi,- deb ta’kidlagan edi, I.A.Karimov, - Hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir”. Ha, ushbu xislatlarga ega bo‘lish uchun ish jarayonida qanday uslublardan foydalanish kerak, degan savol ko‘ndalang bo‘lib turadi. Demak, hozirgi davr iqtisodiyoti, metodologiyasiz ilmiy bo‘la olmaydi. Metodologiya nima ekanligini oldingi bo‘limlarda aytib o‘tgan bo‘lsak-da, aynan iqtisodiy sohada u qanday namoyon bo‘ladi va u nimalarni talab qiladi, endi shular ustida oz bo‘lsa-da, to‘xtalamiz.
O‘tmishdagi buyuk allomalar o‘zlarining ijodlarida u yoki bu manbaga, tarixiy jarayonlarga va xalq merosiga suyangan holda yangiliklarni kashf etganlar. Aniqrog‘i hayotdagi, turmush tarzidagi qarashlar, uslublar, tafakkur tizimlaridan foydalangan holda ob’yektni tasvirlaganlar va xulosalar chiqarganlar. Shu sababli ham ularning xulosalarini, kashfiyotlarini inkor etib bo‘lmaydi. Demak, iqtisodiy soha ham bundan istisno emas.
Iqtisodiy sohalar bilan shug‘ullanadigan har bir tadqiqotchi ham o‘tmishdagi iqtisodiy qarashlar, kuzatishlar, uslublar, tafakkur hosilalariga suyangan holda ish olib borsalar, yaratgan ta’limotlari hayotdan abadiy o‘rin oladi. Zero, ana shunday yondashishning o‘zi metodologiyadir. Metodologiya turli chig‘iriqlardan o‘tib, qiyinchiliklarga bardosh beradigan uslublar yig‘indisi sifatida tan olingan ta’limotdir. Chunki, u o‘zining fanda tutgan o‘rni bilan farqlanib turadi. Ilmiy ijodga qanday yondashish kerakligining yo‘lini ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan aytish mumkinki, metodologiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning kalitini beradi. Metodologiyaga asoslanib, O‘zbekiston ijtiomiy-iqtisodiy sohalarini yangi bosqichga ko‘tarish mumkin. Bu holat fan rivojlanishini qamrab oladi.
Fan rivojlanishi metodologiyaga bog‘liq. Binobarin, respublikadagi muhim yo‘nalish – iqtisodiy soha fan taraqqiyotisiz rivojlanmaydi. Fanning ham rivojlanishi insonlar, ijodkorlar faoliyatiga bog‘liq. “Fanning zamon talablari darajasida taraqqiy topishi uchun mening nazarimda, quyidagi muhim omillar zarur. G‘oya, moddiy asos, tegishli sharoit, fikr, tafakkur erkinligi.
Ilmga, ijodga, kashf etishga intilish – bu oliyjanob intilishdir. Hozirgi sharoitda ishbilarmonlar, savdogar va tadbirkorlar topish – tutish jihatidan ilm-fan va madaniyat sohasi kishilaridan o‘tib ketgani sir emas. Mayli, bozor iqtisodiyoti busiz bo‘lmaydi. Savdo-sotiq, biznes kerak. Lekin fan, ijod ularning soyasida qolishiga biz yo‘l qo‘ya olmaymiz. Chunki, mamlakatning iqtisodiy qudratini, uning ertangi kunini, boringki, taqdirini ham provard natijada aql-zakovat, ma’naviyat hal qiladi. Zero, ilmga intilish yo‘qolsa, fan taraqqiy etmaydi, ilm-u fan rivojlanmasa – jamiyatning kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu haqiqatni barcha teran his qilmog‘i darkor (I. A. Karimov. Bunyodkorlik yo‘lidan. T.4. –T.: O‘zbekiston, 1996. 88-bet). Ushbu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, fan, ijod izlanish iqtisodiy sohalar chambarchas bog‘lanib ketgan. Bu bog‘lanishlarning o‘zagini topish va shu asosda magistrantdan kelajakda ham izlanishini davom ettirishini talab etiladi. Bu ancha murakkab jarayon. Ayniqsa, iqtisodiyotning moliya, bank, kredit, audit sohalarini boshqarish yildan yilga murakkablashib bormoqda. Ana shuning uchun ham izlanuvchi metodologik jihatlar bilan shug‘ullanishi zarur. Iqtisodiyotda metodologiya muayyan maqsadga erishmoq uchun qanday vositalar qo‘llanilishi haqida izlanuvchiga ma’lumotlar beradi. Metodologiya mazkur maqsadga erishishning “baho”sini ham belgilashda yordam beradi, xabar qiladi. Biroq bu keng qamrovli bo‘lib, izlanuvchi uning o‘ziga tegishli tomonlarinigina olishi zarur. Aks holda “xabar”larga “ko‘milib” qolib o‘z yo‘lini topa olmay qolish mumkin. Haqiqiy izlanish mavjud narsa va hodisalar haqida olib boriladi, taxminiy narsa va hodisalar rad etiladi. Ilmiy izlanishda inson uchun zarur va ahamiyatli bo‘lgan haqiqat izlanadi: izlanayotgan dalil to‘g‘ri va umumahamiyatga egaki, iqtisodiy fanlar sohasidagi uslubiy jihat ilmiy dalil, o‘z maqsadiga erishish uchun barcha insonlar tomonidan ham to‘g‘ri deb topilishi kerak.
Kimdir iqtisodiy fanlar uchun metodologiyaning ahamiyati yo‘q desa, u yirik xatoga yo‘l qo‘yadi. Bilamizki, iqtisodiyotda ham son-sanoqsiz muammolar bor. Ular ba’zida biri ikkinchisini taqozo etadi, inkor qiladi, ziddiyatlarga duch keladi, chekinishlarga to‘g‘ri keladi. Bu muammolarni yechish metodologiyaga bog‘liq.



Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə