Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
Yer ustki novda metamorfozi.
Ma'lumki o’simliklar namlik ekologik omili 
rejimiga moslanishi natijasida kelib chiqqan. Qurg’oqchilik sharoitda yashovchi 
o’simliklar bargini erta to’ksa (yantoq), boshqalari barglarini har xil darajada 
reduktsiyalanishi bilan xarakterlanadi. Har ikki holatda ham novda barg vazifasini 


bajaruvchi, och yashil rangli, yo’g’onlashgan, suv to’plovchi rezervuar va boshqalar 
shaklidagi o’zgarishlarga aylanadi. Yer ustki novda metamorfozlariga sukkulentlar, 
fillokladodiylar, tikanlar, jingalaklar, xivichsimon (palaksimon) yashil novdalar va 
sersuv poyali o’simliklar sukkulentlar deb ataladi. Ularning vakillari Meksika 
cho’llaridagi kaktuslar va Afrika sutlamalaridir. Novdaning bargsimon 
ko’rinishdagi shakl o’zgarishi fillokladodiy deyiladi. Ular shakli o’zgargan 
tangachasimon bargchalar qo’ltig’ida shakllanadi. 
Tikanlar.
Ikki pallali o’simliklarning daraxtsimon va o’tsimon vakillarida 
uchraydi. Novdaning tikanga aylanishi uning ma'lum darajada suv bug’latish 
yuzasini kamaytiradi. Tikanlar bundan tashqari o’simlikni hayvonlar yeb 
qo’yishidan himoya qiladi. 
Jingalaklar.
Jingalaklar novdaning metamorfozi hisoblanib, ular ham o’simlikning 
qisman bug’latish yuzasini kamaytiradi. Asosiy vazifasi biror substratga ilashishdir. 
Jingalaklar uzumdoshlar, qovoqdoshlar va boshqa oila vakillarida uchraydi.
 
Xivichsimon (palaksimon) yashil novdalar. Ular Ispan droki, ritamalar va 
boshqa o’simliklarda uchrab, barglarini erta to’kadilar (bahorning o’rtalari yoki 
yozning boshlari), natijada novdalar barg vazifasini bajarishga o’tadi. Fotosintez 
vazifasini yo’qotgan yer ustki stolonlar asosan vegetativ ko’payish vazifasini 
bajargani uchun ba'zan ularni gajaklar (qulupnayda) deyiladi.
Poya ham odatdagi tuzilishli, o’sishi cheklanmagan polisimmetrik 
tuzilishdagi o’simlikning vegetativ o’q organi bo’lib, unda barg va kurtaklar bo’ladi.
Poyaning asosiy vazifasi tayanch, mineral va organik moddalarni 
o’tkazishdir, u barg bilan ildizlarni o’zaro bog’laydi. Bulardan tashqari ko’p yillik 
poyalarda oz miqdorda bo’lsa ham oziq moddalar to’planadi. Epiderma ostida 
xlorenxima to’qimasi bo’lgan yosh poyalar fotosintez jarayonida faol qatnashadi. 
Yopiq urug’li o’simliklarning poya va ildiz uchlarida esa bir necha sondagi initsial 
hujayralar uchratiladi. Ular sitoplazmasining quyuqligi va bir-birlariga nisbatan farq 
qiladi. Poya va ildizda o’sish konuslarining tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Ildizning 
nozik uchki meristemasi ildiz qini bilan o’ralgan. Uning o’sish konusida uch turdagi 
hujayralar guruhini ajratish qabul qilingan: tashqi (dermatogen), o’rta (periblema) 


va ichki (pleroma). Dermatogen qatlami hujayralarning antiklinal, ya'ni o’sish 
konusi yuzasiga nisbatan perpendikulyar bo’linishi natijasida keyinchalik ildizning 
birlamchi qoplovchi to’qimasi kelib chiqadi. Periblema qavati bir necha qator 
hujayralardan iborat bo’lib, uning hujayralari periklinal, ya'ni o’sish konusi yuzasiga 
nisbatan parallel bo’linadi va ulardan asosiy to’qima hosil bo’ladi. Pleroma 
hujayralari turli yo’nalishda bo’linish xususiyatiga ega bo’lib, ulardan ildizning 
mexanik va o’tkazuvchi to’qimalari shakllanadi. Poyaning o’sish konusi biri 
ikkinchisini yopib turuvchi mayda barglar bilan o’ralgan. Ular poyaning uchki qismi 
bilan birgalikda kurtak hosil qiladi. Poyaning o’sish konusida odatda ikki turdagi 
hujayralar guruhi ajratiladi: tashqi qavat (tunika) va ichki (korpus). Tunika 
hujayralari dermatogen hujayralariga o’xshash antiklinal bo’linish xususiyatiga ega 
va ulardan poyaning epidermasi hosil bo’ladi. Korpus qavati hujayralari turli 
yo’nalishda bo’linishi sababli ulardan poyaning birlamchi tuzilishiga xos bo’lgan 
barcha to’qimalar kelib chiqadi. 

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə