Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi


Ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishi
. Ikkilamchi o’zgarish faqat ikki pallali 
o’simliklar ildizi uchun xarakterlidir. Ikkilamchi o’zgarish markaziy silindrda 
kambiyning paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Kambiy hujayralarning bo’linishi 
natijasida odatda ichki tomonga ikkilamchi yog’ochlik, tashqariga esa ikkilamchi 
lub elementlarini hosil qiladi. Shunday qilib, birlamchi lubda kollaterial turdagi 


ikkilamchi o’tkazuvchi boylamlar kelib chiqadi. Ularning soni yog’ochlik nurlari 
soniga tengdir. Birlamchi lub ikkilamchi lub bilan qo’shilib ketadi. Keyinchalik 
ikkilamchi to’qima tazyiqi natijasida uning hujayralari siqilib, erib ketadi va 
sezilmay qoladi. Uning elementlari yulduzsimon yoki urchuqsimon shaklda, vaqt 
o’tishi bilan birlamchi yog’ochlik ham yo’qolib ketadi. Ildizning ikkilamchi 
tuzulishida suyuqlik harakati ikkilamchi o’tkazuvchi elementlar orqali sodir bo’ladi. 
Birlamchi yog’ochlik ostidagi qismdan (peritsikldan) o’zak nurlari shakllanadi. Ular 
kelib chiqishi jihatidan birlamchi hisoblanadi. O’zak nurlari ikkilamchi o’tkazuvchi 
boylamlar orasidan joy oladilar. Ko’pchilik ikki pallali o’simliklarda ana shu vaqtga 
kelib birlamchi po’stloq tushib ketadi. Qoplagich to’qima vazifasini hosil bo’lgan 
periderma bajaradi. Ko’pchilik o’simliklarda kambiyning faoliyati har yili 
yangilanib turadi. Uni yog’ochlik qismda ko’rish mumkin. 
Ildizmevalar
- ildizning parenxima hujayralari zapas oziq moddalar to’plashi 
natijasida asosiy ildizning yo’g’onlashib ketishi. Ildizmevalar sabzi, lavlagi, rediska, 
sholg’om va boshqa o’simliklar uchun xosdir. Ildizmeva uch qismdan iborat: bosh, 
bo’yin va ildiz. Ildizmevaning bosh qismi poyaning bir bo’lagi bo’lib qisqargan 
novda - rozetkasidir. Uning bo’yini , ya'ni yo’g’onlashgan qismi gipokotilning 
yo’g’onlashishi natijasida kelib chiqqan. Haqiqiy ildiz esa o’zining odatdagi 
tuzilishini saqlab qolgan. Ortiqcha sug’orish yoki oziq berish natijasida ildizmevali 
o’simlikning birinchi bo’g’im oralig’i yo’g’onlashishi mumkin. Oqibatda ikki - uch 
qo’shaloq ildizmevalar kelib chiqadi. 
Parenxima turli to’qimalarda rivojlanishi mumkin. Sabzi, petrushka va boshqa 
seldereydoshlarda ko’p miqdorda, lubda, sholg’om, rediska, turp va boshqa 
karamguldoshlar oilasi vakillarida, aksincha yog’ochlik kuchli ravishda 
parenximalashgan. So’rg’ich ildizning po’stloq parenxima hujayralari, o’tkazuvchi 
bog’lamlari ona o’simlikning floemadagi o’tkazuvchi bog’lamlariga qarab o’sadi. 
O’sayotgan ildizning uzunchoq parenxima hujayralari gaustoriya hujayralari deb 
ataladi. Bu hujayralar yig’indisi tekinxo’r o’simliklarning eng asosiy organi 
so’rg’ich ildizi bo’lib qoladi. So’rg’ich ildizlar zarpechakning har xil turlarida, 
plyushda, shumg’iyada uchraydi. 



Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə