Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
Poyaning ikkilamchi tuzilishi.
Poyaning ikkilamchi tuzilishiga o’tishi uning 
birlamchi tuzilish xususiyati bilan chambarchas bog’liq va u uchta asosiy turga 
ajratiladi: Boylamli, oraliq va boylamsiz. Daraxt o’simliklar bilan o’t o’simliklar 
poyalarining ikkilamchi tuzilishida ham o’ziga xos farqlar kuzatilib, u poyalarning 
har xil muddatlarda hayot kechirishi bilan bog’liq o’rtacha kengliklardagi bir yilik 
o’to’simliklarda har yili vegetatsiya davrining oxirida poyasi qurib qoladi. 
Daraxtlarning poyasi esa ko’p yillik umr ko’radi. 
Boylamli tur.
Bunday tuzilish poyaning birlamchi tuzilishida bir-biridan 
ajralgan o’tkazuvchi boylamlarga ega bo’lgan o’simliklar sebarga, tok uchun xosdir. 
Ikkilamchi tuzilishga o’tishda kambiy ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lublarni 
hosil qiladi. O’tkazuvchi boylamlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy to’qima 
hujayralari boylamlararo kambiyni hosil qiladi. U o’z navbatida o’zak nurlari 
parenximasiga ajraladi. Shuning uchun ham yaxlit kambiy halqasi hosil bo’lishiga 
qaramay o’tkazuvchi boylamlar ikkilamchi tuzilishida ajralgan holda qoladi. Ba'zi 
o’simliklarda boylamlararo kambiy ancha sust rivojlangan. 
Oraliq tur.
Bu ham dastlab ajralgan boylamlarga ega bo’lgan poyali 
o’simliklar uchun xarakterli bo’lib, keyinchalik boylamli kambiyning faollik 
ko’rsatishi hisobiga yaxlit kambiy halqasi vujudga keladi. Oraliq turning muhim 
xususiyati shundan iboratki, bunda ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lublar faqat 


boylamli kambiydan emas, balki boylamlararo kambiydan hosil bo’ladi. Bu o’z 
navbatida yangi ikkilamchi o’tkazuvchi boylamlarni keltirib chiqaradi. Barcha 
boylamlarni sekin-asta o’sishi natijasida ular qo’shilib bir butun yog’ochlik bilan 
lubni ajratib turuvchi kambiyli halqa (kungaboqar, loviya) shakillanadi, ya'ni 
boylamli turdan boylamsiz turga o’tish kuzatiladi. 
Boylamsiz (halqali) tur. Mazkur tur poyaning birlamchi tuzilishida yog’ochlik 
va lub halqasimon joylashgan o’simliklarda (zig’ir, tamaki) kelib chiqadi. 
Ikkilamchi meristematik kambiy ham yaxlit halqa shaklida hosil bo’ladi va 
ikkilamchi yog’ochlik hamda lublarning halqalarini vujudga keltiradi. 
Po’stloq tarkibiga kambiyning tashqarisida joylashgan barcha to’qimalar 
kiradi. Po’stloqning tashqi qavatlari periderma hisoblanib, u po’kak, po’kak 
kambiysi va fellodermalardan tashkil topadi. Ba'zan po’kak yuzasida epiderma 
qoldiqlari kuzatiladi. U ham keyinchalik tushib ketadi. Periderma ostida o’sish 
konusidagi birlamchi meristemaning ajralishi natijasida hosil bo’lgan birlamchi 
po’stloq elementlari joylashadi. Unga kollenxima, xloroplastlar, kraxmal 
donachalari va druzlarga ega bo’lgan asosiy parenxima hujayralari kiradi. Poyaning 
markaziga yaqinroq joyda kambiy faoliyati natijasida hosil bo’lgan ikkilamchi 
po’stloq ajratiladi. Ikkilamchi po’stloqda trapetsiya shaklida lub tolalari bilan 
elaksimon naylar yo’ldosh hujayralar va lub parenximasi bilan navbatlashgan lub 
bo’laklari ko’rinib turadi. Elaksimon naylar daraxt poyalarida 2 - 3 yil faollik 
ko’rsatadi, keyinchalik u moddalarni o’tkazish xususiyatini yo’qotadi va yangisi 
bilan almashinadi. Lub uchastkalari orasidan asosiy parenxima hujayralardan tashkil 
topgan birlamchi va ikkilamchi o’zak nurlari o’tadi. Ularning hujayralari ko’pincha 
kraxmal, moy, shakar kabi oziq moddalarni saqlaydi. O’zak nurlari orqali poyaning 
o’zagi bilan chekka qismlarida joylashgan to’qimalar (po’stloq) bilan aloqa 
bog’lanadi. 
Kambiy.
Kambiy yupqa qobiqqa ega bo’lgan cho’ziq to’g’ri to’rtburchak 
shakldagi hujayralardan iborat. Uning tangental yo’nalishida bo’linishi natijasida 
yog’ochlik va lub elementlari hosil bo’ladi. Shuni ta'kidlab o’tish lozimki, 
yog’ochlik elementlari ko’proq sonda hosil bo’ladi. Kambiy halqasida hujayralar 


soni ortishi ularning radial yo’nalishida bo’linishi hisoblanib, natijada poyaning 
cheksiz yo’g’onlashish imkoni yaratiladi. Kambiyning ishlash faoliyati yil davomida 
bir xil emas. U ayniqsa bahor faslida ancha faol bo’lib, keyinchalik uning faoliyati 
sekin-asta susayadi va kuzga borib butunlay to’xtaydi 

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə