Ruza. Vegetativ organlar. Ildiz. Novda. Kurtak. Novdada barglarning joylashishi



Yüklə 158,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix29.11.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#139532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurtak -
yozilmagan murtak holdagi novdadir. U boshlang’ich 
myeristematik o’q va uning uchki qismida bir - birining ustini qoplab yotgan har xil 
yoshdagi barg boshlang’ichlarini, boshlang’ich metamerlar seriyasidan tashkil 
topgan. Кurtak poyada joylashgan o‘rniga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. Apikal 
- uchki kurtaklar. Yon kurtaklar. Yon kurtaklar barg qo‘ynida joylashadi, shuning 
uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. Кurtaklarni faoliyatiga qarab faol 
kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsimon 


o‘simliklarda ko‘p uchraydi. Qo‘shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo‘ladi. 
Кelib chiqishiga ko‘ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash 
kurtaklarga bo‘linadi. Vegetativ kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan 
- gul, aralash kurtaklardan bargli to‘pgul hosil bo‘ladi. Кurtaklarning shakli va 
o‘lchami har xil bo‘lib, ular yumaloq, konussimon, tuxumsimon, uchi qirrali va uchi 
qirrasiz bo‘lishi mumkin. Кurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo‘linadi. 
1. Navbat bilan - spiral, 2. Qarama – qarshi, 3. Xalqasimon shaklda. Qarama - qarshi 
joylanish siren, pista, yalpiz kabi o‘simliklarda kuzatiladi. 
Shoxlanish turlari
. Shoxlanish natijasida o’simlikning yer ustki qismida
ya'ni tanasidagi shox - butoqlarida vujudga keladi. Yuksak o’simliklarning tarixiy 
rivojlanish davomida shoxlanishning quyidagi turlari kelib chiqqan: 
1

Dixotomik yoki ayrisimon shoxlanish
. Bu turdagi shoxlanish o’sish 
konusidagi uchki kurtaklarning faoliyati natijasida shakllanadi. Bunda kurtaklar bir 
me'yorda bir - birlariga nisbatan qarama - qarshi yo’nalishda ayri shaklda o’sadi . 
Dixotomik shoxlanish qadimgi sodda shoxlanish turi. Uni moxlar, plaunlar
ko’pchilik paporotniklar va ba'zi bir ochiq urug’lilarda uchratiladi. 

Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə