O`zbekistondagi dorivor o`simliklar



Yüklə 135,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix27.12.2023
ölçüsü135,64 Kb.
#163542
  1   2   3   4   5   6   7   8
be00cf78-6dd9-4116-ae2e-044c2ba1d5e4




 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
 
 
NAMANGAN DAVLAT UNVERSITETI 
TABIIY FANLAR FAKULTETI 
BIOLOGIYA YO’NALISHI 
2-BOSQICH TALABASI 
RAHIMALIYEVA SHAHZODANING 
BOTANIKA FANIDAN YOZGAN 
 
 

 
Namangan 2015 yil 
 
 



Mavzu: O’zbekiston hududidagi dorivor o’simliklar. 
REJA: 
1. O’zbekistondagi dorivor o’simliklar haqida ma’lumot. 
2.O’zbekiston hududida tarqalgan dorivor o’simliklar 
turlari. 
3.O’zbekiston hududida tarqalgan zaharli o’simliklar. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 



DALACHOY YERUSTKI QISMI - HERBA HYPERICI 
O'simlikning nomi. XI DF mahsulotni dalachoyning ikki turidan tayyorlashga 
raxsat etadi: teshik dalachoy — Hypericum perforatum L. va dog'li (to'rtqirrali) 
dalachoy — Hypericum maculatum Crantz.; dalachoydoshlar — Hypericaceae 
oilasiga kiradi (85-rangli rasm). Ko'p yillik, bo'yi 30—100 sm ga yetadigan o't 
o'simlik. Ildiz-poyasi va ildizi sershox. Poyasi bir nechta, tik o'suvchi, silliq, tuksiz, 
qirrali bo'lib, yuqori qismi qarama-qarshi shoxlangan. Bargi oddiy, cho'ziq — 
tuxumsimon, tekis qirrali bo'lib, poyada bandsiz qarama-qarshi joylashgan. Gullari 
tilla-sariq rangda, besh bo'lakli, qalqonsimon ro'vakka to'plangan. Mevasi — uch 
xonali, ko'p urug'li, pishganda ochiladigan ko'sakcha. Urug'i mayda, cho'zin-choq va 
chuqurchali bo'lib, qo'ng'irrangga bo'yalgan. Iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi 
iyul-sentabrda yetiladi. 
Geografik tarqalishi. Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq bo'yi mamlakatlari, 
Rossiyaning Yevropa qismi va G'arbiy Sibirning o'rmon, o'rmon-cho'l hududlarida, 
Kavkazda, O'rta Osiyoda hamda Qozog'istonda uchraydi. 
Mahsulot tayyorlash.'O'simlik gullaganida yerustki qismining yuqorisidan 15—20 
sm uzunlikda o'rib olinadi. Soya yerda quritib, poyadan barglar va gullarni yanchib, 
ajratib olinadi. 
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot barg, gul, pishmagan meva 
aralashmalaridan hamda qisman bargsiz poyadan iborat. Poyasi silindrsimon, yuqori 
qismi shoxlangan, ikki qirrali va tuksiz. Bargi cho'ziq — tuxumsimon, tekis qirrali, 
tuksiz, uzun-ligi 0,7—3,5 sm, eni 1,4 sm, unda nuqta shaklidagi joylar uchraydi. Guli 
to'g'ri, gulkosachasi chuqur besh bo'lakka qirqilgan, tojbargi 5 ta, tilla rangida, cho'ziq 
— ellipssimon yuqori qismi qiyshiq va tishsimon qirrali, otaligi ko'p sonli, onalik 
tuguni uch xonali, yuqoriga joylashgan. Mahsulotning xushbo'y hidi, achchiqroq, 
biroz burishtiruvchi mazasi bor. 
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 10—12,8% oshlovchi moddalar, 0,1—0,4% 
antratsen hosilalari (giperitsin va boshqalar), flavonoidlar (giperozid, rutin, kversitrin, 
kversetin va boshqalar), 0,1-0,33% efir moyli, 55 mg% karotin, 1151,8 mg% vitamin 
C va 10% gacha smola bo'ladi. 
Ishlatilishi. Burishtiruvchi, antiseptik va yara to'qimalarini tez bitiruvchi ta'sirga 
ega. Tibbiyotda me'da-ichak (kolit, ich ketishi), og'iz bo'shlig'i (gingivit va stomatit) 
kasalliklari hamda II va III darajali kuyishlarni davolashda, shuningdek, og'izni 
chayish uchun ishlatiladi. 
O'simlikning yerustki qismi bakteritsid ta'sirga ega. 



Dorivor preparatlari. Damlama, nastoyka, suyuq ekstrakti, bakteritsid preparat 
novoimanin, peflavit (katexinlar summasi tabletka holida Bolgariyada chiqariladi, 
vitamin P ta'siriga ega). 
Novoimanin to'q qo'ng'irrangli kukun bo'lib, ular suvdagi, suv bilan spirt va suv 
bilan glitserin aralashmasidagi 0,5—1% li eritma hamda kukun holida va surtma 
sifatida oddiy, yiringlagan yaralar, kuygan joy, chipqon va boshqa yiringli 
jarayonlarni davo-lash uchun ishlatiladi. 
Dalachoy o'simligining moyli ekstrakti (qizilpoycha moyi) me'da-ichak yarasi 
kasalliklarini davolashda ishlatiladi. I Toshkent 
farmatsevtika 
institutining 
farmakognoziya kafedrasida O'zbekistonda uchraydigan dalachoy o'simligining 3 turi: 
Hypericum perforatum L., Hypericum scabrum L.,Hypericum elon-gatum Ldb.(H. 
hyssopifolium Vill.) o'rganildi. Bu o'simliklarning yerustki qismi tarkibida 10—12% 
oshlovchi moddalar, 0,9—2% flavonlar (kversetin, kversitrin, giperozid, rutin va 
boshqalar), /" 5,6% antotsianlar, 0,22% gacha efir moyi, 15 mg% gacha karotin, 240 
mg% gacha vitamin C va boshqa birikmalar borligi aniqlandi. O'zbekistonda 
o'sadigan bu o'simlik turlarini tibbiyotda ishlatishga hamda mahsulot sifatida 
O'zbekistonda tayyorlash tavsiya etildi. 

Yüklə 135,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə