7
NA'MATAK MEVASI - FRUCTUS ROSAE (FRUCTUS YNOSBATI)
O'simlikning nomi.
XDF siga binoan mahsulot
askorbin kislota miqdori
bo'yicha standart talabini qondira oladigan na'matakning quyidagi 13 ta turidan
tayyorlanadi:
Begger na'matagi — Rosa beggeriana schrenk.
Itburun na'matak— Rosa canina L.
May na'matagi (dolchinsimon. na'matak) — Rosa majialis Herrm. (Rosa
cinnamomea L.).
Tikanli na'matak — Rosa acicularis Lindl.
Fedchenko na'matagi — Rosa fedtschenkoana Regel.
Qo'qon na'matagi — Rosa kokanica (Regel.) Regel. ex Jus. va boshqalar.
Ra'noguldoshlar — Rosaseae oilasiga kiradi.
8
Na'matak turlarining bo'yi 2 m ga yetadigan tikanli buta (8-rangli rasm).
Novdasi egiluvchan bo'lib, yaltiroq, qo'ng'ir-qizil yoki qizil-jigarrang tusli po'stloq
bilan qoplangan.
Bargi toq patli, poyada bandi bilan ketma-ket o'rnashgan.
Bargchasi (5—7 ta) tuxumsimon shaklli va arrasimon qirrali. Gullari yirik, yakka
yoki 2—3 tadan shoxlarga o'rnashgan.
Guli qizil, pnshti, sariq yoki oq rangli,
xushbo'y hidli. Guloldi barglari lansetsimon. Kosachabargi va tojbargi 5 tadan, otalik
va onaliklari ko'p sonli. Mevasi — gul o'rnidan hosil bo'lgan shirali soxta meva.
Ichida onaliklaridan hosil bo'lgan bir nechta haqiqiy meva — yong'oqchalar bor.
Yong'oqcha o'tkir uchli, sertuk bo'lib, burchaksimon shaklga ega.
May oyidan boshlab,
iyulgacha gullaydi, mevasi avgust-sentabrda pishadi.
Na'matak turlari o'rmonlarda, ariq bo'ylarida, butalar orasida, tog'larning quraq
toshloq yonbag'irlarida va boshqa yerlarda o'sadi.
Na'matakning ayrim
turlari bir-biridan mevasining, novda-po'stlog'idagi tikanning
rangi, shakli, katta-kichikligi hamda novda-dagi tikanlar
Dostları ilə paylaş: