9
To'pguli — ko'pgulli, qalqon yoki ro'vak. Kosachabargi butun, o'tkir uchli,
gullagandan so'ng yuqoriga qarab yo'nalgan. Mevasi mayda,
sharsimon, uzunligi
0,5— 1,4 mm, qizil rangli, pishgandan so'ng gulkosachasi to'kiladi. Natijada meva
yuqori qismida hosil bo'lgan teshikdan ichidagi yong'oqchalari va tuklari ko'rinib
turadi. Bu na'matak, asosan, Q'rta Osiyo tog'larining yonbag'irlarida, tog'li
tumanlarda, ariq va daryo qirg'oqlarida va yo'l yoqalarida o'sadi.
Manzarali buta
sifatida o'stiriladi.
Fedchenko na'matagi. Yirik, bo'yi 2—3, ba'zan 6 m gacha bo'lgan buta.
Tikanlari yirik, gorizontal joylashgan, qattiq, asos qismi kengaygan bo'lib, yirik
shoxlarida ko'plab joylashgan. Murakkab barg bo'lakchalari — bargchalari qalin,
zangoriroq, tuksiz.
Gullari yirik, oq yoki pushti rangli. Mevasi yirik (5 sm gacha
uzunlikda), etli, to'q qizil, tuxumsimon, cho'ziq tuxumsimon yoki butilkasimon.
Asosan, O'rta Osiyoda (Tyanshan, Pomir-Oloy tog'larida), tog' yonbag'irlarida
o'sadi. O'zbekistonning Toshkent, Farg'ona,
Samarqand, Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlarining tog'li hududlarida ko'p tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: