Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə1/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA


1-MAVZU: Sharq adabiyotshunosligining o’ziga xos qirralari.
Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda. Tarixiy jarayondagi bu o‘ziga xoslik turli davrlarda bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bir qator xalqlarning mushtarak mehnati samarasi bo‘lgan Old Osiyo uslubiga xos xarakterli xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan alohida madaniyatni vujudga keltirdi. Shu o‘rinda Old Osiyo xalqlari adabiyoti, madaniyatining shakllanishiga bog‘liq dastlabki bosqichlarda eron, arab adabiyotlari muhim o‘rin tutganiga qaramay, bu jarayonda turli turkiy va kurd qabilalarining hissasi ham nihoyatda katta bo‘lganini va ularning xizmati hanuzgacha keng tadqiq etilmaganini alohida qayd etib o‘tish zarur. Bu kamchiliklarni bartaraf etib, adabiy jarayonning barcha murakkab qirralarini hisobga olgan, qiyoslagan holda hamda shu paytgacha deyarli e’tibor berilmagan. Uzoq Sharq xalqlari adabiyoti, birinchi navbatda xitoy adabiyoti bilan aloqasini o‘rganish asosidagina Sharq xalqlari adabiyotining to‘liq mukammal manzarasini yaratish mumkin bo‘ladi.
Yevropada Sharq toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar yunon mualliflari asarlarida uchraydi. Yunonlar dastlab Eronni, keyinchalik oʻz yurtlaridan sharqda boʻlgan hududlarni Sharq deb hisoblaganlar. Yevropada Osiyo va Shimoliy Afrika bilan savdo hamda siyosiy aloqalar oʻrnatila boshlanishi bilan Sharqqa boʻlgan qiziqish kuchaydi. XII asrdan boshlab, Veniamin Tudelskiy (XII asr) va Marko Polo (XIII asr) kabi yevropalik savdogar va diplomatlarning Yaqin va Oʻrta Sharqqa qilgan sayohatlari haqidagi esdaliklar koʻpaya boshladi. Xalqaro aloqalarning kengayishi shahrining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. XV-XVI asrlarda Yaqin Sharq davlatlari va Xitoy tarixiga oid asarlar paydo boʻldi. Parij, Oksford universitetlarining Sharq tillari kafedralarida qadimiy yahudiy va arab tillari oʻqitila boshladi.
XV asrda Rossiyada Nikitin Afanasiyning Hindiston toʻgʻrisida, XVII asrda M. Petlin, rus elchilari F.I. Baykov va N.G.Siafariyning Xitoyga oid safarnomalari chop etildi.
XVII asrdan Yevropada Sharq tillaridan fors, turk, xitoy tillari oʻrganila boshladi. Ayrim Sharq tillarining lugʻatlari, Sharq mualliflari (asosan, Saʼdiy) asarlarining matn va tarjimalari nashr etildi. XVII asr oxirida Leyden, Parij, Oksford universitetlarining kutubxonalarida Sharq qoʻlyozmalari toʻplandi. 1667-yil Parijda d’Erbeloning „Sharq kutubxonasi“ nomli toʻplami nashr etildi. Rossiyada XVIII asr boshlarida (Pyotr I ning 1700 va 1702-yillardagi farmonlariga koʻra) Sharq tillarini oʻqitish joriy qilindi.
XVIII asrning 2-yarmidan sharqshunoslikni ilmiy asosda oʻrganish boshlandi. Mustamlakaga aylantirilgan Sharq mamlakatlaridan Gʻarbga katta moddiy boyliklar bilan bir qatorda koʻplab yozma yodgorliklar ham olib ketildi, Yevropaning Leyden, London, Parij, keyinchalik, Peterburg kabi shaharlarida boy qoʻlyozma fondlari tashkil etildi. Ularda tarix, fan va madaniyat tarixi, dinshunoslik, huquq, falsafa, til va adabiyotga oid qoʻlyozma asarlar yigʻilgan boʻlib, ularni tarjima va tadqiq etish ilmiy sharqshunoslikning shakllanishiga zamin boʻldi. Koʻp vaqtgacha ilmiy sharqshunoslikning asosiy va yagona sohasi sharq filologiyasi edi. Yozma manbalarni ilmiy tavsiflash, kataloglashtirish, ularni tanqidiy matnlarini tuzish, manbaning kelib chiqishini aniqlash, tarjima qilish va ilmiy izohlash shu sohaning asosiy vazifalari hisoblangan. Keyinchalik, qoʻlyozma manbalar yoniga epigrafik materiallar (qabr toshlari, metall idishlar va boshqalar buyumlardagi bitiklar) qoʻshilishi natijasida sharq epigrafikasi rivojlana boshladi.
Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati — uning kompleksliligidir. Zero, unda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, falsafa, din tarixi elementlari mujassamlashgan boʻlib, yozma manbalar ustida ishlash oʻrganilayotgan mamlakat tili, tarixi va madaniyatini bilish barobarida shu manba mansub boʻlgan soha boʻyicha ham maxsus bilimlarni talab etadi. Fargʻoniy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi allomalarning aniq va tabiiy fanlarga oid boʻlgan asarlarining rus va oʻzbek tiliga izohli tarjimalari bunga yorqin misoldir. Shu maʼnoda sharq filologiyasi hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda, chunki hali oʻrganilmagan yozma manbalar juda koʻp va ularni tadqiq etish kompleks bilimlarni talab qiladi.
Qadimgi fors tilidan „Avesto“ fransuz tiliga tarjima qilindi (1771). Mixxatlar, Misr iyerogliflarini oʻqishga muvaffaq boʻlindi. Kalkutta (1784), Parij (1822), London (1823), Leypsig (1845) shaharlarida bir necha Osiyo jamiyatlari, Sharq tillarini oʻrganuvchi maxsus oliy oʻquv yurtlari — Venada Sharq tillari akademiyasi (1754), Parijda Jonli sharq tillari maktabi (1795) ochildi. Sharq tarixi va uning madaniyati (asosan, qadimiy va oʻrta asr tarixiga oid)ga bagʻishlangan yirik tadqiqotlar paydo boʻldi.
XIX asrning 2-yarmida Yevropadagi yirik kutubxonalarda saqlanayotgan Sharq qoʻlyozmalari va kitoblarining kataloglari, Sharq tillari lugʻatlari tuzildi. „Islom ensiklopediyasi“ (4 tilda) nashr etildi. 1873-yildan har 3 — 4 yilda sharqshunoslarning xalqaro kongresslari chaqiriladigan boʻldi. XIX asr oxiri — XX asr boshida Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya va boshqalar Sharq davlatlarida yirik tarixchi va filologlar yetishib chiqdi. Ular manbalarni tanqidiy qoʻllanmalar asosida tadqiq qilishga kirishdilar.
Leningrad, Toshkent, Dushanbe, Boku, Yerevan, Tbilisi, Qozon va boshqalar shaharlarda Sharq qoʻlyozmalarining boy fondlari toʻplandi. XX asrning 40-yillarida Moskva universiteti Tarix va filologiya fakultetida Sharq boʻlimi, Leningrad, Oʻrta Osiyo (Toshkent), Ozarbayjon (Boku) va Tbilisi universitetlarida Sharq ftlari ochildi.
1957-yil Moskvada „Sharq adabiyoti“ (1964-yildan „Nauka“) nashriyoti tuzildi. XX asrning 2-yarmida qadimiy qoʻlyozma yodgorliklarni tadqiq qilishda ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bir necha dialektlar tadqiq qilindi va turk, kavkaz, moʻgʻul, fors, somiy va boshqalar tillar boʻyicha ilmiy grammatikalar, lugʻatlar va ularga oid asarlar yaratildi.



Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə