Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə5/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

Shodmon Otabek: Odamlarning adabiyotdan yiroqlashgani sababi zamona zayli bilan yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa murakkab muammolar bilan ham bog‘liq, albatta. Goho kitob chiqarish qiyinligi haqida nolishlar quloqqa chalinib qoladi. Ammo kitob do‘konlari, katta ko‘chalar chetidagi yo‘lkalarga yoyib qo‘yilgan turfa xil kitoblarni ko‘rib ko‘zlar qamashadi. Ayrim sermahsul mualliflarning birdaniga besh-olti nomdagi kitobi sotuvga qo‘yilgan. Ular qanday chop etilmoqda degan savolning javobi esa oddiy – bozor iqtisodiyoti “mahalliy klassiklar”ga katta imkoniyat yaratib berdi. Masalaning ma’naviy, tarbiyaviy tomoni ko‘proq tashvishlantiradi. Oldindan xaridorgir bo‘lishi mo‘ljallab yozilgan bunday sayoz, yuzaki kitoblarni o‘qiyotgan kitobxonning saviyasi nima bo‘ladi? Didi buzilgan kitobxon adabiyot degani shunaqa bo‘lar ekan-da, degan tushunchaga borib qolmaydimi? Kitobxonni qo‘ya turaylik, ilgari jiddiy asarlar yozib yurgan, endilikda bozorga moslashayotgan ayrim yozuvchilar adabiyot degani qiziq voqeani qiziqarli hikoya qilib berishdan iborat degan jo‘ngina, yanglish xulosaga kelib qolishgani ham sir emas. Axir qachongacha biz andishali xalqmiz deya kamchiliklarimizni xaspo‘shlaymiz? Bundan kimga foyda-yu kimga ziyon? Siz bir zamonlar dadil, parodoksal fikrlaringiz bilan mashhur edingiz. Mustaqillikdan ilgari, marksizm-leninizmga til tekkizib bo‘lmaydigan zamonda estetika sohasida Marks-ni tanqid qilib chiquvdingiz. O‘sha voqea atrofida qanchalar shov-shuv bo‘lgan edi. Nega endi ayni haqiqatni bor ovoz bilan aytish mumkin bo‘lgan dorilomon kunlarda sukut saqlamoqdamiz? Men bu bilan bizda tanqid butunlay so‘nib qolgan demoqchi emasman. Nazarimda, tanqidchilikning hozirgi ahvolidan baribir qoniqish hosil qilish qiyin.
4-MAVZU: Obrazli tafakkur tabiati.
REJA:
1. Badiiy obraz tushunchasi. Badiiy obraz xususiyatlari.
2. Inson obrazi va uni yaratish vositalari.
3. Badiiy obraz turlari.
1.) San'atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya'ni tur sifatida belgiIovchi xususiyatidir. San'atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o'zi anglagan mohiyatni va o'zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma'noda obraz adabiyot va san 'atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san'atga xos fikrlash tarzi «obrazli tafakkur» deb yuritiladi.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə