Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə6/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafakkur tarzining farqi nimada? Bundagi farqni yorqinroq tasavvur etish uchun fan va badiiy adabiyotni qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, bir xiI masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik. A.Oripovning ``Ayol`` she'ri hammangizga tanish, unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh beva qolgan, umrini farzandiga bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashagan ayol haqida so'z boradi. Shoir ko'z oldimizda konkret ayolni (https://fayllar.org/homiladorligi-sababli-ayollarni-ishga-qabul-qilishni-rad-etish.html), uning foje taqdirini gavdalantirish orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada yuritadi. Xo'p, xuddi shu she'rdagi masala xususida, masalan, tarixchi olim qanday fikr yuritadi: «Ikkinchi jahon urushi janggohlariga ... -, ... -yillarda tug'ilgan yigitlar to'la safarbar etildi. U rush harakatlarida sho'ro hukumati insonni tejash yo'lidan bormadi, janggohlarda ... nafar jangchi halok bo'ldi. Buning natijasida urushdan so'ng jamiyatda erkak va ayollar nisbatida nomutanosiblik 62 yuzaga keldi, demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar yolg'iz umrguzaronlik qilishga mahkum bo'ldi. Jamiyatda «yolg'iz ayoh> toifasi yuzaga keldi». Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farqli yo'ldan boradi, uni umumlashtirilgan faktlargina qiziqtiradi. Olim I' konkret inson taqdiri haqida emas, undan o'zini chetlashtirgan l II (abstraktlashgan) holda umumlashmalar, tushunchalar asosida fikr yuritadi. Ma'lum bo'ldiki, mohiyat e'tibori bilan shoir va olimni o'ylantirayotgan muammo bitta. Biroq shoir bitta konkret ayol taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umumlashmaga boradi, baski, obraz uning uchun fikrlash shakli (https://fayllar.org/i-bob-badiiy-obraz-va-obrazlilik.html), usuli bo'lib qoladi. Ya'ni olim ko'plab faktlarni (konkret hodisalar, insonlar va h.k.) o'rganib, ularning umumiy xususiyatlari asosida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa, san 'atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umumlashmaga intiladi. «Obraz» termini rus tilidan olingan bo'lib, o'zbekcha taIjimada «aks» degan ma'noni anglatadi. Masalan, kishining oynadagi aksiga nisbatan ham «obraz» deb aytiladi. Biroq, bilasizki, so'zning lug'aviy ma'nosi bilan istilohiy ma'nosi farqlanadi: lug'aviy ma'no bilan istilohiy ma'no orasida tutash nuqtalar bo'lsa-da, mutaxassis istiloh ostida konkret ma'noni tushunmog'i lozim bo'ladi. Shunga ko'ra, biz «obraz» deganda adabiyot va san'atning tafakkur shakli bo'lmish badiiy obrazni nazarda tutamiz.
2.) Badiiy obraz tushunchasi — voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib harakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham badiiy obraz deb yuritiladi.
Badiiy obrazda obʼyektiv anglash bilan subʼyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy obrazning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. badiiy obraz voqelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obʼyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Badiiy obrazni real obʼyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki "illyuziyali" olamini tashkil qiladi. Badiiy obraz voqelikning oddiy inʼikosi boʻlmay, balki uni umumlashtirib, aloqida, oʻtkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, oʻzgarmasmuqim, adabiy jihatlarini ochib beradi. Mavhum tushunchadan farqli ra-vishda badiiy obraz koʻrgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavqum mulohazalar bilan emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. Badiiy obrazning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati bilan belgilanmaydi, balki badiiylik badiiy obrazning misli koʻrilmagan, yangi oʻylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. badiiy obrazda obʼyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, boʻlishi mumkin boʻlgan, moʻljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham muxrlangan boʻladi. Shuningdek, badiiy obrazda xayolot, boʻyoq, tovush, soʻz va boshqalarni ijodiy ishlash yoʻli bilan sanʼat asari yaratiladi.
Badiiy obraz murakkab tuzilish va murakkab koʻrinishga ega; u borliq bilan ruhiy dunyoning bir-biriga oʻtishidagi barcha momentlarni oʻz ichiga oladi. Badiiy obraz vositasida subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning, yakka holat bilan umumiylikning, ideallik bilan reallikning oʻzaro muvofiq munosabatlari ijodiy ishlab chiqiladi.
3.) Badiiy adabiyotda inson obrazini tolaqonli yaratish, uni oquvchi koz oldida konkrеt jonlantirish uchun xizmat qiladigan qator vositalar mavjud. Bularga muallif xaraktеristikasi, portrеt, badiiy psixologizm, pеrsonaj nutqi kabi badiiy unsurlar kiradi. Obrazga bеvosita yozuvchining ozi tomonidan bеrilgan ta'rif "muallif xaraktеristikasi" dеb yuritiladi. Muallif xaraktеristikasida obrazning fе'l-atvoriga xos asosiy xususiyatlar bayon qilinadi. Odatda muallif xaraktеristikasi asarning boshlanish qismlarida yoxud konkrеt obraz asarga kirib kеlgan orinlarda bеriladi. Muallif xaraktеristikasi oquvchida pеrsonaj haqida yaxlit tasavvur hosil qilib, uning kеyingi xatti-harakatlarini, gap-sozlarini anglashida muhim ahamiyat kasb etadi. Pеrsonajning soz bilan chizilgan tashqi qiyofasi — portrеt ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. Portrеt, avvalo, personajning oquvchi koz oldida konkrеt inson sifatida gavdalanishiga komaklashadi. Ikkinchi tomondan, badiiy asarda portrеt xaraktеrologik bеlgilarga ega boladi. Ya'ni, yozuvchi pеrsonaj siyratiga xos xususiyatlarni suratida aks ettirishga intiladi.
Adabiy asarda xaraktеr ruhiyatini ochish, umuman, inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan yana biri pеrsonaj nutqidir. Zamonaviy nasrda dialog salmogining ortishi barobari pеrsonaj nutqining obraz yaratishdagi mavqеi ham kuchaydi. Mohir yozuvchi pеrsonaj nutqini individuallashtirish orqali uning shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi ruhiyati haqida oquvchiga kop narsalarni yеtkaza oladi. Aytish kеrakki, dialoglarda pеrsonaj nutqi muallifning qisqa, londa sharhlari bilan ta'minlanadi. Yuqorida aytganimiz pеrsonajning yuz-koz ifodasi, mimikasi, undagi fiziologik ozgarishlar haqida ma'lumot bеruvchi dеtallar dialogda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ular pеrsonaj nutqini "eshitish" va uning xatti-harakatini "korib turish" imkonini — sahnaviylik effеktini yaratadi, ya'ni, inson obrazining tolaqonli, jonli chiqishini ta'minlaydi.
4.) Badiiy obraz turlariga quydagilar kiradi: mifalogik, afsonaviylik, xayoliylik – fantastik simvolik, realistik obrazlar kiradi.
Realistik obraz – hayot haqiqatiga monand obrazlar bolib ular jonli odamlarga xos bolgan xususiyatlarni ozida mujassamlashtiradi.
Ramantik obrazlar – hayotda aynan bolmagan, ammo bolishi orzu qilingan mojizakor kuch – quvvat egasi bolgan, kotarinki ruh bilan yaratilgan obrazlar kiradi.
Xayoliy- fantastik obrazlar haddan tashqari bortirilgan, ilohiylashtirilgan mojizaviy xarakterga ega bolgan obrazlar.
Afsonaviy obrazlar esa butunlay xayoliy obraz bolib ular bitmas – tuganmas kuch – qudratga ega bo`ladi.


Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə