Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə4/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

Shodmon Otabek: Tabiiyki, mustaqillik yillarida yozuvchilar istiqlol bergan erkinlikdan yaxshi foydalanmoqdalar. Ammo bozor iqtisodiyoti tamo-yillari ma’naviy hayotni ham shiddat bilan o‘z domiga torta boshladi. Shunday sharoitda ayrim ijodkorlar hatto umidsizlikka ham tushib qolishdi. “Adabiyot o‘ladimi?” degan mavzuda jiddiy bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Xo‘roz hamma yerda bir xil qichqiradi degandek, bu davrda jahon adabiyoti ham o‘ziga xos bir sinov davrini boshidan kechirmoqda edi. Amerikada yashab ijod qilayotgan mashhur rus adibi Vasiliy Aksyonov shunday degan edi: “Amerikada mavjud bozor iqtisodiyoti nafis adabiyotning ildiziga bolta urayapti. Uning o‘rnini “ko‘cha adabiyoti ” – fahsh, nayrangbozlik, oldi-qochdi “adabiyoti” egallab olyapti...” Darvoqe, o‘zimizda ham Aksyonov tilga olgan “adabiyot namunalari” urchib ketgani sir emas. (“Adabiyot bozorga moslashadimi?” degan maqolamda bu haqda baholi qudrat yozgan edim.)
Yuqorida eslatilgan munozara garchi “Inson bor ekan, adabiyot o‘lmaydi, adabiyotning bosh muammosi – odam” degan umidbaxsh xulosa bilan yakunlangan bo‘lsa-da, hozirgi globalizm davrida adabiyotning taqdiri borasidagi xavotirlar hali barham topmagan. Atoqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov “Drujba narodov” jurnalida 2009 yili chop etilgan suhbatida bu haqda taassuf bilan shunday degan edi: “... Adabiyot hozir qiyin bir davrni boshidan kechirmoqda. Nogoh u keraksiz narsadek bo‘lib qoldi: endi tashvish – qiziqishlar bo‘lakcha, ehtiroslar bo‘lakcha, sobiq kitobxonlarimizning xayoli boshqa narsalar bilan andarmon, yangi kitobxonlar esa chinakam mutolaaning ongu shuurlarga beradigan beqiyos nash’u namosidan hoynahoy bexabardirlar. Shu bois bundan keyin nima qilmoq kerakligini hammamiz birgalikda o‘ylashimiz kerak”.
Yana o‘sha ko‘hna, an’anaviy savol – nima qilmoq kerak?..
Maxkam Mahmud: Vasiliy Aksyonov va Chingiz Aytmatovning tashvishlari o‘rinli, albatta. Xususan, o‘tgan asrlarda Shekspir, Servantes, Hayne, Bayron, Balzak, Dyuma, Ch. Dikkens, U. Folkner, Jek London, Mark Tven, Stendal, Flober, Mopassan, Turgenev, Nekrasov, Dostoyevskiy, Lev Tolstoy, A. Chexov kabi daho adib va shoirlarni yetishtirgan Yevropada hozir o‘shalarga teng keluvchi san’atkorni topish juda qiyin. Menimcha, G‘arbda bu orqaga ketishning asosiy sabablari – butun yer yuzida, global ravishda moddiy boylik, foyda ketidan quvib, ruhiy olam, ma’naviyatning pasayib ketishi, gumanizm va xalqchillik yetishmasligi, iste’dod sohiblarini, ijodkorlarni qadrlamaslikdir. (Balzak, Dyuma, J.Sand asarlari uchun olgan qalam haqlari bog‘lar, qasrlar qurish uchun yetar edi, Bayron esa poemalari uchun olgan qalam haqiga jahon bo‘ylab sayohat qilar, Italiya va Gretsiya milliy ozodlik kurashchilariga katta yordam berar edi.) Hozirgi G‘arb adiblaridan AQShda Rey Bredberi, Frantsiyada Le-Klezio o‘tgan mumtoz ijodkorlar martabasiga yeta olgan. Le-Klezio butun dunyodagi yetim bolalarining go‘zal ruhiy olamini Andersen va Dikkens kabi yuksak badiiyat bilan himoya qilgani uchun xalqaro Nobel mukofotiga munosib topildi.
Ammo umidni yo‘qotmaylik, badiiy adabiyot pasayishi, yuksalishi mumkin, lekin hech qachon o‘lmaydi. Dalilimiz shundaki, inson badaniga, jismiga ozuqa qanday muhim bo‘lsa, ruh uchun ozuqa yanada muhimroqdir. Inson ruhi oziqlanmasa, ekzistentsiyachi adiblar A.Kamyu, Jan Pol Sartr aytganiday, insonlar faqat tiriklik, jon saqlash, mavjudlik uchungina yashasa, hayvonlarga o‘xshab qoladilar.
Ancha yillar avval ham yuqoridagidek savol tug‘ilganida kibernetika sohasida atoqli olim, akademik Vosil Qobulov “Guliston” muxbiri bilan suhbatda bunday degan edi: “Nafosat, san’at, badiiy adabiyot odamzod ongining kamol topishida asosiy manbadir. Qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, olamni to‘la-to‘kis bilishni istagan har bir odam badiiy adabiyotni jon-dilidan sevishi kerak. Ilm-fan ahli ham nafosatga, badiiy adabiyotga qanchalik ixlos qo‘ysa, uning ma’naviy olami, iqtidori shunchalik yuksaladi”.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə