Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda


-MVZU: Adabiy jarayonda ijod va ijodkor muammosi



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə14/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

10-MVZU: Adabiy jarayonda ijod va ijodkor muammosi.
Adabiyotshunoslikda "adabiy jarayon" atamasi tor va keng ma’nolarda qo‘llanadi. Keng ma’noda qo‘llanganda adabiy jarayon atamasi badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kunga qadar davom qilib kelayotgan uzluksiz taraqqiyot jarayonini bildiradi. Tor ma’noda esa ushbu atama ostida muayyan bir davr adabiy jarayoni, undagi badiiy adabiyotning mavjudligi va rivoji bilan bog‘liq barcha narsa-hodisalar, jarayonlar tushuniladi. Masalan, XX asr boshlaridagi Turkiston adabiy jarayoni deganda o‘sha davr adabiy-ijtimoiy hayoti (ya’ni, unda faoliyat ko‘rsatgan ijodkorlar, ularning o‘zaro munosabatlari; jamiyat hayotida yetakchilik qilayotgan g‘oyalar, ijtimoiy maqsad va intilishlar va h.), davrning xarakterli adabiy-estetik hodisalari (badiiy adabiyotdagi yangiliklar, yangi adabiy-estetik tamoyillarning vujudga kelishi, yangi janrlarning paydo bo‘lishi, adabiyotning real hayotga yaqinlashuvi, uning ijtimoiylashuvi va h.), adabiyotning u yoki bu yo‘nalishda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan ichki va tashqi omillar (ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat, madaniy-ma’rifiy sharoit, adabiy aloqalar, adabiy an’ana va yangilik munosabati) ... - qisqasi, badiiy adabiyotga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan barcha narsa-hodisalar, jarayonlar nazarda tutiladi.
Agar badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechayotgan uzluksiz rivojlanish jarayoniga nazar solinsa, bu jarayon kishilik jamiyatining taraqqiysi, uning ijtimoiy-iqtisodiy, umumadaniy va umumma’rifiy rivojlanishi bilan baqamti kechayotgani ko‘riladi. Shu bois ham adabiyotshunos muayyan davr adabiy hodisalarini o‘rganganda ijtimoiy-tarixiy sharoitni albatta e’tiborga oladi, chunki har bir davr adabiyotining rivojlanish darajasi, undagi turfa adabiy hodisalar ko‘p jihatdan ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy-tarixiy sharoit deganda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, umummadaniy va umumma’rifiy holati tushuniladiki, bular bari badiiy adabiyot taraqqiyotining tashqi omili sanaladi. Ma’lumki, jahon hamjamiyatiga kiruvchi turli millatlarning ijtimoiy taraqqiyot darajasi turlicha bo‘lib, bu narsa milliy adabiyotlar taraqqiy darajasida ham o‘z aksini topgan. E’tiborli jihati shundaki, umuman kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlariga xos ijtimoiy-tarixiy sharoit har bir konkret jamiyat rivojida mohiyatan o‘xshashdir. Shunga ko‘ra milliy adabiyotlar taraqqiyot bosqichlarida ham muayyan o‘xshashliklar kuzatiladiki, ularni milliy adabiyotlar taraqqiyotidagi stadial umumiylik deb yuritiladi. Fikrimizni oydinlashtirish uchun konkret misolga murojaat qilaylik. Masalan, asrimiz boshidagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga ta’sirini yorqinroq tasavvur qilish uchun, fikrimizcha, uni Yevropa adabiyoti tarixi bilan muqoyasa qilish foydalidir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, jadidchilik harakati o‘zining ko‘p jihatlari bilan XYIII asrda Yevropada keng quloch yoygan ma’rifatchilik harakatiga o‘xshashdir. Har ikki harakatga xos mushtarak nuqtalarga bir qur nazar solinsayoq, bizningcha, bu fikrimizda jon borligi anglashiladi. Avvalo shuki, har ikki harakat ham feodal asoslar yemirilib, ularning o‘rnida kapitalistik munosabatlar qaror topa boshlagan paytda maydonga kelgan. YA’ni, har ikki harakatning yuzaga kelishini zaruratga aylantirgan ijtimoiy tarixiy sharoitning o‘xshashligi ulardagi o‘xshashlikni keltirib chiqargan. Feodal ijtimoiy munosabatlardan farq qilaroq, kapitalistik munosabatlar jamiyatning har bir a’zosi uchun teng imkoniyatlar ochishi bilan xarakterlanadi. Yangi sharoitda endi insonning ijtimoiy kelib chiqishi emas, aqlu zakovati, tadbirkorligiyu omilkorligi uning taqdirini va jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi. Ko‘rinadiki, yangicha ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy maqomini o‘zgartirdi, shaxs endi o‘zini ijtimoiy shaxs sifatida - jamiyatning va o‘zining hayotiga faol ta’sir ko‘rsata oladigan unsur sifatida anglay boshlaydi. Shaxs maqomining o‘zgarishi bilan feodal-monarxik tartiblarning eskirgani, jamiyat hayotini isloh etish zarurati tobora ravshan ko‘zga tashlana boradi.Yevropaning qator mamlakatlarida ayni shu xil sharoit yuzaga kelganida maydonga chiqqan harakat ma’rifatchilik harakatidir.
Ijod bu qandaydir yangi va qandaydir qimmatli narsa shakllanadigan hodisadir. Yaratilgan narsa nomoddiy bo'lishi mumkin (masalan g'oya, a ilmiy nazariya, a musiqiy kompozitsiya yoki a hazil ) yoki jismoniy ob'ekt (masalan, kashfiyot, bosma adabiy ish yoki a rasm ).
Ilmiy ijodga bo'lgan qiziqish bir qator fanlarda, birinchi navbatda psixologiya, biznesni o'rganish va kognitiv fan, Biroq shu bilan birga ta'lim, gumanitar fanlar, texnologiya, muhandislik, falsafa (xususan fan falsafasi ), ilohiyot, sotsiologiya, tilshunoslik, san'at, iqtisodiyot va matematika, ijodkorlik va umumiy o'rtasidagi munosabatlarni qamrab olgan aql, shaxs turi, aqliy va asabiy jarayonlar, ruhiy salomatlik, yoki sun'iy intellekt; ta'lim va o'qitish orqali ijodkorlikni rivojlantirish salohiyati; milliy iqtisodiy manfaat uchun ijodkorlikni rivojlantirish va o'qitish va o'qitish samaradorligini oshirish uchun ijodiy resurslardan foydalanish.
Ilm-fan, texnologiya, san'at, kundalik hayotda oddiy kun - bularning barchasi inson o'zining o'ziga xosligini namoyon etadigan sohalar bo'lishi mumkin. Psixologiyaning bir bo'lagi odamning ijodiy faoliyatini o'rganadi. Psixologiya ijodiy va ijodiy fikrlashni , ilhomni, xayolotni, individuallikni va intuitivlikni faol o'rganadi. Ko'p yillar davomida ushbu sohalarni o'rganish qanday ijodkorlik va oddiy odamlarning hayotiga qanday tatbiq etilishi haqida savollarga aniq javob bermadi. Ijodkorlik psixologiyasining asosi - muallif va mahsulot o'rtasida rivojlanib boradigan munosabatdir.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə